Апрель 2021 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKANING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI
Xalmuratova Gulchexra Kurbanbaevna-
Qoraqalpog’iston Respublikası
Nukus shahar 25-sonli maktabning
Matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada matematika jamiyatni uyushgan va tizimli ravishda rivojlanishiga
yordam beradi va uning rivojlanishi foydasiga muhim fikrlarni topish uchun muhim ma’lumotlar
va real statistikani tan olishga yordam beradi degan iboralar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Matematika, fikrlash, muhokama, muzokara, bilim, o’quvchi, maktab
Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi
sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Bu ilm haqida davlatimiz rahbarining «Matematika
hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi,
istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi», - degan ibratli fikrlarini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchining tahliliy va
mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo’ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, hayotdagi turli
vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni
bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o’zida shakllantiradi. Matematika jamiyatni uyushgan
va tizimli ravishda rivojlanishiga yordam beradi va uning rivojlanishi foydasiga muhim fikrlarni
topish uchun muhim ma’lumotlar va real statistikani tan olishga yordam beradi.
Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar,
tevarak-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi.
Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o’rnini inobatga olingan holda mazkur fan birinchi
sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo’lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika
ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borishi, uni o’qitishda eng so’nggi pedagogik
va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etishga katta e‟tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, o’quv fanini akademik bilim berishdan ko’ra ko’proq hayot bilan bog’lash, amaliy
misol va masalalarni yechish, o’quvchilarni mustaqil izlanish, o’qibo’rganishga jalb etishning
ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o’quvchi o’zini majburan partaga mixlab qo’yilgandek his
etmasligi, aksincha, mashg’ulotlarda katta ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi
lozim.
Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda,
ish jarayonida, sport va san’at bilan shug’ullanishda, savdo-sotiq, oldiberdi – hayotning har
bir lahzasida o’quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa
mazkur fan o’qituvchisi o’tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog’lab, biror misol yoki
masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o’rgatishi zarur. Misol
uchun:Adham akaning plastik kartochkasiga 450 ming so’m oylik maoshi tushdi. U oyligining
35 foizini plastik kartochkasiga oladi. Uning jami oyligi necha so’m? Uning naqd pulda oladigan
maoshi qancha?
Buni tug’ri proporsiya usulida osongina yechish mumkin:
450 000 – 35%
X – 100%
(450 000 x 100 / 35 = 1 285 714,29)
Demak, 1 285 714 so’m – uning jami maoshi. Shundan 450 ming so’m plastik kartochkaga
tushsa, 835 714 so’m naqd pul oladi.
Bu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Eng muhimi, o’quvchi kitobdaftarida raqam, har
xil amallarni emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko’ra olishi kerak. Bu kabi misollarni keltirish
bilan bir qatorda, pedagog o’z o’quvchilarini mustaqil izlanish, tadqiqot olib borish, o’zi ham
ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb qilishi katta foyda beradi.
Deylik, maktabda 6-sinflar o’rtasida matematika bo’yicha kichik ilmiy konferensiya tashkil etish
mumkin. O’quvchilarga o’z oilasi, mahallasi, qishlog’i, shahri doirasida atematikaning ahamiyatini
ilmiy jihatdan ochib berish vazifasi topshiriladi. Ma’lum muddat belgilanib, ilmiy tadqiqot olib
borgan o’quvchilar ro’yxati shakllantiriladi, o’ziga xos, hayotiy va samarali izlanishlar mualliflari
17
Do'stlaringiz bilan baham: |