O‘zgaruvchan epiteliy siydik yo„llarining, buyrak kosachasi va jomi, siydik pufagining
ichki yuzasini qoplab turadi. A‟zolarning siydik bilan to„lgan va to„lmaganligiga qarab epiteliy
qavati o„z shaklini o„zgartirib turadi. O„zgaruvchan epiteliyda 3 qavatni farq qilish mumkin:
bazal, oraliq va yopqich qavatlar. Bazal qavat mitoz yo„li bilan ko„payadigan mayda
hujayralardan iborat. Hujayra shakli turlicha bo„lib, chegarasi aniq ko„rinmaydi. Oraliq qavat
hujayralari bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat bo„lib, noto„g„ri yoki noksimon shaklga
ega. Yopqich qavat noksimon shakldagi ko„p yadroli yirik hujayralardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |