1.2-rasm. Android OT arxitekturasi
Linux kernel – bu Android tizimining yadrosi hisoblanadi va 115 patch dan iborat. Bu asosan
tizim funktsionalini ya’ni, protsesslar boshqaruvi, xotirani boshqarish, qurilmalarni (displey,
kamera, klaviatura va h.k. lar) boshqarish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tarmoq
komponentalarini, qurilmalar drayverlarini boshqaradi.
Libraries – Ilovalarni boshqarish uchun zarur bo`lgan kutubxonalardan iborat. Bunga Web browser
engine WebKit, ma’lumotlarni saqlash va ilovalararo ma’lumotlarni almashish uchun SQLite
database kutubxonasi, audio va video ma’lumotlarni boshqarish uchun Media Framework, internet
xavfsizligi uchun SSL kutubxonasi, grafikani boshqarish uchun OpenGL, touchscreen xizmati
uchun Surface Manager va h.k. lar. Android Runtime – Dalvik Virtual Machine komponentini
boshqarish uchun ishlatiladigan kutubxona hisoblanadi. Bunda har bir ilovaning o`z protsessida
ishlashi ta’minlanadi. O`z navbatida bu kutubxonalar ilovalar yaratishda Java dasturlash tilini
ishlatish uchun ham yordam beradi.
Application Framework – yuqori sathdagi Java sinf va paketlar jamlanmasidir. Bunda
tayyor xizmatlardan foydalanish mumkin (Broadcast Receivers, Content Providers, Camera
Control va h.k. lar)
Applications – bu foydalanuvchi uchun mo`ljallangan ilovalar sathi hisoblanadi (Contacts
Books, Browser, Games)2.
Android ilovalarida foydalanuvchi interfeysini yaratishda MVC (Model View Controller)
texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda model ilova uchun kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar
bazasi yoki boshqa manbadan olib beradi va kontroller orqali ilova ma’lumotlari foydalanuvchi
interfeysiga yuboriladi.
1.3-rasm. Android GUI arxitekturasi
Android operatsion tizimi rivojlanishi va uning boshqa operatsion tizimlardan farqi
3-
jadval. Android va iOS OT lar farqi
Hozirgi kunda Android qurilmalarning jahon bozoridagi turlari
Smartphones
Tablets
E-reader devices
Netbooks
MP4 players
Internet TVs
1.4. Android tizimi uchun kerakli instrumental vositalar va ularni o`rnatish. Virtual qurilmadan
foydalanish
Android tizimda ilovalar yaratish uchun kerakli instrumental vositalar quyidagilardir:
Java JDK5 yoki JDK6
Android SDK
Eclipse IDE for Java Developers (optional)
Android Development Tools (ADT) Eclipse Plugin (optional)
Android Virtual Device (AVD)
Android Developers Tools (ADT) (Android SDK va ADT Plugin bilan birgalikda)
Android tizimda ilovalar yaratish uchun kerakli instrumental vositalarni o`rnatish quyidagi
qadamlar orqali amalga oshiriladi:
1-
qadam:
Java
development
kit
(JDK)
ni
o`rnatish
(http://www.oracle.com/technetwork/java/javase/downloads/index.html)
2-
qadam:
Android
SDK
(Software
Development
Kit)
ni
o`rnatish
(http://developer.android.com/sdk/index.html)
3-
qadam: Eclipse IDE ni o`rnatish (http://www.eclipse.org/downloads/)
4-
qadam: Android development tools (ADT) eclipse uchun plugin ni o`rnatish (https://dl-
Do'stlaringiz bilan baham: