O‘zDEUavto avtomobillariga o‘rnatilgan akkumulatorlarni
ishlatishning o‘ziga xos tomonlari. O‘zDEUavto avtomobillarining
barchasiga (MATIZ, DAMAS, NEKSIA) xizmat ko‘rsatilmaydigan
akkumulatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy qopqog‘i germetik
yopilgan holda tayyorlangan. Ish jarayonida batareyada oz miqdorda
hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun qopqoqning
yon tomonida ikkita shamollatish tuynugi qoldirilgan.
O‘zDEUavto avtomobillarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarga
ko‘ra ularga o‘rnatilgan akkumulatorlar ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan
tavsiflanadi:
a) elektr sig‘im (RC kursatkich);
b) razrad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich ).
Do'stlaringiz bilan baham: |