160
(Oksyumoron)
asl ma’nosiga muvofiq bo‘lmagan holda qo‘llash: oq
tunlar, qizil siyoh kabi.
Kinoya-
Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan
qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, piching bilan
ishlatishdan iborat ko‘chim.
Kontaminatsiya-
Biror munosabat, tasavvurga ko‘ra o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan ikki so‘z yoki iborani birlashtirish yo‘li bilan
yangi so‘z yoki iboraning hosil bo‘lishi. Masalan,
erga tegmoq // turmushga chiqmoq = erga chiqmoq
Ko‘chim-
Badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko‘chma ma’noda
qo‘llangan nutq birligi, ramz bilan qo‘llangan so‘z.
Litota-
Narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni
kamaytirib tasvirlash.
Majoz-
Mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni aniq obraz orqali
ifodalash. Ayyorlik belgisiga egalik-tulki.
Maqol-
Chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik-
melodik xususiyat larga ega bo‘lgan folklor janri
Metateza-
So‘zdagi tovushlarning o‘rin almashinishi: kiprik-
kirpik, tuproq-turpoq kabi.
Metafora-
Bir predmetning nomini boshqa predmetga shakl,
belgi va harakat o‘xshashligini e’tiborga olib
ko‘chirish.
Metonimiya-
Bir predmet, belgi, harakat nomini o‘zaro tashqi yoki
ichki bog‘liqlik asosida boshqa predmet, belgi yoki
haraktga nisbatan qo‘llash.
Monolog-
So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning
tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan
nutq.
Muvaqqat
ma’no-
So‘zning ma’no tuzilishida shakllanib etmagan,
ma’lum individual qo‘llanishda yuzaga chiqadigan
ma’no. Okkazional ma’no. San’atimiz gullari,
shabada yo‘rg‘aladi kabi.
Okkazionalizm-
Mahsuldor bo‘lmagan model asosida yasalgan va
faqat shu nutqiy matnning o‘zida qo‘llangan so‘z,
individual-uslubiy neologizm.
Oksyumoron-
(Kataxraza)
Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan ikki tushunchani qo‘shib
qo‘llash. Baqirgan sukunat, qizil qor, shirin g‘am
Parallelizm-
Yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik
qurilishga ega bo‘lishi.
Parafraza-
Tasviriy ifoda. Narsa, hodisani o‘z nomi bilan emas,
ularni xarakterli belgi-xususiyatlari asosida tasviriy
161
usul bilan ifodalash. Zangori olov-gaz, dala
malikasi- makkajo‘xori kabi.
Professionalizm-
Tildagi kasb-hunarga oid bo‘lgan so‘z va iboralar
Ritorik so‘roq-
Faqat so‘roq shaklida ifodalanib, kuchaytirishdan
iborat uslubiy vosita; javob talab qilmaydigan so‘roq
gap.
Sarkazm-
Achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching
Simvol-
Badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va
predmetlar ifodasi uchun so‘zlarning ma’lum
ravishda ko‘chma ma’noda ishlatilishi.
Sinekdoxa-
Bir predmet nomining boshqa predmetga butun va
qism munosabati asosida ko‘chishi, butunning nomi
qismning nomi yoki aksincha bo‘lib qolishi
Tabu-
Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish va shu kabilar ta’sirida
so‘zning ishlatilishini cheklash yoki man etish.
Chayon-oti yo‘q, bo‘ri-jondor kabi
Tavtologiya-
Bir fikrni boshqa so‘z yoki so‘zlar bilan takroran
ortiqcha qo‘llash: oyoq bilan tepish, gap gapirmoq
kabilar.
Takror-
Ayni bir so‘z, ibora yoki sintaktik shakllarning
muayyan maqsad bilan qaytarilishi.
Figural ma’no-
Voqelik bilan bevosita bog‘lanmaydigan, narsa,
belgi, haraktning nomiga aylanmagan ma’no. Figural
ma’no voqelik bilan nomlovchi ma’no orqali
bog‘lanadi. Ovozining shirasi qochgan.
Evfemizm-
Narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi,
ikkiqat-og‘iroyoqli, homilador.
Evfoniya-
Nutqning
tovushlar
takrori
orqali
yuzaga
chiqariladigan xushohangligi.
Ekzotizm-
O‘zlashgan so‘zlar, nutqqa alohida bir o‘ziga xoslik
berish uchun qo‘llaniladigan so‘zlar.
Ekspressiya-
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi va ma’nodor
bo‘lishi.
Emotsiya-
Insoniy his-tuyg‘u, kechinma va hissiyotlarning til
birliklarida ifodalanishi.
Emfaza-
Nutqning
ko‘tarinki
ruhda
bo‘lishi,
emotsionallikning kuchli bo‘lishi: Amr et, Tojixon,
amr et... Emfaza takror yordamida yuzaga chiqyapti.
Enantiosemiya-
Bir so‘zning semantik tuzilishida zid ma’nolarning
yuzaga kelishi. Chiqmoq-ichkaridan tashqariga
harakatlanish, transportda ichkariga harakatlanish.
Bosh-yo‘lning boshlanishi va yakuni
162
Epifora-
Anaforaning
teskarisi.
Parallel
tuzilgan
nutq
parchalari
oxirida
ayni
bir
elementning
takrorlanishidan iborat uslubiy vosita
O‘xshatish-
Ikki narsa yoki hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka
asoslanib,
ularning
biri
orqali
ikkinchisining
belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, bo‘rttiribroq
ko‘rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |