Schyotlarning aylanmalari – buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va
krediti bo‗yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari
deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‗yicha
debet aylanma oy davomida hisob ob‘yekti ko‗payishini, passiv schyotlar bo‗yicha
- kamayishini anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‗yicha oy davomida
hisob ob‘yekti kamayishini, passiv schyotlar bo‗yicha – ko‗payishini ko‗rsatadi.
Schyotning qoldig‗ini chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |