O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish 
Maktabgacha  yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish 
uchun eng kulay davr hisoblanadi. Bu ishlar bolalar bog’chasida nihoyasiga yetkazilmoђi lozim. 


 
127 
Tovushlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishni  fakatgina  bolalarda  artikulyatsiya  apparati 
organlarining  harakatchanligi  va  tez  o’zgara  olishi,  nutqiy  nafas  olishi  yetarli  darajada 
rivojlangan, ular o’z ovozlarini boshkarishni uddalay olgan  takdirdagina shakllantirish mumkin. 
To’g’ri  talaffuzni  shakllantirish  uchun  yaxshi  rivojlangan  nutqni  tinglay  olish  kobiliyatiga  ega 
bo’lish  ham  juda  muhimdir,  chunki  u  o’z-o’zini  nazorat  qilish  imkonini  beradi,  o’z-o’zini 
nazorat qilish esa doimo o’z ustida ishlashga undaydi. 
Tovushni  talaffuz  qilishdagi  kamchiliklar  nutqiy  apparatdagi  nuksonlar  (oђizning 
yukorigi kattik va yumshok kismlaridagi nuksonlar), tish-jaђ tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti 
tugunchalarining  kiskaligi,  artikulyatsiya  organlarining  yetarli  darajada  harakatchan  emasligi, 
fonematik  tinglay  olish  kobiliyati  (bir  tovushni  boshkasidan  farklay  olmaslik)  yetarli 
rivojlanmaganligi  okibatida  yuz  berishi  mumkin.  Jismoniy  tinglay  olish  qobiliyatining 
susayganligi,  o’z  nutqiga  beparvolarcha  munosabatda  bo’lish  (o’zini  ham,  boshkalarni  ham 
tinglay  olmaslik),  atrofdagilarning  noto’g’ri  nutqlarini  o’zlashtirib  olish  ham  talaffuzda 
kamchiliklarga olib kelishi mumkin. 
Bolalarning  tovushni  noto’g’ri  talaffuz  qilishlari  tovushlarni  tashlab  ketishda,  bir 
tovushni  boshkasi  bilan  almashtirishda  va  tovushni  buzib  talaffuz  qilishda  namoyon  bo’ladi. 
Ayniksa,  tovushlarni  almashtirib  yoki  buzib  talaffuz  qilish  holatlari  aniklangan  bolalar  bilan 
ishlashni o’z vaktida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlar o’rnini almashtirish keyinchalik 
yozma  nutqda  ham  paydo  bo’lishi  mumkin  (bir  harfni  boshkasi  bilan  almashtirish),  buzib 
talaffuz  etilayotgan  hamda  o’z  vaktida  tuzatilmagan  tovushlar  keyinchalik  uni  bartaraf  etish 
uchun logoped va bolaning birgalikda ko’p vakt va mehnat sarflashlarini talab kiladi.  
Bundan  tashkari,  unutmaslik  zarurki,  tovush  talaffuzidagi  kamchiliklar  ko’pincha 
bolaning  o’zi  nutqda  xatolikka  yo’l  ko’yishi  emas,  balki  fakat  maxsus  davolash  va  ta’lim 
berishni talab kiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya va boshk.) bir 
belgisi hisoblanadi.  
Tarbiyachi  quyidagilarni amalga oshirishi lozim: bolalarga  har kanday  pozitsiyada (so’z 
boshida, o’rtasida va oxirida) va so’z tarkibi turlicha bo’lganida (har kanday undosh birikmalari 
va  bo’ђinlar  soni  istalgancha  bo’lganida)  barcha  tovushlarni    to’g’ri  talaffuz  qilishni  o’rgatish; 
nutqida  kamchilik  bo’lgan  bolalarni  o’z  vaktida  aniklash  va  zarur  hollarda  ularni  o’z  vaktida 
maxsus bolalar muassasalariga yuborish. 
 

  Diktsiyaga oid ishlar 
YAxshi diktsiya, ya’ni har bir tovushni, shuningdek so’zlar va iboralarni alohida va anik, 
tushunarli qilib talaffuz etish bolada bir vaktning o’zida artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va 
takomillashtirish  bilan  bir  katorda  asta-sekin  shakllanadi.  Diktsiyaga  oid  ishlar  ona  tilining 
barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirishga doir ishlar bilan uzviy bog’liqdir. 
Bola  nutqining  barcha  tomonlari  jadal  rivojlanayotgan  2  yoshdan  6  yoshgacha  bo’lgan 
davrda uning so’zlar va iboralarni anik va tushunarli talaffuz etishiga e’tiborni karatish, bolalarda 
so’zlardagi barcha tovushlarni anik aytgan, iboralardagi barcha so’zlarni tushunarli qilib talaffuz 
kilgan  holda  ohista  sur’atda  taklid  qilish  nutqini  tarbiyalash  zarur.  Birok  har  doim  ham  fakat 
taklid  qilish  orkali  yaxshi  diktsiyaga  erishib  bo’lmaydi.  Bunga  nutqni  tinglash  qobiliyatining 
yetarli  darajada  rivojlanmaganligi,  artikulyatsiya  apparati  organlarining  yetarlicha  harakatchan 
emasligi, o’z ovozini boshkara olmaslik va boshka kamchiliklar to’sik bo’lishi mumkin. 
Ko’pincha  noanik  diktsiya  so’zlovchilarning  nutqini  dikkat-e’tibor  bilan  tinglay 
olmaydigan  va  o’z-o’zini  nazorat  qilish  yetarli  darajada  rivojlanmagan,  e’tiborini  bir  narsaga 
jamlay olmaydigan va salga jahli chikadigan bolalarda yuz beradi. Bunday bolalar nutqi noanik, 
aralash bo’ladi, ular har doim ham so’zlar, iboralarni oxirigacha aytmaydilar. 
Asta-sekin  atrofdagilar  va  o’z  nutqini  dikkat  bilan  tinglashni  o’rganishi,  nutqiy  nafas 
olish,  artikulyatsiyani  rivojlantirishi,  ovozni  boshkarishni  o’rganishi  natijasida  bolaning 
diktsiyasi ham yaxshilanib boradi. 


 
128 
Tarbiyachi  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  grammatik  jihatdan  to’g’ri  nutqni,  yaxshi 
diktsiyani  o’rgatishi,  ularni  atrofdagilar  nutqini  dikkat  bilan  tinglash  va  o’z  talaffuzining 
anikligini kuzatib borishga odatlantirishi zarur. 

  Orfoepiyaga doir ishlar 
Kishilar  bir-birlarini  tushunishlari  uchun  ular  og’zaki  nutqining  tovush  kismi  bir  xil 
bo’lishi  darkor.  SHuning  uchun  tarbiyachilar  nafakat  o’zlari  og’zaki  nutq  koidalariga  rioya 
qilishlari lozim, balki ular bolalarni ham shunga odatlantirishlari kerak. 
Biz  bir  necha  bor  bolalarning  o’z  nutqida  mahalliy  shevani,  jaydari  so’zlarni 
ko’llayotganini, urђuni noto’g’ri ko’yayotganliklarini, so’zlarni harfiga karab aytayotganliklariga 
(masalan, rus tilidagi «chto» so’zini «shto» deb emas, balki «chto» deb aytish) duch kelamiz. 
Tarbiyachi  bolalarning  adabiy  talaffuz  koidalariga  rioya  qilishlari  ustidan  doimiy 
nazoratni  amalga  oshiradi.  Bu  o’rinda  tarbiyachining  vazifasi  quyidagilardan  iborat  bo’lmoђi 
lozim:  ona  tilining  orfoepik  me’yorlarini  o’zlashtirib  olish  yo’li  bilan  o’z  nutqining  talaffuz 
madaniyatini  oshirish,  Mashg’ulotlarga  tayyorgarlik  ko’rishda  muntazam  ravishda  turli 
ko’llanmalar, lug’atlardan foydalanish. 

  Nutq sur’atiga doir ishlar 
Nutq  sur’ati  deganda,  nutqning  vakt  bo’ylab  davom  etish  tezligi  tushuniladi. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  sekin  so’zlashdan  ko’ra  ko’proq  tez  sur’atda  so’zlaydilar.  Bu 
nutqning tushunarliligi, anikligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tovush artikulyatsiyasi yomonlashadi, 
ba’zan  alohida  tovushlar,  bo’ђinlar  va  hatto  so’zlar  tushib  koladi.  Ayniksa  bu  nuksonlar  uzun 
so’zlar yoki iboralarni talaffuz qilishda ko’p uchraydi. 
Tarbiyachining  faoliyati  bolalarda  so’zlar  juda  anik  jaranglaydigan  ohista  nutq  sur’atini 
shakllantirishga yo’naltirilishi zarur. 

  Intonatsion ifodalilikka oid ishlar 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish