Bosh tubining sinishi. Bosh tubi suyaklari (asosi) ko„pincha bosh bilan yiqilganda
sinadi. Rentgenologik tekshirish tashxisni aniqlashda yordam beradi. SHikastlanishdan
keyin ko„karish, burun va quloqdan qon ketishi kuzatiladi.
BTYO. Bemorni bosh tomonini yuqori qilib tinch xolatda yotqizib qo„yiladi.
Eshitish yo„llarini va burunni yuvmaslik kerak, ko„p qon oqqanda burunga tampon
qo„yish mumkin. Quloq soxasi aseptik bog„lanadi. Kala ichki bosimini tushirish uchun
glyukozaning 40 % li eritmasidan venaga 10-20 ml yuboriladi; og„ir xollarda orqa miya
suyuqligi olinadi, shunda bosh og„rishi va bosh aylanishi kamayadi. Infeksiya
rivojlanishining oldini olish uchun penitsillin bilan sreptomitsin eritmasini aralashtirilib
yuboriladi. Bemor kamida 4-5 hafta, miyadagi o„zgarishlar butunlay yo„qolgunicha
o„rinda yotishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |