Morfologiyasi. Molimorf, tuxumsimon shaklda bo‘lib, juft-juft yoki kalta
zanjirga o‘xshab joylashadi, ayrim shtammlarida xivchinlari va kapsulast bor.
O‘sishi. Str.faecalis qattiq oziqli muhitda chetlari tekis S-koloniyalarni hosil
qiladi. Sariq pigment ishlab chiqaradi, optimal haroratda o‘sish xususiyatiga ega.
Enterokokklar boshqa streptokokklardan tarkibida 6,5,% NaSl, pN 9,6-10,2
bo‘lgan bulonda, 40% o‘t qo‘shilgan qonli agarda yaxshi ko‘payishi bilan farq
qiladi. Ularning o‘sishini kaliy tellurit, natriy azid, penitsillin va neomitsinlar
to‘xtatib qo‘ya olmaydi, shuning ulardan elektiv muhitlarni tayyorlashda
foydalaniladi.
Chidamligi. Enterokokklar tashqi muhit omillariga boshqa streptokokklarga
nisbatan chidamli. 60
0
Sda 30 daqiqada o‘z faolligini saqlab qoladi. Xona
haroratida oziq-ovqatlarda ko‘paya oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |