Makroiqtisodiyotga kirish Reja


Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi



Download 360,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana01.01.2022
Hajmi360,38 Kb.
#284423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzuga oid maruza

4.Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi 

 

Har  qanday  iqtisodiy  tizimda  tovarlar  va  xizmatlarni  takror  ishlab  chiqarish 



umumiy  jarayonini  resurslar,  tovar  va  xizmatlar,  daromadlar  hamda  xarajatlarning 

doiraviy  oqimi  modeli    ko`rinishida  tasavvur  qilish  mumkin.  Bu  sodda  model 

makroiqtisodiy  tahlil  asosini  tashkil  etadi.    Faqat  xususiy  mulkka  tayangan  (  ya`ni 

davlat  ishtiroki  mavjud  bo`lmagan)  yopiq  iqtisodiyotda  bunday  doiraviy  oqimi  

firmalar va uy xo`jaliklari o`rtasida amalga oshiriladi (2-chizma). 

Uy  xo`jaliklari  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo`lgan  barcha  iqtisodiy  resurslarni 

resurslar  bozoriga  etkazib  beradilar,  korxonalar  esa  bu  resurslarni  sotib  olib  turli  xil 

mahsulotlarga,  xizmatlarga  aylantiradilar,  so`ngra  esa  ularni  tayyor  mahsulotlar  va 

xizmatlar  bozoriga  etkazib  beradilar.  Ayni  paytda  “resurslar  -  tovarlar  va  xizmatlar” 

oqimiga qarama qarshi yo`nalishda  “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi 

amalga  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Пул  даромадлари  (иш  ҳақи, 

рента, фоиз, фойда) 

Ресурслар бозори 

Уй хўжалиги 

Фирмалар  

Товарлар ва хизматлар бозори 

Ресурсларга 

харажатлар 

Даромадлар 

Истеъмол харажатлари 

Ресурслар 

ер, меҳнат, 

капитал  

товар ва 

хизматлар  

товар ва 

хизматлар  




  2-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar”va “daromadlar – 

xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli. 

 

oshiriladi.  YA`ni,  uy  xo`jaliklari  o`zlari  etkazib  bergan  iqtisodiy  resurslar  evaziga 



daromad  oladi  hamda  ularni  tovarlar  va  xizmatlar  iste`mol  qilish  uchun  sarflaydilar 

yoki  aksincha  korxonalar  resurslar  uchun  sarf-xarajatlar  qiladilar  hamda  tayyor 

mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. 

Endi  modelni  sal  murakkablashtiramiz  -  unga  jamg’arma,  investitsiya  va  moliya 

bozorini qo`shamiz. 

Jamg’arma  –  bu  oila  xarajatlarining  daromadlaridan  kam  bo`lishi  natijasida 

to`plangan puldir. U bankka qo`yiladi yoki aktsiya, obligatsiyaga ketadi. 

Investitsiya  -    bu  umumiy  kapital  hajmini  o`sishga  yordamlashuvchi  hamma 

xarajatlardir. 

Investitsiya  2  xil  bo`ladi:  a)  asosiy  kapitalga  investitsiya;  b)  tovar  -  moddiy 

zahiralarga investitsiya.

  

Iqtisodiy  ma`noda  oldin  ishlatilgan  moddiy  boylik,  ko`chmas  mulk  sotib  olinsa 



investitsiya hisoblanmaydi, yangisini sotib olishgina investitsiyadir. 

Moliya  bozorlari  -    bu  oila  xo`jaliklaridan  jamg’arish  orqali  firmalarga  pul 

oqimlarini  o`tkazish  bilan  shug’ullanuvchi  iqtisodiy  institutdir.  Ularga  banklar  va 

moliyaviy  oraga  kiruvchilar  (sug’urta  kompaniya,  pensiya  fondi)  kiradi.  Bular  pul 

jamg’armalarining  yarmini  o`zidan  o`tkazadi,  ikkinchi  yarmi  oila  xo`jaliklari  aktsiya, 

obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar sotib olish orqali o`tadi. 




Download 360,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish