O‘TKIR RASHID
(1915 — 1990)
www.ziyouz.com kutubxonasi
183
dastasi“, „Gulshan diyorim“ kabi she’r va qo‘shiq kitoblari,
„Esim qursin“, „Akam bo‘lasiz“ kabi hajviy to‘plamlari nashr
etildi. O‘tkir Rashid dramaturg sifatida „Katta hayot“, „Qu-
dalar“, „Qudrat“, „Farzand deb¾“ nomli sahna asarlari
yaratdi.
Shoir O‘tkir Rashid bir necha yil O‘zbekiston Fanlar
akademiyasida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1957- yilda „O‘zbek
bolalar adabiyoti taraqqiyoti ocherki“ mavzusida dissertatsiya
yoqlab, fan nomzodi bo‘ldi. U uzoq yillar hozirgi Nizomiy
nomli Òoshkent davlat pedagogika universitetida talaba-yosh-
larga adabiyot fanidan dars berdi. „Chashma“ adabiy to‘ga-
ragiga rahbarlik qilib, o‘nlab ijodkor yoshlarning adabiyot ola-
miga kirib kelishiga yordam berdi.
O‘tkir Rashid bo‘lajak o‘qituvchilarga saboq berar ekan
har doim:
— Inson umrining so‘lmas guli, manguligi — bolalarimiz.
Biz butun hayotimizni bag‘ishlagan muqaddas ishni bolalar
davom ettiradi. Shuning uchun biz ularning taqdirini doim
o‘ylaymiz. Bu chuqur hayotiy muhim masaladir. Sevimli
o‘g‘il-qizlarimiz bizga o‘rinbosar bo‘lishini bilishning o‘zigina
kifoya qilmaydi. Bolalar sevimli o‘g‘il-qizlargina emas, balki,
avvalo, kelgusining fuqarolari, ota-onalar boshlagan buyuk
ishning qonuniy davomchilari. Shuning uchun ularni zamo-
namizning eng oliyjanob an’analari ruhida, kurashchanlik ru-
hida tarbiyalashimiz kerak, — der edi va bunga o‘zi qattiq amal
qilib, kichkintoylar uchun she’r, qo‘shiq, doston, ertaklar
ijod qilar edi.
Kelajagimiz guli bo‘lgan bolalarni qattiq sevgan shoir
ularga bag‘ishlab „O‘rtoqlar“, „Ikki o‘rtoq“, „Kim aybdor?“,
„Eng o‘zg‘ir nima?“, „Ravshanjon va ayiqcha“, „Katta bo‘l-
sam“, „Bu — biz bo‘lamiz“, „Baxtiyor bolalik“ kabi kitob-
lar yozdi.
O‘tkir Rashid bolalarga bag‘ishlab she’r yozar ekan, bi-
rinchi o‘rinda ularni haqiqiy vatanparvar, chinakamiga el-yurt
fidoyilari bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishlarini istaydi. „Vatanim“, „Mard
nasllar“, „Dalam“ she’rlari shu maqsadga qaratilgan. Vata-
nimizning go‘zalligi, huzurbaxshligi, boyligi, yosh kitobxon-
ning mehrini o‘ziga tortadigan, shu yurtga munosib inson bo‘-
lib ulg‘ayishga chorlaydigan darajada quvnoq tasvirga ega:
www.ziyouz.com kutubxonasi
184
Chaman-chaman gullarga,
Sayroqi bulbullarga,
Ko‘kni quchgan uylarga,
Baxt keltirgan to‘ylarga,
Quvnoq va sho‘x kuylarga,
Joydir go‘zal Vatanim,
Boydir go‘zal Vatanim.
Bunday yurtga farzand bo‘lishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning
uchun nima qilish kerak? Sofdil, o‘qimishli, mehnatkash,
xulq-u odobda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan fazilatlarga ega
bo‘lish kerak. Bularning hammasi O‘tkir Rashid she’rlarida
o‘z ifodasini topgan. Mana, maktab, o‘qish, kasb-hunarni olib
ko‘raylik. „Maktab“, „Kitob“, „Sovg‘a“, „Katta bo‘lsam“,
„Yetmish hunar ekan kam?“, „Kim aybdor?“, „Aka-uka“
she’rlari buning javobidir.
Maktab haqida ko‘pgina she’rlar yozilgan. O‘tkir Rashid-
ning „Maktab“ she’ri takroriy asarlardan emas. Bu asar alo-
hida uslubga ega. Asar qahramoni endigina bog‘chani tark etgan
bola, maktabga birinchi marta qadam qo‘yishi. Maktab qanday
bo‘lar ekan, deb ikkilanib borgan bolani gulzor maktab, o‘qi-
tuvchi alohida mehribonchilik bilan kutib olishi yosh qalbda
maktabga, kitobga, o‘qishga havasini orttiradi:
Muallima opamiz
Kutib oldi turib tik,
Gap so‘radi quchoqlab
Mehribon onamizdek.
— Ozoda sinflaring
Meni bag‘riga tortdi.
O‘qishga, o‘rganishga
Mehr-u havasim ortdi.
O‘tkir Rashid ishyoqmas, dangasa bolalar haqida ham an-
chagina she’rlar bitgan. „Qo‘g‘irchoq — o‘rtoq“ she’ri ayniqsa,
ta’sirli chiqqan. Bolalar hayotda hech narsadan cho‘chimay,
qo‘rqmay, yelka kerib yashashlari kerak. Buning uchun esa,
bolaning o‘zi sog‘lom, tetik bo‘lmog‘i darkor. Sog‘lom, tetiklik
qayerdan keladi? Bu bolaning yurish-turishiga, harakatiga
bog‘liq. Agar bolaning o‘zi harakatchan bo‘lmasa, jismoniy
ish, sportga havas qo‘ymasa, o‘rtoqlaridan ortda qolib, bir
jonsiz qo‘g‘irchoqqa aylanib qolishi hech gap emas. Quddus
www.ziyouz.com kutubxonasi
185
ajoyib fe’lli bolalardan. Yozning jazirama issig‘ida ham to‘n
va telpak kiyib yuradi, do‘stlariga qo‘shilmaydi, ishyoqmaslik,
dangasalik uning hamrohi bo‘lib qolgan. She’rning xulosasi
ham yaxshi:
Demak, Quddus soppa-sog‘,
Faqat juda erinchoq.
Odati — dangasalik,
Dangasalik — kasallik.
Katta ochsin ko‘zini,
Davolatsin o‘zini.
Òag‘in yotib qolmasin,
Loyga botib qolmasin?!
O‘tkir Rashid ayrim xulqi yomon bolalarni tabiatan un-
cha xush ko‘rmaydi. „Òaniysizmi Karimni?“, „U nima der-
kin?“, „Sobirning shu ishi to‘g‘rimi?“, „G‘ayrat va Omon“,
„O‘sar — qaysar“ singari asarlarida odob, axloqda boshqalardan
orqada qolib ketgan bolalar ustidan kuladi. Bunday hajviy
asarlar bolalarni o‘zlari ustida o‘ylashga, fahm-farosatli bo‘-
lishga hamon da’vat etib kelmoqda.
O‘tkir Rashid „Ish bilmas va ish qilmas bola haqida“,
„G‘ozcha— mitti“, „Sherali“, „Eng o‘zg‘ir nima?“, „Ravshan-
jon va ayiqcha“ kabi bir nechta ertak-dostonlar ham yozdi.
Bu asarlarning deyarli hammasi kichik yoshdagi bolalarga
bag‘ishlanganligi bilan e’tiborga loyiqdir. „G‘ozcha — mitti“da
o‘rmon to‘g‘risida, qushlar, hayvonlar, yirtqichlar haqida
gap boradi. Bu yoshdagi bolalar jonivorlarning turmush tarz-
larini uncha yaxshi bilmaydilar. Ular „G‘ozcha — mitti“ni
tinglashib, jonivorlarning hayotlarini, yashash sharoitlarini
birmuncha bilib oladilar. Ayniqsa, g‘ozchaning xatti-harakati,
dovyurakligi, ishbilarmon va tadbirkorligi yaxshi taassurot
qoldiradi.
Shoirning mana bu misralariga e’tibor bering, unda o‘r-
monda yashaydigan ko‘pgina jonivorlarning jam bo‘lib ya-
shashlari, ahil, do‘stliklari kimni xursand qilmaydi deysiz:
Kiyik, quyon, olmaxon,
Kurka, laylak, o‘rdak, g‘oz.
Ahil bo‘lib, do‘st bo‘lib,
Yasharkanlar qish-u yoz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
186
Hayotda — o‘rmonda zo‘ravonlar ko‘p. Yovvoyi to‘ng‘iz
bulardan ancha kuchli — muttaham va surbet, zo‘ravonlik
qilib bularning qishda yeyish uchun g‘amlab qo‘ygan ovqat-
larini yeb, har kuni nonushtasi uchun uchta g‘oz berishlarini
talab qiladi. Bu ochko‘z battoldan qutulish yo‘llarini qidiri-
shadi. Mittining maslahati va uning yordami bilan ayiqpolvon
bilan do‘stlashishadi. Ayiqpolvon bilan to‘ng‘iz o‘rtasida jang
boshlanadi. Bu jangda uning o‘zi yolg‘iz emas. Hamma jam
bo‘lib, birgalashib jang qiladilar:
Bosdi ayiq to‘ng‘izni
Ustiga tashlab o‘zin.
Mitti, o‘rdak, laylaklar
Cho‘qib oldilar ko‘zin.
Ayiqchalar to‘ng‘izning
Òishlab turdi oyog‘in,
Ona ayiq o‘ldirdi
G‘ajib uning tomog‘in.
Ashaddiy dushman to‘ng‘iz o‘ldi, bu bilan endi dushman
yo‘q, rohat-farog‘atda yashaymiz, deyishga hali juda erta. Òad-
birkor va ishbilarmon g‘ozcha hammani bir uy qurib, yangi
makonda yashashga chaqiradiki, bu ko‘pchilikka ma’qul tu-
shadi:
Mitti der: — Hali yov bor,
Hushyor bo‘lib turaylik,
Undan saqlanish uchun
Bir pana joy quraylik.
Ayiqpolvonga Mitti
Dedi: — Amaki, yashang!
Siz ustasiz bu ishga,
Uyni o‘zingiz yasang!
Ayiqvoy usta bo‘lib,
Ish boshladi shu kuni.
Kiyiklar daraxt kesdi,
Òashishdi do‘stlar uni.
Shunday qilib yog‘ochdan
Qurib oldilar bir uy.
Bezadilar bu uyni
Qilgandayin xuddi to‘y.
Do‘stlar ahil bo‘lib hayot kechira boshlaydilar. Ular bo‘ri
va qoplonni ham xuddi to‘ng‘izdek o‘ldirishadi. Ahillikda,
www.ziyouz.com kutubxonasi
187
birlikda hikmat ko‘p ekan, kimki do‘st orttirsa, ittifoq bo‘lsa,
uni hech qanday dushman yenga olmas ekan, deb shod-
baxtli yashashlari yosh kitobxonning quvonchiga quvonch
ulashadi:
Yashadilar do‘st bo‘lib,
Yo‘qotildi dushman — g‘ov.
Dedilar: „Birlik bo‘lsa,
Yengolmas ekan hech yov“.
Shoirning yengil yumor bilan sug‘orilgan „Sherali“ dos-
tonini o‘qimagan, tinglamagan bola bo‘lmasa kerak. Sherali
go‘yo ovqat uchun dunyoga kelgandek, kechasi-yu kunduzi
ovqat yeydi. Harakat qilmagandan keyin semirgandan semirib
ketgan. „Xomsemiz“ laqabini olgan bu bolaning jirkanch ba-
sharasini shoir:
Oyoq-qo‘li pilikday,
Shilviratib yuradi.
Bir tog‘ora xo‘rdani
Bitta o‘zi uradi.
Faqat ovqat yeyishga
Polvon edi Sherali.
Lekin dadil, chopqillab
Yurolmasdi u hali, —
kabi misralar bilan Sheralining aybini keskin ochib tashlaydi.
Sherali odam, u inson. Insonda aql — es bo‘ladi, fahm-farosat
bo‘ladi. U shu jihatlari bilan ham hayvondan farq qiladi. Òan-
bal, latta, tepsa-tebranmas bu bola do‘stlari, safdosh-u us-
tozlarining amaliy yordami bilan jismoniy ish, sport bilan
shug‘ullanadi. „Xomsemiz“lik dardidan qutiladi:
Menga sog‘liq, kuch bergan
Mana shu mashqdir, deya,
Sheralivoy hali ham
Qilar badantarbiya.
„Ravshanjon va ayiqcha“ asarining sujeti kichik maktab
yoshidagi bolalarga juda mos. Ravshanjonlarning uylari tog‘
bag‘rida, u tasodifan bir g‘ordan ayiq bolasini topib oladi,
uyiga olib keladi, unga Qoravoy deb nom qo‘yadi. Qoravoy
Ravshanjon-u uydagilarga yoqib qoladi. Bola unga turli qiliq-
larni, yumush bajarishni o‘rgatadi. Natijada ayiq oilaning
www.ziyouz.com kutubxonasi
188
dastyorlaridan biri bo‘lib qoladi. U tovuqlarga kerak bo‘lsa
don sochadi, begona odamni uyga kiritmaydi, belanchakda
yotgan chaqaloqni tebratadi, „Bolalar to‘p o‘ynashsa, darvo-
zabon“ lik qiladi.
Bolalarni chinakam sevib, ardoqlaydigan shoirlargina ular-
ga munosib she’rlar, dostonlar to‘qiy oladi. Shoir va pedagog
O‘tkir Rashid umrining oxirigacha sevimli kitobxonlar bo‘l-
mish kichkintoylarni ulug‘lash, ardoqlash nafasi bilan yashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |