Taqsimlovchi schyotlar – ma‘lum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga
olish va ularnig kalkulyatsiya ob‘yektlari, hisobot davrlari va hokazolar bo‗yicha
to‗g‗ri taqsimlashni ta‘minlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari.
Taqsimlovchi schyotlar ikki turda bo‗ladi. Ularning bir xili hisobot davri
davomida egri xarajatlar smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida
kalkulyatsiya obyektlari bo‗yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun
tayinlangan. Bunday schyotlar yig‗uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. Boshqa
taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo‗yicha to‗g‗ri taqsimlash uchun
tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar bo‗yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |