Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana01.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#284430
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Udk 94(4 9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


24

 

 



1. 2. Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar. 

Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar. 

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  1999  –  yil  14  –  aprel  kuni  birinchi  chaqiriq 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida “O’zbekiston 

XXI  asrga  intilmoqda”  mavzusida    qilgan  ma’ruzasida  quyidagilarni  alohida 

ta’kidlagan edi: “Biz XXI asr bo’sag’asida turibmiz, biz yangi buyuk ishlar oldida 

turibmiz.  Siz  bilan  bizning  vazifamiz  davr  oldimizga  qo’yayotgan  barcha 

talablarga  munosib  javob  qaytarishdir.  Istiqbolimizni  aniq  va  ravshan  ta’savvur 

etib,  xalqimizga  tinch  va  farovon  turmushni  ta’minlashdir,  jahon  maydonida 

o’zimizga  munosib  o’rin  egallashdir”

15

.  Yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  “Ta’lim 



to’g’risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  miliy  Dasturi”ning  qabul  qilinishi 

mamlakatimiz  salohiyatining  beqiyos  rivojlanishi,  mustaqil  respublikamizning 

jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir.  

Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb  vazifalar xalq 

ta’limi  tizimini  tubdan  isloh  qilish  zarurligini  taqozo  etayotganini  ko’rsatdi. 

Davlatimiz  rahbari  uzluksiz  ta’limni  tashkil  etishda  unning  jahon  talablari 

darajasida bo’lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat 

berish  kerakligini  ta’kidlar  ekan,  davlat  ta’limi  standartlarini  joriy  etish  va  uning 

mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhumligiga e’tibor qaratdi.  

“Mustaqillik 

natijasida 

tarixiy 


matrealizimga 

asoslangan 

tarix 

metodologiyasidan  va  metodidan  voz  kechildi.  Vatan  tarixini  o’rganiosh  uchun 



yangi metodologiya va metodlar shakllantirildi. Tarix faniga tub o’zgarishlar davri 

boshlandi. Tarix fanini tub nazariy metodologik qayta qurollantirish boshlandi”

16

.  


Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  tarix  fanining  eskirgan  metodlari  va 

metodologiyasi  o’rniga  tarixni  tadqiq  qilishda  jahon  tajribasidan  foydalanish, 

hamda  tarixiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirishga  kirishildi.  Tarix  fani  va  uning 

metodologik  muammolari,  xalqlar  va  davlatlar  o’rtasidagi  ijtimoiy-siyosiy 

                                                             

15

KarimovI.A.O’zbekiston XXI asrga intilmoqda – Toshkent: O’zbekiston 1999 – y 48 – bet



 

16

 Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. –



Toshkent, 2014 y.- №1. B.20 


25

 

 



munosabatlarni  manbalarga  tayangan  holda  xolisona  yoritish  uchun  tarixiy 

taraqqiyot  jarayonida  sivilizatsiya  yondashuv  zaruriyati  tug’ildi.  Hech  qaysi  fan 

tarix fanining vazifasini bajara olmaydi.  

Prezidentimiz 

shunday 

takidlagan 

edi. 

“Axborot-kommunikatsiya 



texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment- bularning hammasi 

kerak,  albatta.  Lekin,  avvalambor  tarixni  bilish-  bu  hayotiy  zarurat”.

17

 Haqiqatan 



ham, hozirgi XXI asr boshlarida  globallashuv kuchaygan davrda millat va xalqlar 

uchun  o’z  tili,  madaniyati,  urf-odat,  an’analarni  yo’qotish  xavfi  tug’ildi.  

Shuningdek,  hozirgi  kunda  tarix  fani  nazariyasi  va  metodologiyasini  tubdan 

o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari 

apparatini  o’zgartirish,  jahon  tarixi  fani  metodologiyasining  e’tirof  etilgan 

yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi.  

Tarix  o`qitish  metodikasi  huquqiy  davlat,  o`zlikni  anglash  didaktikasining 

asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga 

xos  xususiyatlarini  ham  e‘tiborga  oladi,  tarix  o`qitish  jarayonining  tarkibiy 

qismlari  o`rtasidagi  qonuniy  bog`lanishi  va  munosabatlarni  aniqlashtiradi  va  shu 

asosda  o`qitish  maqsadi,  mazmuni,  metod  va  usullari  hamda  o`qitish  jarayonini 

jihozlashga  doir  talablarini  belgilab  beradi.  Shunday  qilib,  tarix  o`qitish 

pedagogika  fanining  mustaqil  bir  tarmog`i  bo`lib,  u  o`zining  mustaqil  tekshirish 

predmetiga  ega.  Ta’lim  tizimida  tarix  fanini  o’qitishning  asosiy  vazifasi  – 

o’quvchilarga  tarix  fanidan  puxta  bilim  berish,  shu  bilimlarni  amaliyotda 

qo’llanish ko’nikmalari va mahoratni hosil qilishdan iboratdir.  

Tarixni  o’rgatish  yoshlarni  milliy  g’oyani  singdirish  va  ularda  ilmiy 

dunyoqarashni  shakllantirish,  hozirgi  zamon  taraqqiyotining  asosiy  tendensiyalari 

va  ziddiyatli  mohiyatni  to’g’ri    tushunishga  tayyorlashning  muhim  vositasidir. 

Negaki,  O’zbekiston  Respublikasi  milliy    mustaqilligini  qo’lga  kiritgandan  so’ng 

sovet  davrida  tarixga  nisbatan  bo’lgan  biryoqlama  yondashuvga  barham  berish 

                                                             

17

 Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.:, 



O’zbekiston. 2015. 109-b 


26

 

 



hamda milliy taruxni obyektiv tarzda o’rganish muammosini hal qilishga kirishildi. 

Bu sohadagi vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.  

Xususan,  prezidentimiz  Islom  Karimov  ta’kidlaganlaridek,    “Davlatimiz, 

millatimizning  haqqoniy  ilmiy  tarixini  yaratish  keng  jamoatchiligimiz  uchun 

g’oyat  muhim  va  metodik  masalalaga  aylanishi  lozim”

18

.  Tarixni  o’rganishning 



nazariy  amaliy  ahamiyati  haqidagi  nazariyalarning  birida  u  millatning  haqiqiy 

tarbiyachisi  ekanligi  ta’kidlab  o’tiladi.  Tarix  millatning  haqiqiy  tarbiyachisiga 

aylanishi uchun eng birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalaridan biri 

bu  –  uni  tadqiq  etishning  metodik  asoslarni  to’g’ri  tanlanishidir.  Bu  sohada  tarix 

fanida  bir  qancha  nazariyalar  mavjud  bo’lib,  ularning  orasidan  milliy  tariximizni 

o’rganishda eng keraklilarni tanlash va tadbiq etish bugungi tarix fani oldida turgan 

asosiy vazifalaridan biridir.  

O’tgan  yigirma  yillik  davrda  bu  sohada  bir  qancha  nazariy  va  amaliy 

vazifalar amalga oshirildi. Biroq, tarix bu jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq. Tarixiy 

taraqqiyotning  har  bir  yangi  bosqichi  unga  nisbatan  yangicha  yondashuvni  talab 

etadi.  Shu  bois  tarix  fanini  o’qitishda  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Jumladan,  eski 

umrni  o’tab  bo’lgan  marksistik  metodologiyadan  voz  kechildi.  Yangi  darslik  va 

o’quv  qo’llanmalari  chop  etilib,  tarix  ta’limi  tizimiga  joriy  qilindi,  chop  etilgan 

ushbu qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari asosida yaratildi. Shuningdek 

tarix  fani  mazmun  mohiyati  umumjahon  miqyosida  e’tirof  etilgan  tarixiy 

konsepsiyalar,  ta’limotlar  bilan  boyitildi.  O’tmish  tarixni  o’rganishda  tarixiy 

haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy tadqiqotlarning mezoniga aylandi. 

Hozirgi kunda tarix o’qitish metodologiyasi o’quvchida tarixiy bilimni hosil 

qilishda qator ilmiy metodologik vazifalarni bajaradi. “Tarixni fan sifatida jamiyat 

to’g’risidagi  fanlar  tizimi  va  jamiyat  hayotidagi  o’rni  yanada  aniqroq  tushunildi. 

Tarixiy  bilim  sohasida  haqiqiy  inqilob  yuz  berdi  deb  aytish  mumkin.  Chunki  bu 

inqilob  natijasida    tarixiy  materializm    bilan  bog’langan  tarix  fani  taraqqiyoti 

                                                             

18

 Karimov.I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: Sharq. 1998 y. 



 


27

 

 



bosqichiga  yakun  yasaldi”

19



Vatan  tarixini  yaratishda  nazariy-metodologik 

asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni 

yaratishning  asosiy  kaliti  hisoblanadi. 

O’zbekiston  mustaqilligining  dastlabki 

kunlaridan  tarix  fani  nazariyasini  o’zgartirish  sohasida  qiyinchilik  bilan  ilk 

qadamlar  tashlandi.  Ayniqsa,  vatan  tarixini  o’rganishda  uni  o’rganishni  metod  va 

metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda. 

 

 



O`zbekiston  tarixini  o’qitishning  konseptsiyasini  yaratildi,  buni  bir  butun 

tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo`lgan qismlarga, ya`ni davrlarga bo`lib ularni 

chuqur  tahlil  qilish  boshlandi.  Vazifalardan  yana  biri-yangi  ezilgan  tarixni 

o`rganishni  tashkil  qilishdir.  Mustaqillik  yillarida  to`plangan  bir  qancha  tarixiy 

hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirish boshlandi. 

 

Tarix  o’qituvchisi  tarixni  o’qitishda  xolisiylik  turadi.  Bunda  har  bir  tarixiy 



voqea-hodisalarni  tahlil  qilayotgandi  xolos,  haqqoniy  ravishda  o`rganish  yoki 

tarixnavisning xohish irodasidan tashqarida, voqea xodisalar qanday sodir bo`lgan 

bo`lsa,  shundayligicha  eritish  ko`zda  tutiladi.  Xar  bir  tarix  yozuvchi  kishi  shaxs 

sifatida  o`zining  mulohazalari,  idroki  va  boshqa  his-tuyg’ulari  bilan  atrofni  o`rab 

turuvchi muhit bilan uzviy ravishda bog`liq. 

 

Xolislik  talab  etadigan  qoyidalar  shundan  iboratki,  ushbu  yo`nalishda 



tarixiy-madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o`rganish jarayonida bo`lib 

o`tgan  yoki  shu  taraqqiyot  bilan  bog`liq  bo`lgan  jamiyki  voqea-hodisalarni  hech 

bir o`zgarishlarsiz, qanday bo`lib o`tgan bo`lsa o`sha holotda talqin va tahlil etish, 

tekshirish  va  xulosolar  chiqarib  yaxlit  holga  keltirish  o`ta  muhimdir.  Bu  holotda 

aniq  manbaviy  asoslarga  tayanish,  tarixiy  jarayonlarning  o`zaro  chambarchas 

bog`liqligini asoslash lozim bo`ladi. Bu jarayonda hududlar o`rtasidagi rivojlanish 

jarayonlarini  o`zaro  solishtirish,  qiyoslash  va  taqqoslash  faqat  ijobiy  natijalar 

berishi tabiiy holdir. 

                                                             

19

 Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari. T.: ,Istiqlol. 2013-y. 18-b. 




28

 

 



 

O`zbekiston  tarixini  o`rganishning  metodologik  asoslaridan  yana  biri  bu 

voqea va hodisalarni dialektik tarzda o`rganishdir. 

 

Diolektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodislara, voqealar 



umumiy  va  o`zaro  bog`lanishda,  uzluksiz  harakatda,  ziddiyatli  taraqqiyotida 

bo`ladi deb, ta`lim beradi. 

 

Bu metod O`zbekiston tarixini o`rganishda uni to`laligicha, voqea-hodislarni 



bir-biri  bilan  bog`liklikda,  ayrim  tarixiy  voqelikni  o`rgatuvchi  fanlarni  ham  bir 

butunlikda,  uning  bo`laklarini  ajratib  olmaslik  va  voqea-hodisalarni  doimo 

o`zgarishda,  rivojlanishda  o`rganishni  taqozo  qiladi.  Bugungi  kunda  jahon  tarixi 

tajribasidan  ham  foydalanish  va  ularni  milliy  tarixshunosligimizga  keng  tadbiq 

etish  kuchayganligini  hisobga  olgan  holda  tarix  ta’lim  jarayonida  o’qitishning 

zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda.   

     “Ta`limning  asosiy  vazifasi  shaxsni  ilmiy  bilimlar,  ko`nikma  va 

malakalar  bilan  qurollantirish  demakdir.”

20

.  Tarixchilar  o’rtasida  zamonaviy  tarix 



fanida  voqeaviy  tarix  ustuvor  bo’lishi  kerakmi,  yoki  qonuniyatlar  va  sintezni 

izlashmi  degan  masalada  qizg’in  munozara  bordi.    Jahon  tarixi  fani  tarixni  yangi 

nazariyasi  va  metodologiyasi  izlash,  yangi  tarixiy  sintez  aniq  tarixiy  materialni 

falsafiy-nazariy  umumlashtirish  jarayonini  boshdan  kechirmoqda.  Shuningdek, 

tarix  fanida  yaqin  kunlargacha  Markistik  konsepsiyani  tarixiy  bilishda  yagona  va 

universal tushunchasi sifatidagi qarashdan voz kechish ijobiy hol bo’ldi.  

Hozirgi  kunda  tarix  fanini  o’qitish  metodologiyasida  ham  yangilanish 

dolzarb ahamiyat kasb etadi. XX asrning 50-yillaridan yangi ilmiy texnika inqilobi 

yangi  texnologiyalar  erasini  boshlab  berdi.  90-yillarda  esa  kommunistik 

mafkuraning  inqirozi  natijasida  dunyo  siyosiy  xaritasida  ko’plab  o’zgarishlarning 

yuz  berishiga  sabab  bo’ldi.  Yuz  bergan  bu  o’zgarishlar  tarixga  va  tarixiy 

taraqqiyotga  yangicha  qarashlar,  konsepsiyalarni  shakllantirishni  taqozo  qildi.  Bu 

tarix metodologiyasining oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani 

                                                             

20

 Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika. T., 2007y. 109-b.



 


29

 

 



qo’ydi. Ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi.  

“Zamonaviy  o’qituvchi  tarixning  barcha  qismlarini  yaxshi  bilishi  va  ularni 

metodik  jihatdan  puxta  o’quvchiga  yetkazishi  shart,  zamonaviy  o`qituvchi 

faoliyatini  bilimlarni  uzatuvchi  oddiy  metodist  sifatida  emas,  balki  “o`qituvchi 

texnolog”  nuqtai  nazaridan  baholanishi  kerak”

21

O`qitish  metodlari  - 



o`qituvchilarning  faol  fikrlash  asosida  o`quvchilarni  o`qitishga,  o`qituvchi 

rahbarligida  o`quvchilarning  ilmiy  bilimlarini  maktab  ta`limi  metodlari  tizimidan 

to`g`ri foydalanilgan taqdirdagina ta`lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga 

erishish  mumkin.  Maktab  ta`limi  metodlari  tizimi,  deb  eng  muhim  umumiy 

belgilari bilan  o`qitish  va  o`rganish usullari, hamda  o`qituvchi va o`quvchilarning 

tafakkur  faoliyatidan  iboratdir.  Bir-biri  bilan  bog`langan  o`qitish  metodlarini 

quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

 

og`zaki ta`lim metodi. 



 

bosma matnlar yordamida o`qitish metodi. 

 

ko`rgazmali ta`lim. 



 

ta`limning amaliy metodi. 

Mazkur  metodlar  tizimi  maktabdagi  barcha  o`quv  predmetlarini  o`qitishda 

qo`llanishi  mumkin.  O`qitish  usullari  va  o`quvchilarning  o`rganish  usullari  turli 

shakllar  bir-biri  bilan  qo`shilib  o`qituvchi  va  o`quvchilar  faol  ishtirok  etadigan 

ta`lim jarayonlar metodini tashkil etadi. 

Tarix  o`qituvchisi  tarixiy  tushunchalarni  mantiqiy  izchil    shakllanib 

borishini  taminlash  uchun  tarixiy  tushunchalar  sinf-yosh  kesmida  o’tiladigan 

mavzuning  har  birida  amalga  oshiriladi.  Tarix  darsda  o`rganiladigan  mavzuning 

mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan   farq   qiladi va   ular quyidagi turlarga   

bo`linadi: 

-Sotsial-siyosiy  tushunchalar  Davlatlar  o`rtasidagi  sotsial  munosabatlar  va  siyosiy 

tuzilishi. 

                                                             

21

Nazarova T.Pedagogik texnologiya: taraqqiyotning yangi bosqichi. T., 1999. 16-bet. 



 


30

 

 



O’rta asr jamiyatining asosiy sinflari, imperiya, respublika, burjua davlati va uning 

burjua demokratiyasi, xuquqiy demokratik davlat va boshqalarga doir. 

-tarixiy  madaniy  tushunchalar  (uyg`onish  davrining  gumanistik  madaniyati,   

moddiy va ma‘naviy   madaniyat va boshqalar); 

-  ma’naviy-mafkuraviy,  siyosiy,  din,  tushunchalar.  Metodik  adabiyotlarda  tarixiy 

tushunchalar  umumlashganlik  darajasiga  qarab  quyidagi  uchguruhga:  xususiy, 

tarixiy  (sfinks,  smerdlar,  boyarlar),  umumtarixiy  va  sotsiologik  tushunchalarga 

ham bo`linadi. 

Jahon  fanida  e’tirof  etilgan  ijtimoiy-gumanitar  yo’nalishda  mavjud  bo’lgan  va 

ilmiy adabiyotlarda ishlatiladigan nazariya, konsepsiya, ta’limot va tushunchalar tarix 

o’qituvchisi,  tadqiqotchi  bilishi  zarur.  “Binobarin  biz  davlatimiz  kelajagini  o’z 

qolbimizda  o’ralib  qolgan  holda  emas,  balki  umumbashariy  va  demokratik 

qadriyatlarni chuqur  o’zlashtirgan  holda tasavvur  etamiz. Biz istiqbolimizni  taraqqiy 

topgan  mamlakatlar  tajribasidan  foydalanib,  davlat  va  jamiyat  boshqaruvini 

erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizda 

yanada  kengroq  joriy  qilishda  ko’ramiz.  Biz  butun  ma’rifatli  dunyo  bilan  tinch-

totuv,erkin  va  farofon  hayot  kechirish,  o’zaro  manfaatli  hamkorlik  qilish 

tarafdorimiz”

22

. Demakki,  hamkorlik  tushunchasini  keng  ma’noda  tarix  fan  sohasida 



jahon  tajribasidan  foydalangan  holda  va  tadqiq  qilish  yordamida  tarix  fani 

metodologiyasini  qurilishi,  tarixiy  bilim,  tarixiy  nazariyani  muammolarini  ko`rib- 

chiqish,  tarix  o`rganish  metodlari,  metodologiyasini  genezisi    muammolarini  tahlil 

qilish muhim hisoblanadi.  

Bizning  fikrimizcha  tarix  ta’limining  barcha  bosqichlarida  faoliyat 

ko’rsatadigan tarix o’qituvchilari, tarix fanidan ilmiy izlanuvchilar eng avvalo tarix 

metodologiyasi bo’yicha atroflicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan 

birga  ular  o’z  metodologik  bilimlarini  tarixni  o’qitish  va  tarix  sohasidagi  ilmiy 

tadqiqotlarda  foydalanish  ko’nikmasiga  ega  bo’lishlari  lozim.  Tarix  o’qituvchisi 

                                                             

22

 Kаrimоv.I.А.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.:,2008,114-bet. 




31

 

 



tarix  fani  va  metodologiyasining  e’tirof  etilgan  konsepsiyalari,  talimotlari  va 

qarashlarini  bilishlari  lozim.  Tarix  metodologiyasining  hozirgi  dolzarb 

muammolarini bilishlari uchun tadqiq va tahlil qilishlari shart. 

 Bunda birinchidan, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi  va metodologiyasini 

tubdan  o’zgartirish,  tarixiy  manbalar  tahlili  tizimini  qayta  qurish,  tarix  fani 

tushunchalari  apparatini  qayta  tuzib,  shakillantirsih,  jahon  tarixi  fani 

metodologiyasining  asosiy  yo’nalishlari  mazmun  -  mohiyatini  tushunish  va  uni 

yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix fanini o’qitishda 

o’quvchi-talabani  tarixiy  tafakkurini  shakllantirish  asosida  ilmiy  dunyoqarashini 

rivojlantirish,  ilmiy  izlanuvchi  shaxsni  shakllantirish  o’qituvchining  asosiy 

vazifalaridan biri bo’ladi. 

Ikkinchidan,  bugungi  kunda  tarixni  o’rganishning  maqsadlaridan  biri 

o’quvchi-talabani  madaniy-tarixiy  muhitga  kirishi,  vaqt-makonda  o’zini  erkin  his 

qila olishini shakllantirishdir.  

Uchinchidan,  talab  tafakkurining  mustaqilligini  shakllantirishga  yordam 

beradi, insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosiy yo’llarini tavsiflab, dunyoqarashni 

kengaytiradi, ancha darajada real tarixiy kenglikni tartibga soladi.  


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish