Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

ABDURAHMON  AKBAR
(1962 — 2015)
www.ziyouz.com kutubxonasi


311
orzularni  qidirib  topish,  ularni  o‘rtagan  narsalardan  o‘rtanish,
ular  hayratlangan  narsalardan  hayratlanish  talab  etiladi.
Kichkintoylar  dunyoni  o‘zgacha  idrok  qiladilar.  Kattalar
uchun  oddiy  tuyulgan  narsalar  ular  ko‘z  o‘ngida  fojiali  ko‘ri-
nishi,  kattalar  uchun  og‘riqli  va  armonli  tuyulgan  yechilmas
masalalar  esa  ular  nazarida  oddiy,  yechimini  topishi  qiyin  emas.
Masalan,  mana  bu  she’riy  parchadagi  kabi:
Meni  ko‘rsa  tog‘amning  ko‘zlariga  yosh  kelar,
Botirim,  polvonim  deb  opichlab  yurar  uzoq.
Yoshi  dadajonimdan  ancha  kichik  bo‘lsa-da,
G‘o‘zasi  kabi  rangpar,  paxtasidek  sochi  oq.
Ona,  tog‘amning  nega  bitta  ham  bolasi  yo‘q?
Qiliqlari,  yuzlari  menga  rosa  o‘xshaydi,
Menga  o‘xshab  arazchi,  menga  o‘xshab  hazilkash.
Ammo  bitta  gapiga  sira  tushunolmayman,
Nimaydi,  ha,  „Bunchalar,  bunchalar  qiyin  yashash?“
Ona,  tog‘amning  nega  bitta  ham  bolasi  yo‘q?
Shoirning  „Iltimos“  deb  atalgan  mazkur  she’rining  ada-
biy  qahramoni  tog‘asining  ushalmagan  armoniga  mana  bu
yo‘sinda  nuqta  qo‘yishga  bel  bog‘laydi:
Ertakdagi  parilar  sarvqomat  desalar,
Ulardan  go‘zal  derdim  Lobaroy  kennoyimni.
Kasal  bo‘lib  qolasiz  yig‘layversangiz  agar,
Desam  ham  ko‘zin  yoshlab  solib  berdi  joyimni,
Ona,  tog‘amning  nega  bitta  ham  bolasi  yo‘q?
Akam,  opachalarim  xafa  bo‘lishsa  bo‘lar,
Mening  aytganimga  ham  bir  borgina  kiringlar,
Ko‘nmasangiz  agarda  uydan  qochib  ketaman,
Meni  kichik  tog‘amga  o‘g‘il  qilib  beringlar.
Ona,  tog‘amning  axir  bitta  ham  bolasi  yo‘q.
„Abdurahmonning  o‘ziga  xosligi — bolalar  qalbini  so‘zla-
tishida“,  dåb  yozadi  shoira  va  adabiyotshunos  Kavsar  Turdi-
yåva  „Yangilanayotgan  qadamlar“  nomli  maqolasida.  Muallif
qayd  etganidåk,  shoir  shå’riy  misralarga  tushirgan  so‘zlar  bo-
lalar  qalbining  qa’riga  yashiringan  tuyg‘ularning  jilovini  tor-
tib,  biz  kutmagan  buloqchalar,  ma’danlar,  kashfiyotlar  och-
gandåk  bo‘ladi.  Bu  xazinalar  bolalar  qalbida  yashiringan  his-
tuyg‘ular,  måhr-muhabbat,  sog‘inch,  armon,  o‘kinch,  nafrat
va  hokazolardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


312
Bu  Abdurahmon Akbarning  armon  haqidagi  she’ri:
A’lochi  qiz  edi  Nigora,
Darslaridan  sira  qolmasdi.
Ahvol  so‘rab  borgan  paytimiz —
U  o‘rnidan  tura  olmasdi.
Shoir  she’rlarining  ikki  xususiyati  mazkur  satrlarda  yaq-
qol  namoyon  bo‘ladi.  Birinchisi:  holat  qarama-qarshiliklarini
bårish  (Nigoraning  darslardan  sira  qolmasligi  va  sal  o‘tib
uning  o‘rnidan  tura  olmasligi).  Bu  qarama-qarshi  holat  zami-
rida  ilojsizlik,  taqdirning  achchiq  haqiqati  yotadi.  Va  ikkinchi
xususiyat — bolalar  shå’riyatida  ham  tabiat  tasvirini  voqåalar
rivoji  bilan  uyg‘unlikda  bårish:
Sog‘aymadi  sinfdoshimiz
Oxirgi  kun  qorayganda  qosh.
¾ Derazada  bizlar  keltirgan
Atirgullar  qolgandi  so‘lib¾
Armon,  ilojsizlik,  ko‘z  yosh  va  g‘am  uning  ko‘rinishlari-
dir.  Bu  ilojsizlikka  shå’rning  so‘nggi  misralari  go‘yo  so‘nggi
nuqtani  qo‘ygandåk  bo‘ladi:
Ko‘zimizni  qizartirdi  g‘am,
Qalbimizdan  armon  ketmadi.
Ko‘taraylik  tobutin  desak,
Bo‘yimiz  yetmadi,  yetmadi¾
Bu  kabi  qarama-qarshiliklar  ko‘plab  shoirlarning  ijodiga
xos.  Asosiy  fikr  bu  emas.  Asosiysi  shundaki,  Abdurahmon
Akbar  o‘z  ijodiy  izlanishlari  bilan  hozirgi  zamon  o‘zbek  bola-
lar  she’riyatiga  lirik  kayfiyat  va  bola  kechinmalarini  qahramon
tilidan  berishning  o‘ziga  xos  uslubini  olib  kirdi.
Ancha  qiyin  bugungi  mavzu,
Quloq  soling,  dådi  muallim.
Chor-atrofni  bosgandayin  suv
Zum  o‘tmasdan  sinf  bo‘ldi  jim,
Måni  esa  Nodira  bilan
Suhbatlashgim  kålavåradi.
Muhabbatdåk  ulug‘vor  tuyg‘uni  båra  bilish  bolalar  shå’ri-
yatida,  ayniqsa,  mushkuldir.  Shuning  uchun  ham  qahramon
bu  tuyg‘uni  tushunib  yåtmasligi  tabiiy.  Nodira  bilan  suhbat-
lashishga  ehtiyoj  qahramon  qalbida  turli  savollar  tug‘diradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


313
Eng  avvalo,  nima  sababdan  kålib  chiqqan  ekan  bu  suhbat
ehtiyoji.  Shå’r  qahramoni  savollarga  javob  topish  jarayonida
goh  o‘zi  ham  chalkashib  kåtadi.  Chunki  uning  mantiqiy
xulosalari  ham  bolalarcha  sodda.  Balki  shuning  uchun  ham
javob  topilmay,  savol  oxirigacha  ochiq  qolar.  Bola  hayron.
Nodira  bilan  suhbatlashgisi  kålgani  bilan  uning  qiyofasida
yaxshi  sifatlar  topa  olmaydi:
Orqaga  håch  boqmas  Nodira,
Taqinchoqlar  taqmas  Nodira.
Bir  oyog‘i  shikasta,  shundan
Bolalarga  yoqmas  Nodira,
Måni  esa  Nodira  bilan
Suhbatlashgim  kålavåradi.
Månsimasdan  avvallar  atay
Yig‘latardim  sochidan  tortib.
Uzoq  fursat  unga  gapirmay,
Ranjitardim  sho‘xligim  ortib.
Endi  o‘sha  Nodira  bilan
Suhbatlashgim  kålavåradi.
Shå’rdagi  holatlar  ifodasini  tahlil  qilib  ko‘raylik.  O‘qituv-
chining  dars  mavzusining  qiyinligini  ta’kidlashi — so‘z  ifodasi.
Atrofning  jimjit  bo‘lishi — holat  ifodasi.  Nodiraning  xayoliy
portråti — chizgilar  ifodasi.  Nodiraga  båfarq  bo‘lgan  vaqtga  eks-
kurs — harakatlar  ifodasi.  Nodira  haqidagi  savollarning  ochiq
qolishi — mantiq  ifodasi.
Abdurahmon  qiyoslash  usulini  bu  shå’rda  juda  muvaffa-
qiyatli  qo‘llagan.
Òaniqli  adabiyotshunos  Rahmatilla  Barakayevning  Abdu-
rahmon  Akbar  ijodiga  bergan  bahosi  ham  e’tiborga  loyiq.
Muallif  „Istiqlol  davri  bolalar  adabiyoti:  an’ana,  vorislik  va
izlanish“  nomli  tadqiqotida  shoir  ijodining  quyidagi  qirrasiga
alohida  e’tibor  qaratadi:  „Abdurahmon  Akbarning  mumtoz
adabiyotimizdagi  qofiyali  nasr  (saj)ni  eslatuvchi  „Shoir  da-
dam  haqida  she’riy  hikoyalar“  turkumini  she’riy  shaklga  sig‘-
magan  fikrlar  tizimi  deyish  to‘g‘riroq  bo‘lar  edi.  Abdurah-
mon  bu  she’rlari  bilan  bolalar  adabiyotimizga  fikrlovchi,  o‘y-
chan  bola  timsolini  olib  kirdi.  Besh  she’riy  hikoyadan  tarkib
topgan  turkum  shoir  dadasining  armon-u  iztiroblarini,  dard-u
tashvishlarini  eshitib  qolib,  jajji  yuragiga  sig‘dira  olmay,  to‘l-
www.ziyouz.com kutubxonasi


314
qinlanib  so‘zlayotgan  bolakay  tilidan  hikoya  qilinadi.  Jumla-
dan,  „Dadamning  qalbi“  she’riy  hikoyasida  shunday  deyiladi:
„Armon  uyasimish  dadamning  qalbi,  dadamning  qalbida
kularmish  sevinch.  Dadamning  qalbida  ummon  bor  emish.
Bor  emish  dadamning  qalbida  ilinj.
Yozgan  uch-to‘rt  she’ri  dadam  qalbining  topgan  quvon-
chi-yu  ozori  emish.  Dadamning  yuragi  dunyo  ko‘rmagan
sonsiz  fikrlarning  mozori  emish¾“
Ichki  qofiyalanishga  uyg‘un  bo‘lgan  so‘z  takrorlari  va  bo-
lakayning  mo‘jaz  taxayyul  olamiga  sig‘magan  nogahoniy  qi-
yoslar  ushbu  turkumga  mansub  she’riy  hikoyalarning  shaklan
va  mazmunan  mukammalligini  ta’minlaydi.    Binobarin,  olti
jumladan  tashkil  topgan  shå’riy  hikoyada  båsh  marta  takror-
langan  „dadamning  qalbi“  (bir  o‘rinda  dadamning  yuragi)
ifodasi,  dastavval,  uyg‘oq  inson  qalbining  notinch  to‘lqinlari
yanglig‘  jaranglasa,  bolakay  uchun  bir  qarashda  g‘ayritabiiy
tuyuladigan  qiyoslar  („qalbda  såvinch  kularmish“,  „qalb —
ummon“,  „qalbdagi  ilinj“,  „qalbning  quvonchi-yu,  ozori“,
„yurak — fikrlar  mozori“)  esa  bolakay  hayratining  g‘aroyib
suvratlari  yanglig‘  namoyon  bo‘ladi.
„Dadamning  fikri“,  „Ari“,  „Supacha“,  „Dadamning  ha-
zili“  shå’riy  hikoyalarida  ham  ana  shunday  mag‘zi  to‘q  fikrlar
saj  yo‘sinida  hikoya  qilingan  va  ular  ham  yosh  kitobxon  qal-
bida  balog‘atga  oshno  hissini  uyg‘otishga  xizmat  qiladi.
Abdurahmon  Akbarning  shakliy  izlanishlari  ham  e’tiborga
molik.  Uning  raqamli  she’rlari  kichik  maktab  yoshidagi  bolalar
she’riyatini  yangicha  shakl  va  mazmun  bilan  boyitdi:  „Salom
xat“  shå’ri  shu  jihatdan  xaraktårlidir.  Harbiyda  yigitlik  burchi-
ni  o‘tayotgan  nåvarasini  sog‘inish  hissi  ko‘ngliga  tinchlik  bår-
mayotgan,  „ko‘zlari  ham  uchayotgan“  buvining  topshirig‘i  bi-
lan  akasiga  maktub  bitayotgan  Rahmatjon  dågan  bolaning  shu
jiddiy  holatda  ham  o‘ynab-kulgisi  kåladi,  o‘zicha  so‘zlar  orasi-
dan  raqamlar  qidirib  topadi.  Dastlab  „qisqagina“  ma’nodagi
„ikki  enlik“  iborasidagi  „ikki“  so‘zini  raqam  bilan  yozib  qo‘-
yadi.  Qarasaki,  o‘zgacha  ifoda,  g‘ayritabiiy  shakl  paydo  bo‘-
libdi.  Ushbu  g‘ayritabiiylikdan  bolakay  o‘ziga  xos  zavq  tuyadi
va  boshqa  so‘zlardan  ham  harf  va  raqamlardan  tashkil  topgan
yangicha  ifodalar  „yarata“  boshlaydi:
„Aka,  qanday  yuribsiz,
Soz  ketyaptimi  xizmat?
www.ziyouz.com kutubxonasi


315
Askarlikka  k10ikib
Ketgandirsiz  batamom.
Buvim,  q10i-qo‘shnilar
Sizga  yo‘llashdi  salom.
Q3oq-q3oq  ch3moma
Terib  qaytsak  adirdan,
Ko‘chamizni  nomlashib,
Ketishibdi  yangidan.
„Óë.  Çàðå÷íàÿ“  emas,
Bilib  qo‘ying,  aka,  siz,
Endi  bizning  uy-hovli
„1lik“  ko‘cha,  18!
„Paxtakor“  ham  ketma-ket
Q3ib  turibdi  zafar.
1mas,  3ta,  to‘p  urdi
Ilhom  kechagi  safar¾
Ha,  aytmoqchi,  sal  bo‘lsa,
Unutay  dåbman  qarang,
Ra’no  opamlar  bilan
Ishlar  bo‘ldi  vadavang.
Tunov  kun  4.30da
Chiqib  turib  yo‘liga,
Xatingizni  tutqazdim
Shaxsan  o‘zin  qo‘liga.
„Shunaqa,  akam  sizni¾“
E,  gapniyam  d10dirdim.
Xullasi,  xat  yozishga
„Yanga“mlarni  k10dirdim.
Fursatingiz  bo‘lganda
Yozib  turing,  aka,  xat.
3rashguncha  xayr  dåb
Ukangiz  Abdurahmat“.
Bir  qarashda  askarlik  burchini  o‘tayotgan  nåvarasini  so-
g‘ingan  buvining  topshirig‘i  bilan  ukaning  akasiga  yozgan
odatdagi  salom  xati.  Maktubda  qishloq  hayotidagi  barcha  o‘z-
garish  va  yangiliklarni  akasiga  yåtkazish  uchun  to‘lib-toshib,
såvinchi  ichiga  sig‘mayotgan  yosh  bolaning  timsoli  bor  bo‘yi
bilan  aks  etadi.  Sinchkov  bolaning  tiyrak  nigohi  bahorda  ta-
biatning  gul  ochib  yangilanishi,  adirlardan  bolalarning  zavq-
shavq  bilan  quchoq-quchoq  chuchmomalar  tårib  kålishlari
bormi,  Istiqlol  sharofati  bilan  ko‘chalarimiz  nomlari  milliy-
lashgani  („Çàðå÷íàÿ“  emas,  „Birlik“)  bormi,  „Paxtakor“ning
www.ziyouz.com kutubxonasi


316
kåtma-kåt  zafar  quchayotgani  bormi,  bo‘lg‘usi  „yanga“ — Ra’no
opasiga  akasining  maktubini  shaxsan  topshirgani  (!)  bormi,
Oltiariqqa  måhmon  bo‘lib  borishgani  bormi,  bahor  kålib,
o‘riklar  g‘uj-g‘uj  gullashi  bormi — xullas,  barcha-barchasini
maktubida  erinmasdan,  ba’zan  ko‘pirib-toshib,  hovliqib,  ba’-
zan  go‘yoki  parishonxotirlik  qilganday  („Ha,  aytmoqchi,  sal
bo‘lsa,  Unutay  dåbman,  qarang“),  aslida  esa  ataylab,  akasiga
birinchi  navbatda  yåtkazishi  kårak  bo‘lgan  xushxabarni  shun-
chaki  gap  orasida  aytgandåk  bitadiki,  bu  ham  aslida  yosh  bola
qiyofasiga  musavvir  shoirning  g‘aroyib  mo‘yqalami  chizayot-
gan  turfa  chizgilardir¾
Bunday  she’riy  usul  o‘zbek  bolalar  adabiyoti  uchun  yan-
gilik.  Bu  she’rlarning  o‘ziga  xosligi  haqida  fikr  yuritilganda,
dastavval,  ijodiy  izlanish  mahsuli  sifatida  baholash  joiz.  Zero,
yosh  kitobxon  she’r  o‘qir  ekan,  hatto  uning  g‘ayritabiiy  shak-
lidan  ham  zavq  topadi.  Harflar  raqamlar  bilan  uyqalashib
ketgan  bunday  she’riy  usul  yosh  kitobxon  uchun  ham  hay-
ratli,  ham  qiziqarli  topilma.
Bolalar  tabiatni  biz  kattalar  singari  jonli  va  jonsizga  aj-
ratishmaydi,  xayoliy  va  hayotiy  voqåa-hodisalar  o‘rtasiga  ham
chågara  qo‘yishmaydi.  Ular  uchun  tabiat  va  inson  bir  butun,
yaxlit.  Shoir  bolajonlarning  mana  shu  xususiyatini  yaxshi  il-
g‘agan  holda  yosh  kitobxonlarga  hayotiy  va  xayoliy  voqåalarni
uyg‘unlikda  taqdim  etadi.  Masalan,  bir  shå’rida  chigirtkalar
sokin  tunda  qo‘shig‘imizni  butun  qishloq  zavq  bilan  tingla-
yotir  („Chigirtkalar  qo‘shig‘i“)  dåb  ishonishadi.  Kungaboqar
chumoli  uchun  quyosh  bo‘lib  tuyuladi  („Shirin  quyosh“),
Kichkintoy  Yomg‘irvoy  esa  onasi  Bulutning  gaplariga  quloq
osib,  ko‘klam  kålganda  „zaminga  shoshiladi“  („So‘zlovchi
yomg‘ir“),  „Ko‘ngli  tusab  qolsa“  ko‘kdan  tushadi-yu,  „gul-
larning  qulog‘iga  shå’r  o‘qiydi“  („Yomg‘ir  haqida  shå’r“).
Shoirning  ijodini  kuzatgan  adabiyotshunos  Zamira  Ibrohi-
mova  Abdurahmon  Akbarning  hayotiy  voqea  va  xayoliy  tasav-
vurlardan  ta’sirchan  manzaralar  yaratgani  haqida,  jumladan,
shunday  yozadi:  „Bu  manzaralar  xuddi  aqlli  farzand  oilaga
fayz-baraka,  ota-onaga  rahmat  olib  kelganday,  ko‘ngillarda
mamnuniyat  tuyg‘ularini  paydo  qilib,  yosh  kitobxonning  xa-
yolot  olamini  boyitadi,  kengaytiradi:  o‘quvchi  chirildoqlarning
sokin  oqshomni  to‘ldirib  kuylashlarida  osoyishtalik  gashtini
anglagandek,  yog‘gan  yomg‘ir  tomchilaridagi  mo‘jizani  tuy-
www.ziyouz.com kutubxonasi


317
gandek,  asalari,  chumolilarning  mehnatiga  xos  go‘zallik,  fayz-
ziynatni  ko‘rgandek  bo‘ladi“:
Yetti  qalam,  yetti  rang,
Yetti  ohang — kamalak.
Qayerlarda  yuribsan,
Quyosh — sochi  jamalak?
Qalamlaring  topildi,
Bulut — qog‘oz  ham  tayyor.
San’atingdan  bahramand
Bo‘laylik  bizlar  bir  bor.
Qalamdonni  qo‘yatur,
Kel,  quyoshjon,  tezroq  kel.
Rasm  chizib  ber  bizga,
O‘chirg‘iching  bo‘lar  yel.
¾ Million  yilki,  ahvol  shu,
Yerliklar  kutib  tolar.
Qalamlar  bor  paytda
Quyosh  „yo‘qolib“  qolar.
(„Kamalak“)
Bolalar  olamida  mayda  va  ahamiyatsiz  narsalar  uchramay-
di,  ya’ni  kattalar  mutlaqo  nazarga  ilmaydigan,  e’tibor  ber-
maydigan,  ular  uchun  ahamiyatsiz  ko‘ringan  narsalar  bola
nazarida  o‘zgacha,  ajib  bir  qiyofada  jonlanadi.  Masalan,  jajji
Zeboxon  birinchi  marta  qo‘shaloq  giloslarni  ko‘rib,  ularning
o‘rtoq  bo‘lib  olishganidan  („O‘rtoqlar“)  quvonadi.  Yoki  Se-
vinchoy  issiq  choydan  ko‘tarilayotgan  bug‘ni  ko‘rib  „choyim
uchib  ketayapti“  deb  („Sevinchoy  haqida  she’r“)  hayratlanadi.
Yulduzoy  esa  o‘ziga  yoqqan  fasl  haqida  samimiyat  bilan  „Yozda
yoz fasli,  kuzda  bo‘lsa  kuz“  („Eng  to‘g‘ri  javob“)  deb  ko‘ng-
lidagini  aytadi.
Darhaqiqat,  bolalar  dunyosida  yolg‘on  yo‘q.  Shoir  bola-
likning  musaffo  olami  har  kuni  quvonchlarga,  kashfiyotlarga
to‘liq  ekanligini  nozik  did  bilan  kuzatgan  va  mahorat  bilan
badiiy  qiyofalarda  gavdalantira  olgan:
Gilos  qoqib  bergandim
Zeboxonga  erinmay.
Oldiga  qo‘shalog‘i
Qarang,  tushib  qolibdi.
Qiqirlar Zebogina
Ularni  qo‘ldan  qo‘ymay:
www.ziyouz.com kutubxonasi


318
— Dada,  giloslarimiz
O‘rtoq  bo‘lib  olibdi!
(„O‘rtoqlar“)
Shoir  ko‘pgina  she’rlarida  hayotning  „anglab  bo‘lmas  mu-
rakkab“  tomonlari  haqidagi  fikrlarini  ilgari  surishga  intilardi.
„Yolg‘iz  farzand“,  „Umid  haqida  she’r“,  „Iltimos“,  „Chivin“
kabi  she’rlarida  nafaqat  tabiatni,  bolalarni  ham  asrash,  qadr-
lash  kerakligi  kuyunchaklik  bilan  uqtiriladi.  Bu  she’rlarga  xos
umumiy  xususiyat  shundaki,  ularda  kattalar  adabiyoti  mavzu-
siga  doir  insoniy  dardlar  aks  etgan.  Shoir  yosh  kitobxonga
ishonardi,  uning  nimalarnidir  tushunmay  qolishidan  cho‘chi-
masdi.
So‘zimizni  muxtasar  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  Abdurah-
mon  Akbar  qalamiga  mansub  she’r  va  tarjimalarda  bolalar
dunyosiga  chuqurroq  kirib  boriladi,  ularda  fikr  aniq  va  lo‘nda
ifodalanadi.  Asarlar  tilining  sodda  va  ravonligi,  tasvir  vosita-
larining  puxtaligi,  jahon  bolalar  she’riyatining  eng  yaxshi
an’ana  va  usullarini,  shakllarini  o‘zida  omuxta  qilganligi  bilan
nafaqat  yosh  kitobxonlar,  shu  bilan  birga,  katta  yoshdagi
adabiyot,  she’riyat  muxlislari  e’tiborini  ham  torta  oladi.  Yosh-
larning  barkamollikda,  bugunning  va  kelajakning  egasi  ekanini
his  etib  ulg‘ayishlariga  ko‘mak  beradi.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish