Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va
xarajatlar oqimi jami talabni ko`rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo`lmagan yopiq
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o`zaro teng bo`lishi firmalarnining yalpi
sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo`jaliklarining yalpi daromadlari, yoki
Bu ko`rsatkichlar o`rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi,
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko`tarilib ketishiga sabab bo`ladi. Davlat
aralashuvi mavjud bo`lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko`rinish oladi.
3-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning
davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli.
Bunda:
1.
Er, mehnat, kapital.
a. Iste`mol xarajatlari.
2.
Resurslar.
b. Sotishdan
tushgan
daromad.
3.
Tovar va xizmatlar.
c. Resurs xarajatlari.
4.
Tovar va xizmatlar.
d. Soliqlar.
5.
Resurslar.
e. Soliqlar.
6.
Tovar va xizmatlar
f. Xarajatlar.
7.
Transfertlar.
g. Xarajatlar.
8.
Pul daromadlar (ish haqi, renta,
foiz, foyda)
h. Subsidiyalar.
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning
uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan
ta`minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning harakatini
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali
ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy
xo`jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga
transfert to`lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir
talablariga ta`sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va
xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o`z ishtiroki bilan
firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo`jaliklarining tovarlar va xizmatlar
xarid qilish miqdolari to`g’risidagi qarorlari o`zaro mos kelmagan hollarda ro`y
beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida
doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. endi unda to`rtinchi makroiqtisodiy
sub`ekt - tashqi dunyo ham paydo bo`ladi. CHet el investitsiyalarinig kiritilishi va
xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy
bozor orqali jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o`tishi va moliyaviy
mablag’larning qayta taqsimlanishini e`tiborga olsak ko`rib o`tilgan model mukammal
emasligiga iqror bo`lamiz. Ammo shu ko`rinishda ham bu model makroiqtisodiy
jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan
chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo`jaliklari va tashqi dunyoning yalpi
xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo`lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar
oqimlari (ya`ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya`ni pul
oqimlari) o`zaro teng bo`lishining asosiy shartidir YAlpi xarajatlar hajmining oshishi
ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o`sishiga olib keladi . Bu
esa o`z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo`ladi. Kattaroq hajmdagi
yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat
bog’lanishlari o`rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish
ko`rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar
to`xtovsiz o`sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo`lgan
soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o`zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari
yordamida mul massasini o`zgartirish orqali bajariladi.
Hukumat (yoki davlat) iqtisodiyotning eng kuchli ta`sir etuvchi elementlaridan
bo`lib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tizimning boshqa elementlari
bilan asosan uch yo`l bilan bog’langan:
- soliqlar orqali;
- davlat xaridlari orqali;
- davlat qarzlari orqali.
Qoloq iqtisodiyotda davlatning doiraviy aylanishda ahamiyati, mavqei juda katta
bo`lib, unga ancha narsa bog’liq bo`ladi. U orqali O`tadigan oqimlar nisbatan juda katta
bo`ladi. Hukumat uy xo`jaliklari bilan soliq hamda transfert to`lovlari orqali
bog’langan. Aholi o`z daromadlarining bir qismini davlatga ajratadi, bu soliq
hisoblanadi. Hukumat o`z navbatida davlat byudjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy
yordamlar ko`rsatadi (nafaqa, stipendiya, posobiya). Bularni transfert to`lovlari
deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga qaytariladigan
transfert to`lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi.
Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali bog’langan. Agar byudjet
defitsitli bo`lsa, Hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar
byudjet ijobiy sal’doga ega bo`lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali
o`z qarzlarini qaytaradi. SHuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega. Hayotda
ikkala tomondan ham oqib turadi.
Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat xaridlari orqali bog’langan. Hukumat
o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u
byudjet hisobidan mahsulot bozoridan xarid qiladi. Hukumat firmalar bilan dotatsiya
yoki subsidiya orqali bog’langan bo`ladi. qoloq iqtisodiyotda hukumat bilan firmalar
o`rtasidagi oqim kattaligi bilan farq qiladi.
Hukumat davlat sektoriga ega bo`lganligi uchun, u resurslar bozori bilan ham
aloqa qilib turadi.
Aholining iste`mol bozorida pulini ishlatmaydigan qismi - bu,
a)
sof soliqlar, ular davlat ixtiyoriga kelib tushadi va
b) moliya bozoriga ishlatiladigan jamg’armalardir. Bular mahsulot va daromadlar
doiraviy oborotidan «oqib ketuvchi» (utechka) deyiladi. «Utechka» va iste`molga
ketadigan xarajatlar milliy daromadga barobar bo`ladi.
Bundan tashqari, oila xarajatlari bo`lmagan 2 tur tovar va xizmatlarga
qilinadigan xarajatlar bor. Bular investitsiya va davlat xaridlaridir. Bu oqimlar doiraviy
oborotga qilinadigan «in`ektsiya» lar deyiladi. Iste`molga qilinadigan butun xarajatlar
va «in`ektsiya» doim milliy daromadga teng.
Milliy iste`mol barobar mahsulot iste`moli xarajarlari plyus investitsiya xarajati plyus
davlat xaridi.
Bu nisbat iqtisodiy tizim muvozanat holatda bo`lganda ham muvozanat
buzilganda ham to`g’ridir.
Davlat doiraviy aylanishga 3 xil yo`l bilan ta`sir qiladi:
a) soliqlarni manipulyatsiya qilib (bevosita ta`sir);
b) davlat xaridlarini ko`paytirish yoki kamaytirish yo`li bilan (bevosita ta`sir);
v) pul miqdorini o`zgartirish orqali (bilvosita ta`sir).
Do'stlaringiz bilan baham: