34
mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi,
lirik chekinishi kabilarni ifodalashga xizmat qiladi.
Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi” deb
hisoblaydilar.
76
Bu munosabat bilan M.Y.Bloxning mulohazalari alohida e’tiborga
molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat
frazadan katta birlik (bizningcha, supersintaktik butunlik), ya’ni gaplarning
qo‘shilmasigina emas, balki ayni paytda matn tuzuvchi tomonidan mazmunan
muhim maqomga qo‘yilgan alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni
maqomi monologik yozma nutqda ularni alohida abzats sifatida ajratishni
taqozo etadi. Bu fikrida u yuqorida aytilgan erkin gaplarni nazarda tutganday
tuyuladi. Ammo M.Y.Blox har qanday gapning matn tarkibidagi
favqulodda ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtai
nazaridan gap ifodalashning eng muhim (kardinal) unsuri ekanligini turli
shakl va maqsadlardagi nutq (og‘zaki, yozma, kundalik, professional, sokin,
emotsional va sh.k.)ni kuzatish asosidagi tadqiqotlar tasdiqlashini aytadi. U
shunday deb yozadi: “Gap predikatsiyaning, ya’ni nutqning nominativ
mazmunini real voqelikka nisbatlashning ifodachisi ekanligi haqidagi
haqiqatni esga olishimiz bilan bu narsa oydin bo‘ladi-qo‘yadi. Matnning
gapga alternativalar sifatida ko‘rsatilayotgan “haqiqiy” birliklaridan birontasi
predikatsiyani ifodalovchi o‘z vositalariga ega emas. Bu shuni bildiradiki,
matn gapdan tashqarida hukm va xulosalarni ifodalay olmaydi, ya’ni matn
olamni anglangan holda aks ettirishning to‘laqonli vositasi bo‘lib xizmat
qilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.”
Bunga o‘xshash fikrni boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ham ko‘rish
mumkin. Masalan, rus tilshunosi G.V.Kolshanskiy gap sub’ekt-predikat
munosabatini ifodalashi bilan matnda mazmunning mantiqiy fikr sifatida
shakllanishiga imkon beruvchi mazmuniy-struktur birlik bo‘lishini, gap
“matnning asosiy (bazis) operativ unsuri” ekanligini alohida ta’kidlaydi.
77
Aytish mumkinki, matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv
olam bilan nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish
mushkul.
Ko‘rinadiki, gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn
hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Gapning matn hosil qilish
xususiyati haqida gapirganda, mutaxassislar rus ritorikasi namoyandalaridan
biri I.Davidovning “Gap dondir, undan butun asar unib chiqadi” tarzidagi juda
76
Do'stlaringiz bilan baham: