35
obrazli qilib aytgan (1838 -yilda) gapini eslashadi.
78
Umuman aytganda, gap
matn hosil bo‘lishida o‘ziga xos materialdir. Ana shular hisobga olinsa, matn
birliklari sifatida supersintaktik butunliklar bilan bir qatorda erkin gaplarni tan
olgan holda har qanday gapni ham ana shunday birliklar ichida qarash
maqsadga muvofiq.
Matn lingvistikasi, xususan, matn birliklarini belgilashdagi eng
munozarali va behad ko‘p tadqiq etilgan masalalardan biri abzatsning
mohiyati, tabiati va matn tarkibidagi maqomi masalasidir. Bu borada rus va
Evropa filologiyasida juda katta miqdordagi ilmiy ishlar yaratilgan, ularning
soni bir necha yuzlardan ham oshadi. Ularning aksariyatida abzats va
supersintaktik butunliklar o‘rtasidagi munosabat, umumiy va farqli jihatlar,
ularning matndagi ahamiyatlilik darajasi kabi masalalar borasida bahs
yuritiladi. Ammo oldindanoq alohida ta’kidlash zarurki, bizningcha, abzatsni
supersintaktik butunliklar bilan qiyoslash, ularni bir-biri bilan solishtirish
ilmiy mantiq nuqtai nazaridan unchalik asosli emas.
Tilshunoslikda abzats va uning mohiyati talqini masalasida bir-biridan
farqli bir necha nuqtai nazarni ko‘rish mumkin. Ularning ba’zilarini qarab
chiqaylik.
O.I.Moskalskaya supersintaktik butunlik va abzatsni solishtirar ekan,
supersintaktik butunlikning sintaktik mohiyatga ega hodisaligini, abzats esa
kompozitsion sath birligi ekanligini ta’kidlaydi. Abzatsning matnda
kompozitsion-stilistik birlik maqomida bo‘lishiga boshqa tadqiqotchilar ham
e’tiborni qaratadilar.
79
Bir qator tadqiqotchilar abzatsning sintaktik struktura birligi bo‘la
olmasligini aytadilar. Ularning fikricha, abzats til sistemasining birligi emas,
shuning uchun unda boshqa sintaktik birliklardan farqlanishga xizmat
qiladigan grammatik belgilar yo‘q, demakki, u alohida sintaktik birlik emas.
Ana shundan kelib chiqib, ular abzatsni sintaktik kategoriya deb
hisoblamaydilar va shunday ta’kidlaydilar: “Matnning sintaktik strukturasida
so‘z birikmasi, so‘zlar qo‘shilmasi, gaplar, murakkab sintaktik butunliklardan
boshqa hech qanday birlik yo‘q.”
80
Ayni paytda ular abzatsning yozma nutq
amaliyotida fikr idrokini qulaylashtirish maqsadida yozuvchi tomonidan ongli
ravishda ajratiluvchi birlik ekanligiga alohida urg‘u beradilar.
Yana ayrim tilshunoslar supersintaktik butunlikni matnda sintaktik
birlik sifatida qarash mumkin emasligini, faqat abzatsgina matnda ana
shunday maqom ola bilishini isbotlashga urinadilar. Masalan, ayni masalani
78
Do'stlaringiz bilan baham: