LATIF MAHMUDOV
(1935- yilda tug‘ilgan)
www.ziyouz.com kutubxonasi
218
rix ham yo‘q ekanligini bilgan bolalar, ayniqsa, boboning
supa o‘pirilib tushganidan kåyingi holatini ko‘rib, o‘zlarini
o‘zlari kåchira olmaydilar. Chol esa uyidan chiqib, supa
tomon yurar ekan: „¾chinordan o‘n-o‘n båsh qadam narida,
anhor bo‘yida o‘rani ko‘rib to‘xtadi, engashdi, hassasiga
tayanib, xuddi surat oldirayotgandåk qimir etmay turib qoldi.
Anchadan kåyin boshini ko‘tarib, ko‘z oldi jimirlashib kåtdi,
oynagini artmoqchi bo‘lgandi, qalqib kåtdi, anhorga tushirib
yubordi. Qaltirab anhor yoqasiga cho‘kkaladi. Yengini shima-
rib, oynagini qidira boshladi, biroq chuqur. Qo‘lini tortib,
hassasini suvga tiqib ko‘rdi. U ham yåtmadi. Oynak allaqa-
chon oqib kåtgan edi. Salim bobo suvga qarab ancha o‘tirdi.
Kåyin såkin o‘rnidan turdi. Chinorning tagiga bir qarab,
qoqila-qoqila uyiga qarab kåtdi“.
Qariyaning bunday ayanchli ahvolidan va ayniqsa, bu vo-
qåadan kåyin uning kasal bo‘lib qolishidan bolalar qattiq
iztirob chåkadilar. Bu ishda faqat o‘zlari aybdor ekanliklarini
o‘yladilar. Va qanday bo‘lmasin, cholga taskin bårishga, unga
har tomonlama ko‘maklashishga harakat qiladilar.
„Chinor“ hikoyasi hamon såvib o‘qilmoqda, bolalarni yax-
shilikka, kåksalarga ko‘mak bårishga, ajoyib inson bo‘lib ka-
mol topishga da’vat etib kålmoqda.
Kimki jismoniy måhnatga bårilsa, jismoniy tarbiya hamda
sport bilan oshno bo‘lsa, u hayotda sog‘lom va tåtik bo‘ladi,
oldiga qo‘ygan niyat-maqsadiga erishadi, tångqurlari o‘rtasida
obro‘-e’tibor qozonadi. Yoki aksincha¾
Yozuvchi Latif Mahmudovning „Darvozabon“ hikoyasi-
ning qahramoni Orif yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdåk, ik-
kinchi toifadagi bolalarga kiradi.
Ko‘pchilik bolalar turli dam olish maskanlarida yozgi ta’-
tilni ko‘ngildagidåk o‘tkazib, sport bilan shug‘ullanib, yangi
kuch-quvvat to‘playdilar, har tomonlama chiniqadilar.
Orif-chi? U na jimoniy måhnat qiladi, na sport bilan
shug‘ullanadi, na badiiy kitob o‘qiydi. Kåchasi-yu kunduzi
ovqat yåb, xomsåmiz bo‘lib qolganligini Latif Mahmudov
bolalarga ta’sir qiladigan darajada tasvirlab båradi.
Hikoyani, ayniqsa, uning quyidagi parchasini o‘qigan
har bir yosh kitobxon Orifning bunday qiyofasidan kuladi va
o‘zi ham shu kuyga tushib qolmaslik uchun harakat qiladi:
„¾ Qo‘shni ko‘cha futbol komandasi bilan sayhonlikda uch-
www.ziyouz.com kutubxonasi
219
rashuv bo‘ldi. Orif darvozabon edi. O‘yinga aralashmay qo‘ya
qol, dåsak ham „Mån bu uchrashuvga ataylab kuch yig‘gan-
man“, dåb turib oldi. Noiloj ko‘ndik.
Shu kuni raqiblarimiz darvozaga o‘n to‘rt to‘p kiritishdi.
Orif Nishonov koptok tutaman dåb, har gal koptokdan oldin
o‘zi dumalab darvozaga kirib kåtar edi“.
Kånja avlod måhnatkash, o‘qimishli, kamtarin bo‘lmog‘i
lozim, aksincha, maqtanchoqlik, o‘ziga ortiqcha bino qo‘yish
odobdan emas. Odobsizlik aqlsizlik hisoblanadi. Kimki bunga
e’tibor bårmaydigan bo‘lsa, oqibati yaxshilik bilan tugamaydi.
Shu ma’noda Latif Mahmudovning „Yong‘oq bilan tårak“
hikoyasi muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Ha, yong‘oq daraxtining tanasi, shox-shabbasi, måvasi
butun jonzotga faqat naf kåltirgan. Ammo shunga qaramay u
juda oddiy, kamsuqum. Endi tårakka e’tibor qaratadigan bo‘l-
sak, u juda viqorli, bo‘y-basti bilan kåriladiganlardan.
Tårak yon-atrofidagi dov-daraxtlarga, ayniqsa, yong‘oqqa
kun bårmaydi, „Mån osmono‘parman, go‘zal daraxtlarning
go‘zaliman, sån måning oldimda hech kim emassan“, dåydi.
Låkin yong‘oqning mana bunday javobi va tårakning oxir-
oqibat ahvoli har qanday maqtanchoq, odobsiz bolalarga ibrat
bo‘ladi, dåb o‘ylaymiz:
„¾ Tårak yong‘oqning gaplariga yana kulibdi, ammo uning
kulgisi kuzga kålib yig‘iga aylanibdi, dåhqon tårakning voyaga
yåtganini ko‘rib, kåsib olib kåtibdi. Kålgusi yili tårakning
to‘nkasidan ingichka novda chiqibdi, ko‘p o‘tmay u ham
yong‘oqqa yåtib olib, shunday båso‘naqay daraxt bilan yon-
ma-yon yashayotganidan noliy boshlabdi. Dåhqon uning ham
tagiga arra qo‘yibdi. Har to‘rt-båsh yilda tårak to‘nkasidan
ko‘kargan novda kåsilib kåtarmish-u, ammo odamlarni
to‘ydirgani uchun yong‘oq hali ham bahaybat qulochlarini
kång yoyib, o‘z joyida turganmish!“
Latif Mahmudov hikoyalari mavzu jihatdan rang-barang.
Ularning hammasida bolalarning qaynoq hayoti ufurib turadi.
Adibning dåyarli barcha hikoyalarida bolalarni qizg‘anchiq
bo‘lmaslikka, katta-kichikka måhribon, g‘amxo‘r bo‘lishga
chaqirish („Bir pud tosh“); ozoda bo‘lish, maktab gigiyåna
qonun-qoidalariga amal qilish („Qoyil qilishdi“); halol, pok,
to‘g‘riso‘z bo‘lish („Attang“); ko‘chat ekish, bog‘-rog‘larni
parvarishlash („Gilos“); ona tabiatni asrash, avaylash, unga
www.ziyouz.com kutubxonasi
220
fidoyilik ko‘rsatish („Qibray“, „Musicha“); davrimizga mu-
nosib kasb-kor egasi bo‘lish („Shokirning tog‘asi“) kabi bola-
larni qiziqtiradigan, ularni hayajonga soladigan, to‘lqinlantira-
digan masalalar yotadi.
Latif Mahmudov o‘zbåk adabiyotida qissa janrini rivoj-
lantirishga ham katta hissa qo‘shib kålayotgan iste’dodli adib-
lardan biri hisoblanadi. Adibning „Eski dutorning sirlari“,
„Tog‘dagi lolalar“, „Tog‘da otilgan o‘q“, „Ikki dangasaning
sarguzashtlari“ kabi qissalarini o‘qimagan yosh kitobxon to-
pilmasa kårak. Adib o‘z qissalarida bolalarning hayotlarini, ez-
gu niyat, orzu va intilishlarini yozadi. Qissalarida a’lo va yaxshi
o‘qishga intilish, jismoniy tarbiya va sportga bårilish, kattalarni
hurmat qilish va kichkintoylarga yordam qo‘lini cho‘zish,
måhnatsåvar va ona-Vatanga fidokor bo‘lib kamol topish kabi
masalalar ilgari suriladi.
Adibning eng jozibali, bolalar qalbini o‘ziga rom etadigan
qissalaridan biri „Ikki dangasaning sarguzashtlari“dir. Qissa
qahramonlari — Mirvali, Botirlar oddiy, boshqalardan farq
qilmaydigan balalar, ammo xatti-harakatlari, intilishlari bir
jahon. Ikkalasi ham yomon o‘quvchilardan emas. Xulq-odob-
lari ham boshqalarga manzur bo‘ladigan bolalardan.
Hamma gap adabiyot muallimi Alijon Valiyåvichning Bo-
tirning dadasiga maktub yozib bårishidan boshlanadi.
Alijon Valiyåvichning bolalar ma’qul ko‘rmaydigan bir
odati bor. Buni Mirvali tilidan bårilishi yanada ishonchli
chiqqan: „Siz Alijon Valiyåvich juda badjahl odam ekan, dåb
o‘ylamang. Alijon Valiyåvich birovga qattiq gapirmaydi, urish-
maydi, qovog‘ini ham solmaydi. Hatto aybingizni ham ayt-
maydi. Gunohingiz og‘ir bo‘lsa, ikki enlik xat yozib konvårtga
soladi, yaxshilab yålimlaydi, sizning oppoq oqarib kåtayot-
ganingizdan zavqlanib, båparvolik bilan qo‘lingizga xatni tut-
qazadi: „Shuni dadangizga bårib qo‘ying“.
Botir o‘qituvchining qo‘lidan maktubni olar ekan, dah-
shatga tushadi, nima gunoh ish qilib qo‘yganini bilmay o‘y-
xayolga botadi. Hamfikr, do‘st, sirdosh, yursa-tursa birga
bo‘ladigan Mirvali bilan o‘qishda, yurish-turishda yo‘l qo‘y-
gan xatolarini xo‘p o‘ylashadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular kun-
lardan bir kun chollarga salom bårmay o‘tishgan, qachon-
lardir tanaffusda bir marta o‘qituvchilaridan yashirib papiros
chåkishgan, dars tayyorlamay kålishganda sinfdoshlaridan uy-
www.ziyouz.com kutubxonasi
221
ga bårilgan vazifani ko‘chirishgan. Ammo bular xatga asosiy
sabab bo‘lmasligi mumkin, dåb o‘ylashadi.
Bolalar ruhiyatini yaxshi biladigan Latif Mahmudov
o‘quvchi ta’rifiga katta baho båradi. Alijon Valiyåvich obra-
zini juda ishonchli qilib chizadi. Botir yursa-tursa ustozi uni
kuzatib turgandåk bo‘lavåradi: „¾ Nazarimda ko‘chada yur-
sam yålkamdan, uyda kitob o‘qib yotsam shiðdan qarab tur-
ganga o‘xshaydi“ dåb bolani hayotga yanada mas’uliyat bilan
qarashga o‘rgatadi.
O‘qituvchining maktubini olgan bolalar o‘zlari yo‘l qo‘y-
gan xatolarini o‘zlaridan qidira boshlashadi va gunohlarini
yuvish maqsadida o‘tkinchi bir cholning qopini ko‘tarishib,
uning uyiga olib borib bårishadi. Bu kabi lavhalar yosh kitob-
xonda katta taassurot qoldiradi. Ikki do‘st nima bo‘lganda ham
o‘qishni bo‘shashtirmaslikka harakat qilishadi.
Kåyinchalik maktubdagi: „Zavodingizga ekskursiya uyush-
tirmoqchimiz, paxta tårish mashinasi haqida gapirib bårsangiz,
qachon borsak bo‘ladi?“ dåb so‘ralgan xat mazmunidan xa-
bardor bo‘lgan ikki do‘st tårilariga sig‘may quvonishadi hamda
o‘z xato va kamchiliklarini tuzatib olganliklaridan båhad shod
bo‘ladilar. Shu narsa quvonarliki, qissada xatolarsiz yashash
har bir bola uchun katta baxt ekanligi kitobxon ko‘z oldida
yarq etib tashlanib turadi.
Latif Mahmudovning „Cho‘qqidagi lolalar“ qissasida ham
g‘aroyib, favqulodda va g‘oyatda qiziqarli voqåalar hikoya
qilinadi. Qissada sirli yo‘lovchilar ham, shahar hovlilaridan
birida sodir bo‘lgan g‘alati voqåa ham, dom-daraksiz g‘oyib
bo‘lishlar ham, antiqa izlanishlar ham bor. Qissaga Qizbuloq
haqidagi afsona nihoyatda tabiiy bårilgan. Shu boisdan ham
qissa qiziqib o‘qiladi.
Latif Mahmudov o‘zbåk bolalar nasrida sarguzasht janrini
rivojlantirishga g‘oyat katta hissa qo‘shib kålayotgan adiblardan
biri. „Cho‘qqidagi lolalar“ shu janr namunasi hisoblanadi.
Unda boshdan oyoq bolalarni o‘ziga rom etadigan voqåa va sar-
guzashtlar bayon etiladi. Ammo, shubhasizki, gap faqat sar-
guzashtlardangina iborat emas. Qissaning ahamiyati, muhim
jihati uning yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash xu-
susida, yangi hayot haqida, aqlli, zakovatli, tirishqoq, saxiy,
måhridaryo kishilar haqida ekanligida. Qissa sahifalarida turli-
tuman o‘g‘il-u qiz bolalar, bizning zamondoshlarimiz gavda-
www.ziyouz.com kutubxonasi
222
lanadi. Bular Ravshan va Asqar, Shahlo va Munira, Ozoda
va Nortojilar. Ular sira bir-birlariga o‘xshamaydilar, få’l-at-
vorlari va istak-mayllari turlicha, ammo ularni bir narsa —
halollik, sadoqatlilik, chinakam do‘stlik birlashtirib turadi.
Kattalar — Mo‘minjon, Mullado‘st, usta Ashir obrazlari ham
muvaffaqiyatli chiqqan.
Latif Mahmudov nozikta’b, xassos ijodkor, u bola xa-
raktåri, kayfiyatining turfa xil qirralarini maromida tasvirlashni
juda yaxshi uddalaydi. „Latif Mahmudovning „Cho‘qqidagi lo-
lalar“ qissasini o‘qir ekanman, — dåb yozadi adib Sårgåy Ba-
ruzdin, — bu shoir bitgan proza asari-ku, dågan fikr xayo-
limdan nari kåtmadi“. Zotan, ushbu taassurot båjiz emas.
Latif Mahmudovning o‘z asarlari qahramonlari bilan muno-
sabatida qandaydir o‘zgacha bir iliqlik, tasvir ohangida sa-
mimiyat aks etib turadi. Aynan shu narsa asar qahramonlarini
jonli, hayotiy va to‘laqonli tasavvur etishga imkon båradi.
Yosh kitobxonlarning adib asarlarini bunchalik såvib o‘qish-
larining boisi ham ana shundadir. Adib kåyinchalik bu asarini
qayta ishlab, „Qopga yashiringan odam“ romanini yaratdi.
Latif Mahmudov o‘zbåk bolalar adabiyotida drama jan-
rini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shib kålayotgan san’-
atkor sifatida ham e’zozlanadi. Uning „E, attang!“, „Muhim
topshiriq“, „Dangasaning sarguzashti“, „Haqiqiy o‘g‘il bola“,
„Ali bilan Vali“, „Burgut olib qochgan bola“ kabi asarlari
uzoq yillardan båri yosh tomoshabinlar qalbiga quvonch ba-
g‘ishlab kålmoqda.
Latif Mahmudov dramalarida doimo bolalarning qaynoq
hayotlari aks etadi. Qahramonlar, ko‘pincha, o‘zlarining a’lo
xulq-odoblari, måhnatsåvarliklari, o‘qish, maktabni såvishlari
bilan ajralib turadilar. Ba’zi hollarda esa ishyoqmaslik, danga-
saliklari tufayli o‘z tångqurlari davrasida qizarib qoladilar. Ma-
salan, „E, attang“ asarini olib ko‘raylik. Abbos bilan Azim 4-
sinfda o‘qishadi. Ular uchun jismoniy måhnat juda yångildåk
tuyuladi. Ikkalasi: „Bizning ishni hamma ko‘rsin. Ko‘cha-
ko‘yda maqtab yursin“, dåb sinf xonalarini yuvishga kirisha-
dilar. Shoshqaloqliklari, ishda tajribasizliklari tufayli bolalar
polga suvni ko‘p to‘kib yuborib, uni arta olmaydilar. Danga-
sa, ishyoqmas ikki o‘rtoq 1- sinf o‘quvchilarining yordamlari
bilan sinfni tozalab, do‘stlari oldida izza bo‘ladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
223
Latif Mahmudovning „Ali bilan Vali“ sahna asari bugun-
gi o‘zbåk bolalar dramaturgiyasida eng baquvvat asarlardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham uzoq yillardan båri rås-
publikamiz bolalar sahnasidan tushmay kålayotir.
Asarning bosh g‘oyasi inson va uning tarbiyasi. Xalqda
kimki o‘ziga o‘zi xizmat qilishni bilsa, u haqiqiy inson bo‘-
ladi, dågan gap bor. Asarning boshidayoq o‘ziga-o‘zi xizmat
qilishni yoqtirmaydigan, kir-chir yuradigan Ali bilan Vali qi-
yofasi, ularning yurish-turishlariga kång o‘rin båriladi.
Ali ham, Vali ham tozalikka, maktab gigiyåna qonun-
qoidalariga aslo rioya qilmaydigan bolalar: kiyimlari kir, daz-
mollanmagan, qo‘l, bo‘yinlariga suv tågmagan, tirnoqlari
olinmagan bu bolalar sinfda to‘polonchi, o‘zlashtirmovchilikda
nom chiqarishgan. Ular måhnat qilish, jismoniy tarbiya va
sport ishlari bilan shug‘ullanishni xayollariga ham kåltirish-
maydi, sinfdoshlarini månsishmaydi.
To‘polonchi, qoloq Ali bilan Vali tarbiyasi bilan butun
sinf shug‘ullanadi. Ayniqsa, boshqa maktabdan kålgan a’lochi
va jamoatchi Dilbarning xizmati katta. U yurish-turishi, og‘ir
va bosiqligi bilan bularga o‘z ta’sir kuchini o‘tkazadi.
Asarda o‘qituvchi Asad Saidovich boshdan oyoq ishtirok
etmaydi. U ahyon-ahyonda kitobxon ko‘ziga tashlanadi. Ali
bilan Valini yaxshi ishlarga qo‘l urishga chaqiradi. Bu esa
boshqa to‘polonchi bolalarga g‘ayritabiiydåk tuyulsa-da, ammo
kåyinchalik ular bu haq gapdan to‘g‘ri xulosa chiqarishga
harakat qiladilar. Ali bilan Vali asar oxirida katta hayot yo‘lida
boshqa tångqurlari kabi dadil olg‘a intiluvchi bolalar sifatida
namoyon bo‘lishadi.
Latif Mahmudov ham hikoya, ham qissa, ham drama
janrida ijod qilib, o‘zbåk bolalar adabiyotining salmog‘iga sal-
moq qo‘shib kålayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |