Kasallikning odamlardagi patogenezi. Str.faecalis odam va hayvonlar
ichaklarida yashagani uchun antogonistik xususiyatga ega, ya’ni ichburug‘, qorin
tifi va ichak tayoqchalarining ko‘payishiga qarshilik qiladi. Bolalar ichagida ichak
tayoqchasiga nisbatan enterokokklar miqdori ko‘proq. Ularni yuqori nafas olish
tizimi, terining yiringli yallig‘lanishi, 12- barmoq ichak, o‘t pufagi, siydik ajratish
tizimining kasalliklarida uchratish mumkin. Str.faecalis sanitar ko‘rsatkich
mikroorganizmlar guruhiga kiradi. Shuning uchun ularni suv va oziq-ovqat
maxsulotlaridan topilishi, bu omillarning najas bilan ifloslanganligidan darak
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |