Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

AKA-UKA
GRIMMLAR
www.ziyouz.com kutubxonasi


331
askar  bo‘ladi.  Ular  o‘zlarining  ibratomuz  ishlari  bilan  ertak
tinglovchida  chuqur  taassurot  qoldiradi.  Aql  bilan  ish  ko‘rish,
bilimdonlik  „Òilla  g‘oz“,  „Shishadagi  arvoh“,  „Uch  aka-uka“
ertaklarida  yaxshi  berilgan.
Grimmlarning  dunyoga  mashhur  „Zolushka“,  „Qor  qiz“
ertaklarining  qahramonlari  hammadan  turtki  yeydigan,  so‘-
kish  eshitadigan  va  eng  past  hamda  qiyin  yumushlarni  baja-
radigan  qizlar  bo‘lib,  ertak  davomida  o‘zlarining  halol  meh-
natlari,  yoqimli  so‘z  va  tabassumlari  bilan  baxtiyor  bo‘ladilar.
Grimmlarning  „Quyon  bilan  tiðratikan“,  „Bo‘ri  va  tulki“
asarlari  masal  janriga  yaqin  turishi  bilan  kitobxonda  katta
taassurot  qoldiradi.
„Yalqov  Geyns“,  „Gansning  baxti“,  „Botir  tikuvchi“,
„Yosh  pahlavon“,  „Bremen  musiqachilari“  kabi  ertaklari
o‘zbek  bolalarining  ham  sevimli  asarlariga  aylanib  qolgan.
„Botir  tikuvchi“ning  sujeti  ko‘pchilikka  yaxshi  tanish.
Qahramon  nogahon  bir  nechta  pashshani  bir  urishda  nobud
qilish  bilan  o‘ziga  o‘zi  botir,  dovyurak  tamg‘asi — shiorini
yozib,  yelkasiga  osib  oladi.  U  baxtini,  taqdirini  sinab  ko‘rish,
peshanasida  borini  qo‘lga  kiritish  maqsadida  safarga  otlanadi.
Botir  tikuvchi  tadbirkor,  epchil,  chaqqon.  „Qochib  qol-
guncha  otib  qol“  qabilida  dovyuraklik  bilan  ish  ko‘rishi  unga
katta  shuhrat  keltiradi.  G‘orda  behisob  devlar  ustidan  puxta-
pishiqligi  bilan  g‘olib  chiqadi.  Dev  ko‘tarib  olgan  daraxt  shox-
lari  ustida  qush  kabi  yengil  o‘tirishi,  devlarning  savollariga
qo‘rqmay,  ustalik  bilan  javob  berishi  asrlar  osha  kitobxonni
hayratga  solib  kelmoqda.
Botir  tikuvchi  uchun  og‘ir  sinov  o‘rmondagi  ikki  pahla-
von  bilan  „olishuv“  bo‘ladi.  Podshoh  tomonidan  bu  pahla-
vonlarni  mag‘lub  qilish  vazifasini  olgan  botir  tikuvchi  tavak-
kal  qilib  yo‘lga  tushadi.  Ustlariga  tosh  tashlash  hisobiga  ular
o‘rtasida  nifoq  chiqaradi.  Ikki  jangchi  bir-birini  tosh  bilan  urib
nobud  qiladi.  Òadbirkor  yigit  bilimdonlik,  o‘ylab  ish  ko‘rish
bilan  o‘rmondagi  shoxdor  maxluq  ustidan  g‘olib  chiqadi.
Botir  tikuvchining,  muloyimligi,  o‘ylab  ish  ko‘rishi  yosh
kitobxonda  yaxshi  taassurot  qoldiradi.  Ularda  ham  xuddi  o‘sha
botir  tikuvchi  kabi  yetuk  insonlar  bo‘lishga,  botir,  pahlavon
bo‘lishga  havas  uyg‘otadi.
Aka-uka  Grimmlarning  qaysi  asarini  olmang,  hammasida
ham,  eng  avvalo,  mehnatkashlik,  mehnatga  muhabbat  g‘oyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


332
yotadi.  Ikkinchidan,  har  qanday  holda,  har  qanday  mushkul
ish  boshiga  tushganda  ham  o‘sha  qahramon  chora  qidiradi,
tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  yo‘lidan  boradi  va  ofatdan  qutuladi.
Òulki  kabi  hiyla  va  makr  ishlatadigan  jonivor  bo‘lmasa
kerak.  Grimmlar  ularga  qarama-qarshi  qilib  g‘ozlar  obrazini
yaratishadi.  G‘ozlar  har  doim  chorasiz — bo‘sh,  beg‘am  hayot
kechiradilar.  Grimmlarda  vaqti  kelganda  o‘sha  boqibeg‘am  g‘oz-
lar  ham  sergak,  tetik,  tadbirkor,  ishbilarmon  bo‘lib  ketishla-
rini,  olg‘ir,  muttaham  tulkilarni  dog‘da  qoldirishlarini  kuzata-
miz.  Òulki  o‘tloqda  yurgan  g‘ozlarni  yemoqchi.  Ular  o‘limlari
oldidan  bitta  qo‘shiq  aytib,  so‘ngra  tulkiga  yem  bo‘lishlarini
so‘rashadi.  Ammo  uzundan-uzoq  „g‘a-g‘a“lari  tulkini  zerik-
tiradi,  uning  tinka-madorini  quritadi,  oxiri  o‘ljadan  voz  ke-
chishga  majbur  bo‘ladi:
„Dastlab  bitta  g‘oz  qo‘shiq  aytibdi.  Uning  qo‘shig‘i  mana
bunaqa  uzundan-uzoq  ekan:
— G‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a!
Undan  keyin  ikkinchi  g‘oz  jo‘r  bo‘libdi:
— G‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a!
Ulardan  so‘ng  uchinchisi  xonish  qilibdi:
— G‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a.
Uchinchi  g‘ozdan  keyin  to‘rtinchi  g‘oz  ham:
— G‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a, — deb  qo‘shiq  boshlabdi.
Oxiri  hamma  g‘ozlar  birgalikda  qichqirib,  „g‘a-g‘a-g‘a“
lashga  tushibdilar:
— G‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a...
Qachonki,  g‘ozlar  qo‘shig‘i  tamom  bo‘lsa,  ertak  ham
tugaydi.  Shundagina  tulki  g‘ozlarni  yeydi.
Biroq  aqlli  g‘ozlar  qo‘shiqni  to‘xtatishni  o‘ylashmabdi.
Ular  hozir  ham  „g‘a-g‘a-g‘a,  g‘a-g‘a-g‘a“,  deb  qichqirib  tu-
rishgan  emish“.
Bir  so‘z  bilan  aytganda,  aka-uka  Grimmlar  bir  umr
kichkintoylarning  suyukli  ertakchilari  bo‘lib  qoldilar.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish