Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

HANS KRISTIAN
ANDÅRSÅN
(1805 — 1875)
www.ziyouz.com kutubxonasi


337
Andersen  bu  kitoblarni  yaratishda  xalq  og‘zaki  ijodidan
unumli  foydalandi,  ularning  orzu-armonlarini  qog‘ozga  tu-
shirishga  harakat  qildi.  Ertaklardagi  xarakter  va  jonli  nutqni
yanada  mukammallashtirishga  erishdi.  Shuning  uchun  An-
dersen  yaratgan  ertaklar  sodda,  kitobxon  uchun  tushunarli
bo‘lish  bilan  birga,  o‘quvchilar  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanib
qoladi.
Andersen  ertaklarida,  ko‘pincha,  bosh  qahramon  shah-
zoda  ham  emas,  malika  ham  emas,  balki  oddiy  mehnatkash
xalqdir.  Ular  o‘zlarining  samarali  mehnati,  aql-idroki,  axloq-
odoblari  bilan  kitobxon  tahsiniga  sazovor  bo‘ladilar.  Uning
„Qo‘ng‘iroqli  girdob“,  „Kumush  tanga“,  „Kolbasa  sixidan
sho‘rva“,  „Go‘ng  qo‘ng‘iz“  va  boshqa  ertaklari  fikrimizga
yorqin  misol  bo‘la  oladi.  Ertakchining  „Qo‘ng‘iroqli  girdob“
asarini  olib  ko‘raylik.  Unda  asrlar  mobaynida  ezilgan,  og‘ir
mehnat  va  zulmdan  tinka-madori  qurigan  mehnatkash  xalq
vakili  Blakenning  o‘z  xo‘jasiga  qarshi  turishi  kitobxonni  qu-
vontiradi.
„Bolalar  gurungi“  asarida  hech  kim  taqdirni,  kichkintoy
o‘sib-ulg‘aygach  kim  bo‘lib  yetishishini  bilishi  mumkin  emas-
ligini,  bu  ko‘proq  o‘sha  bolaning  o‘ziga,  intilishiga,  katta-
larning  ibratomuz  pand-nasihatlariga  quloq  solishiga  bog‘liq
ekanligini  o‘qiymiz.
Shohona  qasrga  to‘plangan  bir  to‘da  bashang  kiyingan
aslzoda  bolakaylar  qasrni  to‘ldirib  maqtanishar,  ota-ona-
larining  hisobsiz  boyliklari  bilan  quvonishar,  kelajakda  ota-
onalaridan  ham  badavlatroq  bo‘lish  uchun  harakat  qilishlarini
kibor  bilan  ta’kidlar  edilar.  Bu  boy-badavlat  bolalarning  bir-
birlariga  gap  bermay  maqtanishlarini  yirtiq-yamoq  kiyim  kiyib
olgan  bir  kambag‘al  bola  tinglab,  xo‘rsinar,  „bularga  yetish
bizga  yo‘l  bo‘lsin“,  deb  qo‘yar  edi,  o‘zicha.
Yillar  o‘tib  o‘sha  juldur  kiyimli  bola  yaxshi  o‘qib,  rassom
bo‘lib  yetishdi,  mamlakatda  eng  boy  odamlardan  biriga  ay-
landi,  o‘ziga  munosib  bir  qasr  qurdirdi.  Qasr  hamda  uning
ichidagi  xazinani  ko‘rishni  hamma  istardi.
Ertakchining  „No‘xat  ustidagi  malika“  asari  ham  yosh
kitobxonning  kulgisini  qistatadi,  ham  tannoz  malikaga  qahr-
g‘azabini  qo‘zg‘atadi.
Bir  shahzoda  haqiqiy  malikaga  uylanish  uchun  butun  yer
yuzini,  shahar-u  qishloqlarni  qidirib  hech  qayerdan  haqiqiy
22 — Bolalar  adabiyoti  va  ifodali  o‘qish
www.ziyouz.com kutubxonasi


338
malikani  topa  olmaydi.  Hafsalasi  pir  bo‘lgan,  tarvuzi  qo‘ltig‘i-
dan  tushgan  shahzoda  qasrga  qaytadi.
Kunlardan  bir  kuni  ko‘z  ko‘rib,  quloq  eshitmagan  mo‘-
jiza  yuz  beradi:
„Bir  oqshom  havo  aynigandan  aynibdi:  shundoq  chaq-
moq  chaqib,  momaqaldiroq  gulduros  solibdi,  yomg‘ir  chu-
nonam  chelaklab  quyib  beribdiki,  dahshatning  o‘zginasi.
Òo‘satdan  shahar  darvozasi  taqillab  qolibdi.  Keksa  qirol
borib  darvozani  ochibdi.
Darvozada  malika  turardi.  Yo  qudratingdan,  uni  nimaga
o‘xshatish  mumkin!  Suv  malikaning  sochlari,  ko‘ylaklaridan
sharillab  oqib,  to‘ppa-to‘g‘ri  boshmoqlarining  uchlariga,
tovonlariga  tushardi,  u  bo‘lsa  pinagini  buzmay,  „Men  haqiqiy
malikaning  xuddi  o‘ziman,  derdi“.
Malikani  sinab  ko‘rish  ishlari  ham  g‘alati  bo‘ladi.  Òunda
qirq  qavat  ko‘rpa  ostiga  bitta  no‘xatni  yashirib,  joy  solib  bera-
dilar.  Òannoz  oqbilak  qiz  ertalab  o‘rnidan  turar  ekan,  „Qan-
day  uxlab  turdingiz?“  deyilgan  savolga  nolish,  ichki  dard
bilan  javob  beradi:  „Ey,  juda  yomon! — deydi  u. — Ko‘zimni
yummadim,  desam  ham  bo‘ladi.  Men  qandaydir  qattiq
narsaning  ustida  yotdim,  butun  a’zoyi badanim  ko‘karib
ketibdi.  Naqadar  dahshat!“
Shahzoda  qizning  haqiqiy  malika  ekanligini  bilib,  unga
uylanadi.
Bolalar,  odatda,  hayvonlar,  parrandalar,  hasharotlar  ha-
qidagi  ertaklarni  sevib  o‘qiydilar.  Andersen  yaratgan  ertak-
larning  juda  ko‘pchiligi  ana  shu  mavzuni  qamrab  olishi  bilan
ham  xarakterlidir.    Uning  „Dyumchaxon“,  „Irkit  o‘rdakcha“,
„Botqoqlik  shohining  qizi“,  Baqa“,  „Burga  bilan  profåssor“
singari  ertaklari  o‘zbåk  kitobxonlarining  ham  såvimli  asarlariga
aylanib  kåtgan.
Xullas,  Daniya  ertakchisi  Xans  Andårsånning  ijodi  uzoq
yillardan  båri  yosh  kitobxonlarga  zavq-shavq  bag‘ishlab  kål-
moqda.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish