VILYAM SHEKSPIR
(1564-1616)
Ingliz Uyg‘onish davri adabiyotining yirik vakili. Oddiy kosib
oilasida tugMlgan Shekspir 1587-yilda Londonga keladi. Teatrda aw al
suflyor, so‘ngra aktyor, keyinroq rejissyor boMib ishladi, teatmi boshq
arishda direktorga hamkorlik qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shekspir hammasi bo'lib 2 poema, 154 sonet
va 37 pyesa yaratgan. Ijodining birinchi davrida
Shekspir «Adashishlar komediyasi», «Qaysar qiz
ning quyilishi», «Veronalik ikki yigit», «Sevgining
behuda kuchayishi», «Yo'q narsadan bir talay
g'ovg'a», «O'n ikki kecha» kabi komediyalar,
«Genrix VI», «Richard III». «Yuliy Sezar», «Ro
meo va Jyulyetta» tragediyalarini yaratadi.
Ijodining ikkinchi davrida «Hamlet», «Otello»,
«Qirol Lir», «Makbet», «Antoniy va Kleopatra»,
«Kariolan» tragediyalarini yozadi. Ijodining
uchinchi davrida tragikomediyalar - «Simbelin», «Qishki ertak»,
«Bo'ron» asarlari yoziladi.
G'. G'ulom, M. Shayxzoda, Uyg'un, T. To'la, J. Kamol va boshqa
adiblar Shekspir asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilganlar.
Muhabbat shohu gadoga bir deyishadi. Shekspir yaratgan obrazlar,
turli toifa kishilari hammasi ishq deydi, muhabbat deydi. Shekspir eng
qiyin adabiy janrda qalam tebratdi. Jahon adabiyotida hech bir adib
Shekspir darajasiga ko'tarila olmagan. Shekspirning deyarli barcha
asarlari she’riy yo‘l bilan yozilgan. Ko'pincha aktyorlar asarni
repititsiya qilish jarayonida she’mi yodlash qiyinligidan shikoyat
qilishadi. Shekspir she’riyati esa ravon va ifodaviy. Uni esda saqlab
qolish juda oson.
Shekspir ijodining muhim tomoni - uning asarlari, dialog va mono-
loglari qatida falsafa, ma’no yashirilgan. Shekspir drama, tragediya,
komediya, sonet ustasi. Shu bilan birga u tarixning bilag'oni, faylasuf
va shoirdir. Shekspir fikrlami yoqimli, tushunarli tarzda bera olgan.
Har bir tragediyasida shunday satrlar borki, ularni alohida she’r qilib
e’lon qilsa ham bo‘ladi.
«Romeo va Jyulyetta» tragediyasidan, Romeo tilidan:
U saharga jarchi bo 4gan to 'rg ‘ayning о lzi,
Bulbul emas, sevimli yor, ana qarab ko ‘r,
Bulutlaming ortidagi baxil saharni.
So ‘qmoqdadir kechalarhing shamchiroqlari
Quvnoq kunduz pisib turar tog ‘ tumanida
Ketmog ‘ligim menga hayot, qolishim о ‘lim.
Shekspir o'zidan keyin o'lmas meros qoldirib ketdi. Bu rnerosdan
hozirgi kunda millionlar bahra olmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |