Kasallikni oldini olish. Bemorni kasalxonada alohida xonaga yotqizish,
xonani tez-tez shamollatib turish, bolalar muassasalarida kasallik tarqalib
ketmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat. Profilaktika maqsadida bemor bilan
muloqotda bo‘lgan bolalarga odam zardobining immunoglobulini yuboriladi.
A guruhga kiradigan gemolitik streptokokkning serologik variantlari ko‘pligi
va streptokokklarning odam to‘qimasi bilan umumiy antigenga ega ekanligi tufayli
deyarli skarlatinaga qarshi maxsus profilaktika o‘tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |