1.1.5. Elektr xonalari deb faqat malakali xizmat ko‗rsatuvchi xodim (1.1.6. ga
qaralsin) uchun kirish mumkin bo‗lgan elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar yoki
xonaning to‗rlar bilan ajratilgan qismlariga aytiladi.
1.1.6. Havoning nisbiy namligi 60%dan oshmagan xonalar quruq xonalar deb
aytiladi. SHunday xonalarda 1.1.10. – 1.1.12. da keltirilgan sharoitlar bo‗lmasa, ular
normal xonalar deb aytiladi.
1.1.7. Nam xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda bug‗lar yoki
kondensatsiya qilingan namlik qisqa vaqt davomida va oz miqdorda ajraladi, havoni
nisbiy namligi esa 60% dan yuqori, lekin 75% dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |