Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

FARHOD  MUSAJON
(1933 — 2013)
www.ziyouz.com kutubxonasi


213
Adib  ijodining  yana  bir  jihati  u  o‘z  personajlarini  yomon
yoki  yaxshi,  adabiy  atamalar  qo‘llab  aytadigan  bo‘lsak,  salbiy
yoki  ijobiyga  ajratmas  edi.  Ularga  baho  berar  ekan,  fe’l-atvori
qandayligini  tasvirlar  ekan,  hech  qachon  kuchli  iboralarni,
„ablah,  iblis,  yaramas,  gazanda“  va  hokazo  haqoratomuz,
qattiq-quruq  so‘zlarni  ishlatmasdi.  Zero,  inson  sifatida  endi
shakllanayotgan  bolalarga  nisbatan  bunday  o‘tkir  so‘zlarni
ishlatish  insofdan  va  adolatdan  emasligini  tushunardi.  U  o‘z
qahramonlarini,  qandayligidan  qat’i  nazar,  o‘yinqaroqmi,  la-
pashangmi,  ayyormi,  dangasami,  maqtanchoqmi — hamma-
sini  birday  sevardi  va  sevib  tasvirlardi.  Uning  uchun  yomon
bola  umuman  yo‘q,  kamchiligi  bo‘lishi  mumkin,  deylik  yol-
g‘onchiroq,  xasisroq,  xudbinroq,  lekin  nokas  bola  yo‘q,  har
qanday  bolani  ham  to‘g‘ri  yo‘lga  solib  yuborish  mumkinligiga
ishonardi.  Va  shu  buyuk  maqsad  yo‘lida  ijod  qilardi.
Farhod  Musajonning  o‘ziga  xos  uslubi  bor  edi.  Uning
asarlaridan  bir  parchagina  o‘qigan  odam  muallifning  kimligini
aniqlab  olishi  mumkin.  U  aniq,  sodda,  tushunarli  va  ixcham
yozardi.  Shu  sababli  katta  mahorat  evaziga  yillar  davomida
paydo  bo‘ladigan  va  shakllanadigan  badiiy  soddalik  tufayli
uning  asarlari  o‘qimishli  chiqardi.  Bolalar  tili  bilan  aytsak,
hikoyalari  „rostakam  bo‘lgan  voqeaga  o‘xshaydi“.  Darhaqiqat,
adib  voqealarni  xuddi  hayotdagidek  ishonarli  va  qiziqarli  qilib
so‘zlab  berardi.  Bu  juda  muhim.  Negaki,  bolalar  hikoya  vo-
qealariga  ishonmasalar  asarning  ta’sir  kuchi  yo‘qqa  chiqadi.
Mana  shu  omil — ishontira  olish  mahorati  Farhod  Musajon
ijodining  eng  muhim  xususiyati  edi.
Farhod  Musajon  barcha  yoshdagi  bolalar  uchun  yozardi.
Uning  kitoblari  orasida  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi,  maktab
yoshidagi,  kichik  va  o‘rta  hamda  katta  yoshdagi  bolalarga  va
o‘smirlarga  bag‘ishlangan  asarlarini  ham  uchratish  mumkin.
Ma’lumki,  maktabgacha  tarbiya  bolalar  kitobxonligi,  aso-
san,  ota-onalar,  tarbiyachilar  tomonidan  amalga  oshiriladi.
Bolalar  o‘zlari  tinglagan  asarlari  yordamida  atrof-muhit  bilan
tanisha  boradilar.  Ona  yurtga,  tabiatga  muhabbat  xislatlari;
mehnat  qilish  va  mehnat  ahlini  hurmat  qilish  kabi  fazilatlar
shu  yoshdan  shakllana  boshlaydi.  Òurmushda  qizg‘anchiq  bo‘l-
maslik,  kasb-hunar  egallashga  intilish,  kattalarni  hurmat  qi-
lish  kabi  ijobiy  fazilatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi.  Bolalar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


214
ning  pedagogik-psixologik  xususiyatlarini  yaxshi  o‘rgangan
Farhod  Musajon  kichik  yoshdagi  bolalarga  bag‘ishlab  „Eng
yaxshi  chana“,  „Shodiyona  kun“,  „Shiqildoq“,  „Pahlavon  va
nimjon“,  „Sovg‘a“,  „Ajoyib  buzoqcha“,  „Yaxshilik“,  „Òo‘-
lab  ber“,  „Varrak“,  „Dog‘“  kabi  o‘nlab  hikoyalar  yaratgan.
Inson  olamga  kåladiki,  dastlab  onani  taniydi,  kindik  qoni
to‘kilgan  zaminni  biladi.  Ana  undan  kåyin  o‘zini  qurshab  ol-
gan  atrof-muhit  bilan  oshno  bo‘ladi.  Onaning  allasida,  uning
aytgan  ertaklarida  ona  zamin — Vatan  kuylanadi.  Vatanga  måhr-
muhabbat,  vatanparvarlik  ham  ona  suti,  xalq  og‘zaki  ijodi
bilan  bola  qalbiga  singdiriladi.
Murg‘ak  qalb  to‘g‘ri  qo‘yilgan  tarbiya  og‘ushida  sog‘lom
niyatli,  o‘qimishli,  måhnatkash,  dilkash,  dardkash  bo‘lib  ka-
mol  topadi,  shubhasiz.  Adibning  „Bog‘“  hikoyasi  shu  nuqtayi
nazardan  qaraganimizda  muhim  tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etadi.
E’tibor  båring:
„Eski  paxsa  dåvor,  måvasi  g‘arq  pishgan  daraxtlar,  yårga
tushib  yotgan  olma,  o‘rik,  shaftolilar¾
Ehtimol,  „¾ Bog‘“  dågan  so‘zni  ilk  bora  o‘shanda  eshit-
gandirman.  Bu  såhrli  so‘zning  jozibasi  ilk  bora  o‘shanda  o‘r-
nashgandir  qulog‘imga.
Kåyinchalik  ertak  kitoblaridan  afsonaviy  bog‘lar,  Bog‘i
eram  haqida  o‘qidim.  Va  tabiiyki  „Bog‘“  dågan  so‘zning  såhr
to‘la  dunyosi  yana  ham  kångayib  kåtganday  bo‘ldi.
Hozir  shuni  eslasam,  o‘sha  bola  tasavvurimdagi  bog‘  båjiz
mo‘jizalar  olami  bo‘lib  tuyulmagan,  dåb  o‘ylayman.
Zåro,  qancha  ramz-u  timsol,  qancha  hikmat  aks  etadi  bu
so‘zda.  Hayot  bog‘i,  umr  bog‘i,  ko‘ngil  bog‘i.  Bog‘ — obod-
lik,  to‘kinlik,  rizq  butunligining  bir  bålgisi.
Shu  bois  ham  sohibqiron  Amir  Tåmir  båjiz  aytmaganlar:
„Xon  bo‘lsang-da,  bog‘  yarat,  gadoy  bo‘lsang-da,  bog‘  ya-
rat — bir  kunmas  bir  kun  måvasini  tatirsan¾“
Låkin  bu  timsollar  ichida  tångsizi  borki,  xayolimga  shu
timsol  kålavåradi.  U  buyuk  bobomiz  da’vati  ila  asrlar  davomida
yaralgan,  gul-u  gulzorlardan  bunyod  bo‘lgan  bog‘ — Vatandir.
Siz-u  bizda  shu  tuproqdan  bo‘y  cho‘zgan,  nihol-u  nov-
dalarni  birlashtirib,  barq  urib  turgan  poyonsiz  abadiyat  bo-
g‘i — ona-Vatan.  Ertakdagi  bog‘lar  esa  xayol  chaqinlari,  xolos.
Vatan  bog‘idan  ko‘ra  aziz,  tabarruk  bog‘  yo‘q  yår  yuzida.
Undan  ko‘ra  a’losi  yåtti  olamda  mavjud  emas“.
www.ziyouz.com kutubxonasi


215
Adibning  „Varrak“  asarining  mazmuni  oddiygina  varrak
yasash  voqeasi  asosiga  qurilgan.  Asarda  kichkintoylarni  bo-
lalikdan  boshlab  mustaqil  harakat  qilishga  chaqiriladi.
Ana  shunday  jozibali  asarlaridan  yana  biri  „Eng  yaxshi
chana“dir.  Bu  hikoyada  qo‘li  ochiq,  saxovatli,  bag‘rikeng  bo‘-
lish,  xasis,  ziqna  bo‘lmaslik  kabi  g‘oyalar  kichkintoylar  ongiga
singdiriladi.
Latifjonga  dadasi  chana  olib  beradi.  Quvonchdan  bolaning
boshi  ko‘kka  yetay  deydi.  Latifjon  boshda  ancha  qizg‘anchiq
bo‘ladi.  Shuning  uchun  chanada  bitta  o‘zi  uchadi.  Boshqalarni
chanaga  yaqin  keltirmaydi,  unga  birovning  qo‘li  tegib  ketsa,
chanani  ko‘tarib  uyiga  chopadi.
Latifjonning  dadasi  o‘g‘lidagi  bunday  qizg‘anchiqlikni  pay-
qaydi,  lekin  unga  pand-nasihat  qilib  o‘tirmaydi.  Aksincha,
quyidagi  ibratli  hikoyatni  keltiradi:
„Bilasanmi, — debdi  dadasi  o‘g‘liga, — men  bu  ajoyib
chanani  qayerdan  oldim?  Bunaqasi  magazinda  sotilmaydi,  bu
buyurtma  bilan  qo‘lda  yasalgan  chana.  Uning  yoshi  oltmishda.
Ha,  oltmish  yil  burun  bu  chanani  bir  og‘aynimning  dadasi
olib  bergan  ekan.  Og‘aynim  o‘sha  paytda  sendek  ekan.  Chana-
ning  chiroyliligini  ko‘rib,  uchishga  uning  ham  ko‘zi  qiymabdi.
Kattaroq  bo‘lganimda  ucharman,  hozir  bolalar  tortib  olib  es-
kitib  qo‘yishadi,  deb  asrab  yuraveribdi.  Oradan  yillar  o‘tibdi,
bir  kuni  qarasa  bolaligi  tugab,  chol  bo‘lib  qolibdi.  Endi  unga
chana  kerak  emas  ekan,  chunki  qariganda  uyalmasdan  chana
uchadimi?!  Og‘aynim  chanani  menga  sovg‘a  qilar  ekan,  be-
g‘ubor  bolalik  chog‘imda  maza  qilib  ucholmadim,  ishqilib
sening  o‘g‘lingga  yaxshi  xizmat  qilsin,  dedi.  Shunaqa,  o‘g‘lim,
qizg‘anchiq  odam  zavqdan  mahrum  bo‘ladi!
Latifjon  boshda  dadasining  bu  gaplariga  tushunolmadi.
Yuragining  allaqayeri  jiz  etgandek  bo‘ldi.  Nihoyat  u  dadasiga
yuzlanib:
— Ertadan  boshlab  ayamasdan  uchaman, — dedi“.
Adibning  „Sovg‘a“  hikoyasi  bolalarni  mehnatkash  bo‘lish-
ga  da’vat  etadi.  Oqiljonning  gul  ekishi,  uni  mehr  bilan  par-
varish  qilishi  kichik  kitobxonda  katta  taassurot  qoldiradi.
„Òurdi,  galstuk  va  men“  hikoyasi  uzoq  yillardan  beri
yosh  kitobxonlarning  sevimli  asarlaridan  biri  sifatida  e’zozla-
nib  keladi.  Hikoyada  ozodalik,  shahar  tozaligi  uchun  kura-
shish  bosh  masala  qilib  qo‘yiladi.  Òurdi  va  G‘iyos  kabilarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


216
shahar  tozaligida  faol  qatnashmaganliklari,  dangasaliklari  fosh
qilinadi.
Xullas,  Farhod  Musajon  o‘zining  maktabgacha  va  maktab
yoshidagi  kichik  bolalarga  bag‘ishlab  yozgan  hikoyalarida
salmoqdor  fikrlarni  sodda,  bolalarbop  shaklda  aytardi.  Adib
nasihat  qilish  yo‘lidan  bormasdi,  aksincha,  bolalar  hayotida
ko‘p  uchrab  turadigan  oddiy  voqealarni  tasvirlardi  va  ayt-
moqchi  bo‘lgan  muhim  gaplarni  ana  shu  voqealar  mag‘ziga
singdirib  yuborardi.
Farhod  Musajonning  „Orzuga  ayb  yo‘q“,  „Bo‘sh  kelma,
Aliqulov“,  „Buloq  suvi“  kabi  qissalari  o‘zbek  bolalar  adabi-
yotida  muhim  o‘rinda  turadi.
Farhod  Musajon  dramaturg  sifatida  ham  yoshlarning
mehrini  qozongan.  „Xayolparastlar“,  „Oq  kabutar“,  „Sabil
qoldi“,  „O‘g‘limni  qaytarib  beringlar“  pyesalari  shular  jum-
lasiga  kiradi.  Bular  orasida,  ayniqsa,  „O‘g‘limni  qaytarib  be-
ringlar“  asari  mashhur.  Dramaturg  uning  nomini  o‘zgartirib
„Najot  istab“  deb  qaytadan  ishladi.  U  hozirgi  O‘zbek  Milliy
teatrida  sahna  yuzini  ko‘rdi.  Dushanbeda,  Almatida  va  Òataris-
tonda  qo‘yildi.  Pyesada,  asosan,  bola  tarbiyasida  ota-onaning
o‘ynaydigan  beqiyos  katta  roli  haqida  gap  boradi.
Farhod  Musajon  kattalarga  bag‘ishlab  „Bahor  nafasi“,
„Bu  ko‘zlarga  ishonsa  bo‘ladi“,  „Xotin  kishining  ra’yi“,
„Ko‘r  shofyor“,  „Zo‘raki  kashanda“,  „Nozik  masala“,  „Kal-
la-pocha“,  „Himmat“,  „Bog‘  ko‘cha“  kabi  kitoblar  yozgan.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish