130
tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a’zolarini mustahkamlash va
rivojlantirishdan iboratdir.
Ushbu maksadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar
tovushga taklid qilish asosida ularni mashk kiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar
guruhlaridir: unlilar – a, i, o; lab-lablilar – p, b, m; orka tillilar – k, g, x; lab-tishlilar – v, f; old
tillilar – t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo’lgan
old tilli tovushlar ham beriladi – hushtaksimonlar – s, z, ts; shuvillovchilar – sh, j, ch, щ;
sonorlilar – l, r, ammo bu 3 yoshdan boshlab bolalarning to’g’ri talaffuz qilishlariga erishish
zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashk qilish natijasida asta-sekin, 5-6
yoshlarga to’g’ri talaffuz kila boshlaydilar.
Tovushga taklid qilishni turli ish shakllariga ko’shish bolalarning nafakat turli
ko’rinishdagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini aniklash va mustahkamlashga yordam
beradi, balki yaxshi diktsiyaga erishishda, ya’ni ularning tovushlar hamda so’zlarni anik va
tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko’maklashadi. Aynan bir xil tovush
taklidlarini bir necha marta ko’shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi,
ularning turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi.
Tovush taklidlari bola tomonidan ko’p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun
namunaga aylanib koladi hamda akustik va artikulyatsiya ko’nikmalarini orttirish uchun yaxshi
material bo’lib xizmat kiladi.
Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taklidlarini berish kerakki, toki ular bolaning
tinglash-nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: u, mu, av, ga-ga, tu-tu, bay-
bay va h.k. Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so’zlari, tovushga taklid qilish
shakllariga moslashish tovush talaffuzini aniklash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat
tahlilchisiga normal rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa – ayrim
tovushlarga kulok tutish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida tinglash qobiliyatining
rivojlanishiga yordam beradi.
2-3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taklid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga
ko’ra turlicha bo’lgan tovushlarni o’z ichiga oladi, masalan:
pish-pish, ku-ku
va h.k. Bu tovushga
taklid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni anik, tushunarli qilib talaffuz qilishga
yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan tashkari, tovushga
taklid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noanik talaffuz kiladigan yoki umuman ayta
olmaydigan tovushlarni asta-sekin ko’shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi.
Bolalarda mavjud tovushlar aniklashtiriladi, yangilari paydo bo’ladi.
SHunday qilib, Mashg’ulotlarda va undan tashkarida turli tovush taklidlarini muntazam
ravishda ko’llagan holda tarbiyachi bir vaktning o’zida nutqning tovush madaniyatini ham
shakllantiradi. Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush
madaniyatiga oid kator bo’limlarni mashk kiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy
harakat tahlilchilarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiyaga tayyorlaydi.
Ishlarning ushbu bosqichida bolalarning yoshiga karab ularga o’zida turli tovush
taklidlarini jamlagan o’yinlar, ko’shiklar, she’rlar, sanok she’rlar va hikoyalar beriladi.
Tarbiyachi tovushga taklid qilishni o’yin-mashklar, nutqni rivojlantirish va atrof-muhit
bilan tanishtirishga oid Mashg’ulotlar, didaktik o’yinli Mashg’ulotlar, musikiy Mashg’ulotlar
tarkibiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: