Falsafa matbua Ahmedova umumiy tahriri ostida



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.11.2019
Hajmi1 Mb.
#27353
  1   2   3   4
Bog'liq
Xan V. S. Falsafa mavzusi tuzilishi vazi


O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA 

O'RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI



FALSAFA

Matbua  Ahmedova 

umumiy  tahriri  ostida

(У zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta ’lim 

vazirligi  tomonidan  bakalavriatning  barcha  y o ‘nalishlari 

uchun  darslik  sifatida  tavsiya  qilingan

0 ‘ZBEKISTON  FAYLASUFLARI 

MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI 

TOSHKENT  -   2006



I   b& lim .  FALSAFA:  M AVZUSI,  TU ZILISH I, 

VAZIFASI  VA  JAMIYATDAGI  Q ‘RNI

1-bob.  FALSAFA  MAVZUSI  VA  FALSAFIY  BILIMLAR

M O H IY A T I



l-§.  Falsafa  nima  degani?

Т а ’rifdagi 

Agar 

falsafa so'zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e’tibor 

m urakk ablik  bersak, uning yunon tilidagi taijimasi  “donolikni sevaman” 

m a’nosini anglatadi.

Diogen Laertskiy(сramizning II asri oxiri  — III asr boshlari) so‘zlariga 

qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi yunon mutafakkiri 

va olimi 

Pil'agodir. Faylasuflaming qanday ekanliklariga ta’rif berib,  u shunday 

degan:  “Hayot  o'yinga  o'xshaydi:  ba’zilar  unga  musobaqalashgani  kelsa, 

ayrimlar savdolashgani,  eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar;  hayotda 

ham  xuddi  shunday,  ba’zilar  qullar  kabi  shuhrat  va  boylikka  o‘ch  bo'lib 

dunyoga keladi, vaholanki, faylasuflar 

faqat haqiqat uchun kcJadi’[.

Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagagina taalluqli,  degan fikrga 

qo‘shilib bo‘lmaydi.  Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda 

yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin.  Biroq haqiqatni 

ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.

“Falsafa  nima  degani?'  Ushbu  savolga  javob  izlash  oson  emas.  Har 

birimiz  u  yoki  bu  matn,  yo  nutq  falsafiy  yohud  falsafiy  emasligini  ichki 

sezgi bilan his etamiz.  Ammo falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mush- 

kul.  Bunga  urinib ko‘rishning o‘zi kifoya.  Falsafaga tegishli bo‘lmagan  nar 

sani  aniqlash  osonroq.  Masalan,  falsafa  DNK  tuzilishini  aniqlash  bilan 

shug‘ullanmaydi,  differensial tenglamalami yechmaydi,  kimyoviy reaksiya- 

lami o ‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.

Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’rillarini oladigan bo‘lsak, 

ulardagi mavjud farq,  odatda,  mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. 

Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi o‘simlik olami  ekanligiga 

e’tiroz bildirmaydi.  Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi  til ekanligini 

tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan 

farq  qilishi  mumkin.  Falsafaning  ta’rifi  shu  qadar  ko‘p  va  turli-tumanki, 

ko‘pchilikda “0 ‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimi yoki yo'qmi?” 2  degan 

savol tugilishi  mumkin.

1.  Диоген  Лаэртский.  О  жизни,  учениях  и  изречениях  знаменитых  философов.  М., 

1979.  334-Ь.

2.  Qaraiig:  Ойзерман  Т.И.  Проблемы  историко-философской  науки  (Tarixiy-falsafty 

fanlarning  muammolari).  М.,  1982.  57-b.

6


Ba’zi  falsafiy  tizimlarda  falsafa  oliy  bosh  ibtido  yoki  birinchi  sabab 

to‘g'risidagi fan deb ta’riflanadi.  Masalan,  qadimgi yunon faylasufl 



Arastu 

ta'limotida, u “barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan” 

deyilgan  bo‘lsa,  Markaziy osiyolik  mutafakkir 

Abu A li ibn  Sino falsafani 

“mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan”,  deb ta’riflagan.  Boshqa yo‘nalishlarda 

falsafaning  bosh  sababi  birinchi  ibtidolami  bilish  ekanligi  umuman  rad 

ctiladi, masalan,  o‘rta asr ilohiyotchisi 



al-G ‘azzoliy o'zining “Faylasuflami 

rad etish” nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.

Ba’zi ta’limotlarda falsafa “to'g'ri fikrlash orqali erishilgan bilim” ( 

T.Gobbs), 

umuman,  “fanlarni  ko‘rib,  muhokama  qiluvchi”  (G.V.  Gegel)  deb  keng 

tasawur  qilinsa,  boshqalarida  tor  m a’noda,  masalan,  “fikrning  mantiqiy 

oydinlashuvi” 



(L. Vitgenshteyn) yoki  “umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi 

fan" ( 


V.Vindelband) sifatida tushuniladi.  Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi 

umuman  falsafani  emas,  balki  tegishli  faylasuflarning  o‘z  nazariyalarini 

helgilashi  hisoblanadi,  garchand,  ko‘pchilik  faylasuflar  aynan  o‘z  falsafiy 

qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam)  deb o'ylaydilar.

Falsafaning  o‘z  ifodasini  topishidagi  nomuayyan  vaziyat,  ayniqsa,  eng 

yangi davr uehun xosdir.  Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy 

faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyat ni quyidagicha 

ifodalashiga  sabab  bo'ladi:  “Falsafa”  deganda  nimani  tushunish  hamisha 

mushkul bo‘lgan, biroq 20-asr mobaynida “falsafa”ni ta’riflash mushkulligi 

shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi” 1.

Umuman falsafani ifoda  qilish  mumkinmi?  Nemis faylasufl 

G. V. Gegel 

(1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining tarixiy bosqichlari, 

uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. 

Boshqa faylasuflar tasawuriga ko‘ra tarixiy-falsatiy jarayon bu muayyan falsafiy 

ta'hm otlar  tarixidir,  falsafa  tarixi  esa  qandaydir  yagona  va  rivojlanuvchi 

ta'Umot  sifatida  mavjud  emas.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki, 

muayyan falsafa mavzusinigina ifoda qilish mumkin, masalan, ekzistensializm 

(mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin,  ainmo 

umuman falsafani emas.

Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud.  Qanday yo'nalishga 

tegishliliklaridan qat’iy nazar,  faylasuflar o‘zlari falsafa bilan shug‘ullanayot- 

ganliklariga  shubha  qilmaydilar.  0 ‘z  raqib  va  muxoliflarini  nima  deb 

atashlaridan  qat’iy  nazar,  ularni  “noshud” ,  “gumroh”  ta ’birlari  bilan 

sivlasalarda,  ulaming  faylasuflar deb  atalishiga  huquqlari  bor,  negaki  ular 

har  holda  faylasuf  deb  ataladilar.  Boshqacha  aytganda,  ularnirig 

mashg‘ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ulaming faylasuf deb

1.  Qarang:  Оизермян  Т.  И.  Проблемы  историко-философской  науки.  М.,  1982.  57-b.

7


atalishiga asos bo‘ladi.  Bu shuning uchun yuz beradiki,  ularning tushunchas- 

ida falsafa deganda,  iboralaming mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibti- 

dolari haqidagi ta’limot  yoki tajribada hosil qilingan ma’lumotlarning tan- 

qidiy bahosi berilgan bo‘ladi.

Hamonki shunday ekan, kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va boshqa 

falsafiy maktablarga mansub bo‘]gan barclia faylasuflami nima birlashtiradi? 

ushbu savol va dcmakki “Falsafa  nima degani?” savoliga javob berish uchun 

falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari,  ya’ni lining m a’naviy faoliyatning 

ma’lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zamr.

2-§.  Falsafaning  asosiy  xususiyatlari  va  vazifalari.

Falsafaning  predmeti

Falsafa  dunyoqarash 

Har qandav falsafa  insonning dunyoga nisbatan 

sifatida 

u  yoki  bu  m unosabatini  ifodalab,  muayyan

dunyoqarashni shakllantiradi.  Falsafaga berilgan eng 

oddiy va dastlabki ta’riflar: 

falsafa -   bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: 

falsafaning mavzusi  “dunyo — inson” tizimidir.

Dunyoqarash  nima?  Hamma zamonlarda ham inson  oldida uning atrof- 

muhitga,  boshqa  odamlarga,  o'/.-o'/.iga  nisbalan  munosabatini  belgilovchi 

savollar ko‘ndalang turadi.  Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch 

kelamiz.  Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi 

va agar bilish mutnkin bo'lsa qay darajada?  Insonning o‘zi nima?  U qanday 

bo‘lishi kerak?  OMimdan so‘ng bizni nima kutadi?  Dunyoni nima boshqara- 

di? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?

Mana shunday savollarga javoblardan inson  dunyoqarashi  shakllanadi. 



Dunyoqarash  -  bu insormi o ‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o'mlga 

nisbatan qarashlarmajmuidir.  Dunyoqarashning asosiy masalasi  -   "M en" 

(subyekt  dunyosi)  va  “ Men  emas”  (subyektga nisbatan tashqarida bo‘lgan 

dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.

Har qanday dunyoqarash tarkibiga: 



bilim ,  baholash,  с ’tiqod va  aqidalar 

kiradi.  Dunyoqarash  turli  shaklda  mavjud  bo'lishi  mumkin: 



kundalik, 

m ifologik,  afsonaviy,  diniy,  badiiy,  falsafiy va  ilm iy tusdagi  tasawurlar. 

Dunyoqarash 



shaxsiy ong va  ijtim oiy ong dalili  tarzida bo‘lishi  mumkin. 

Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning 

olam to‘g‘risidagi tasawurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari 

haqida fikr yuritamiz.  Yoxud biz xristianlar, musulmonlar,  buddavivlar va 

boshqa  diniy  guruhlar  dunyoqarashi  to ‘g‘risida  gapiramiz.  Shu  bois 

dunyoqarash 



shaxs,  ijtim oiyguruh (diniy,  milliy,  yoshga oid, jinsiy,  kasbiy 

va  b.), 



davlat,  davlatdan  tashqari tuzilmalar  dunyoqarashi  sifalida  ham 

bo‘lishi  mumkin.

8


Falsafa 

nazariy 


Dunyoqarashrung kundalik.  diniy-afsonaviy va badi- 

tafakkur  sifatida  iy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy 

qoidaga  muvofiq 

nazariy shaklda  mavjud  bo'ladi.  Falsafa  o‘z  oldiga  ongli 

larzda muayyan muammolami qo‘yadi va ulami ma’lum tamoyillar asosida 

maxsus joriy qilingan va  ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar 

orqali  hal  qiladi.  Falsafa  avval  boshdanoq nazariydir.  Bundan  tashqari,  u 

ZT.uman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi.  Falsafa 

o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim,  amaliy malaka,  hay- 

otiy ko’nikma  va  an’analar)dan  farqli  ciaro q ,  narsalarni  mantiq va  dalil, 

kundalik tasawurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqea-hodisalaming ichki, 

tashqi nigohdan yashirin mohiyalini to'g’ri xulosa,  fikr qilish orqali topish- 

ea qaratilgan.  Qadimgi Xitoy faylasuflari  o7. davridayoq 



yakuniy shakldagi 

cfeobilimi (bevosita raa’lum modda dunyosini bilish) va asosiy 



sabab sifatid 

agi dao(mohiyatni bilish)ni  farqlaganlar.  Asosiy sabab sifatidagi  daoni bil- 

kh — yakuniy  shakldagi daoni bilish kalitidir:  “Yer yuzida ibtido mavjud va 

u  Olam  onasidir.  Onani  anglashga  qachon  erishilsa,  demak,  uning  bola 

larini ham anglash mumkin bo‘ladi” ‘ .

Falsafa  nazariylashtirishning 

TaJriba (>'akka- alohida naisalami bilish) 

yakuniy  usuli  sifatida 

bilan  fan  (narsalar  sababi  va  ibtidosini

umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida 

binnuncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e’tibomi ibtido va sababni 

btbsfaga qaratganlar, “chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi”2.  Qadimgi 

; antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo'lmish 



ta ’л7'(“гата?”, 

"qanday?” savollari bilan bog‘liq) bilan 



tushuntirish (“nima uchun?",  “qanaqa 

sabab?”  savoUariga javob)ni  aniq  farqlagan.  Masalan:  yunon faylasufi Arastu 

(eramizdan  awalgi  384—322-yillar)  shunday  deb  yozgan  edi:  “Tajribaga  cga 

bo'lganlar “nima”  ekanligini  biladilar,  ammo  “nima  uchun  ekanligini,  ya’ni 

sababini bilmaydilar”3.

Dunyoning  an’anaviy  diniy-afsonaviy  manzarasi  bilan  qanoatlanuvchi 

ko’pchilik  odamlardan  farqli  o'laroq,  eng  ilk  davrlardagi  faylasuflar  turli 

tabiiy  va  ijtimoiy jarayonlar  hamda  hodisalarni  aqliy yo‘l  bilan  (nazariy) 

tushunishga va uning kelib chiqish hamda keehish sabablari va qonuniyatlarini 

tushuntirishga  uringanlar.  Faylasuf nigohiga  tushgan  barcha  narsa,  ya’ni 

Quyosh,  Oy  va  ularning  tutilishi,  yulduzlar,  mavsumlarning  almashishi, 

musiqiy  asboblarning  tuzilishi,  hayvon  va  odamlarning  kelib  chiqishi, 

dar\:olaming toshishi.  davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar 

faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan.

1-  Древнекитайская  философия.  В  2-х  т.  М.,  1972—1973.  Т.  1.  130-Ь.

2-  Аристотель.  Сочинения.  М.,  1979.  Т.  1.  68-Ь.

3.  Аристотель.  Сочинения.  Т.  1.  66 Ь.

9


Nazariy dunvoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga 

m antiqiy tizimlash- 

tirilgan  dunvoqarash hamdir.  Boshqacha  aytganda,  bu  inson  va  dunyoga 

bo'lgan qarashlaming oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-manti- 

qiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir.

Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli  emas.  Fan ham xuddi 

shu kabidir.  Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq 

nazariylashtirishning yakuniy 

(oxirigacha oborilgan) luridir.  Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi 

quyidagilarda ifodalanadi.

Birinchidan, bu falsafa fani predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi 

bo‘lmagan biron-bir bilim yoki havot sohasi mavjud emas.  Shuning uchun 

ham   biz  tabiatshunoslikning  falsafiy  muammolari,  siyosat  va  huquqning 

falsafiy  muammolari,  tilshunoslikning  falsafiy  muammolari,  texnikaning 

falsafiy muammolari va boshqalar  haqida gapiramiz.

Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqea va jarayonlaming yakuniy umumiv 

ta’rifi va tushuntirishdir.  Falsafani hamma narsa emas,  eng awalo 

umumiv, 

universal  hodisalar  qiziqtiradi.  Falsafa  xususiy  m uam m olar  bilan 

shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib,  u biron- 

bir  rivojlanishning  xususiy  sohasi  (masalan,  biron-bir  muayyan  til  rivoji 

yoki  umurtqali  hayvonlar asab  tizimining  rivojlanishi)ga  daxl  qilmasdan, 

rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat  darajasigacha tahlilird chiqaradi. 

Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan 

maxsus kategoriyalar — 



um um iv tushunchalar: borliq,  sifat, mohiyat,  sabab, 

zarurat\-A boshqalar ishlab chiqilgan.

.  Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazarivlashtirishi uning 



refleksiyaga -  

o‘z-o‘zini  tahlil  qilishga  moyilligi,  va'ni  o'z-o‘zini  bilishi,  falsafiy  fikmi 

o‘ziga  nisbatan  qaratishi  bilan  xotimalanadi.  Falsafa  nimanidir  o‘rganib 

qolmav, balki shu o'rganishning sharoit va vo‘llarining o‘zini ham faviasufona 

fikr vuritish mavzusiga avlantiradi.

Falsafa  um um iv 

Falsafa  bilish  va  am aliyotning  universal

m etodologiya  sifatida tamoyillarini  o‘rganishi  bilan ham 



um um iv usul, 

ham 


metodologiyadir.

Inson o ‘zinirtg amaliy va bilish faolivatida qanday yo‘l va usullar bilan u 

yoki bu natijaga erishishi mumkinligi to‘g‘risida o'ylamasligi mumkin emas. 

Awal boshdanoq maqsadga yo'nalganlik xos bo‘lgan inson faoliyatining o‘zi 

o‘zining universal xususiyati sifatida usullashtirishni nazarda tutadi.  Boshqacha 

aytganda, gap, turli usullaming inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi 

haqida ketayapti.  Buni keng m a’noda, har xil masalalar (kundalik,  nazariy, 

pedagogik,  texnik  va  boshqalar)ni  hal  qilish  uchun  qoilanad igan 



umumlashtirilgan y o ‘l.  usul  va  tamoyiUammg  majmui  sifatida  tushunish 

kerak.


10

Eng oddiy uslubiy rejalar bashariyat ibtidosidayoq amaliy faoliyat usuli 

sifatida vujudga kelgan.  M a’lum bosqichda, jumladan,  falsafa sohasida ham 

bilish usullari  shakllangan.  Adabiyotlarda  xususiy  ilmiy,  umumiy ilmiy va 

umumiy usullar farqlanadi.  Falsafa bularning oxirgilariga taalluqlidir.  Nima 

uchun 

falsafani eng um um iy usul sifatida tavsiflash mumkin?

Birinchidan, fanlaiga tegishli xususiy ilmiy va umumiy ilmiy usullardan farqli 

o'laroq, falsafa faqat fanga emas, balki san’at, siyosat kabi inson hayotining boshqa 

jihatlariga ham opining metodologik ta’sirini ko‘rsatishi bilan  ajralib turadi.  Ik- 

kinchidan, falsafiy usullar amalda qo‘llanadigan, bilishda qo‘llanadigan usullardan 

farq qilgan holda insonning ham amaliy, ham bilish faoliyatini qamraydi.

Falsafa faqat usul  emas,  balki 

m etodologiya,  ya’ni  tamoyillar tizimi va 

tashkil topish usullari, bilish va amaliy faoliyat tuzilishi, shuningdek, ushbu 

lizim to‘g‘risidagi ta’limot  ham hisoblanadi.  Bilish va tafakkur rivojlanishi 

uchun muhim  ahamiyat  kasb  etgan  usullar  va  tushunchalar  aynan  falsafa 

cioirasida  kashf  qilingan  va  ishlab  chiqilgan.  XVIII  asrga  qadar  haqiqiy 

bilimga  erishishning  universal  usuli  deb  hisoblangan  Arastu  mantiqini, 

F.Bekonning tajribaviy-induktiv usulini,  R.Dekartning deduktiv-ratsionalistik 

usulini,  Gegelning dialektik usuli kabilarni misol keltirish yetarlidir.

Falsafaning metodologik vazifasi uning dunyoqarash vazifasi bilan cham- 

barchas bogiiq.  Bu falsafada shakllangan olam manzarasining ayni bir payt- 

da metodologiya  ham bo‘lib,  inson  tafakkuri va xulqiga,  faoliyatning turli 

sohalari (fan, san’at, siyosat va hokazolar)ga metodologik ta’sir etishini anglat- 

adi.  Shunday qilib,  falsafa o‘zining metodologik vazifasini  amalga  oshirib, 

tafakkur va xulq usullarining vujudga kelishi hamda shakllanishida bevosita 

qatnashadi.  Bu  usullar  har bir tarixiy  davr o'zini  anglaydigan  va  ifodalay- 

digan shakllardir.

U yoki bu falsafiy tizimlami ular shak- 

Falsafa  tarixiy  davrning 

llangan ijtimoiy-tarixiy sharoitga murojaat 

o ‘z-o‘zm i  idrok  qihsh  sifatida  qilmay5  ularning  tarixiy  asosini  k(y rib

ehiqmay turib,  ularning  o‘zidan,  ya’ni  falsafiy matndangina  kelib  chiqqan 

holda,  to‘la-to‘kis tushunish mumkin emas.  Har qanday falsafa, ya’ni u xoh 

antik davr falsafasi, xoh o‘rta asr falsafasi yoki Uyg‘onish davri falsafasi bo‘lsin

— o‘z davrining mahsulidir.

Masalan,  Uyg‘onish davri Yevropa falsafasining vujudga kelishi va rivo­

jlanishi feodal jamiyatga qarshi turuvchi ilk burjuaziya jamiyati madaniyati 

asosida yuz bergan.  Aynan shunday tarixiy asosda Uyg‘onish davri falsafa­

sining insonparvarlik,  klerikalistik (cherkoviy) va qotib qolgan aqidalarga 

bo‘lgan qarshiligi,  qadimgi davr orzulariga bo‘lgan yo‘nalishi kabi  xususiy­

atlari  o‘z  ifodasini  topadi.  Falsafiy  yo‘nalishlar  (maktablar)  va  falsafiy 

muammolar  to ‘g‘risida  ham  xuddi  shunday  deyish  mumkin.  Masalan,

11


XIX  asr  ikkinchi  yarmi  va  XX  asr  birinchi  yarmida  G ‘arbiy  Yevropa 

falsafasidagi irratsionalizmning avjiga chiqishi yangi davr sivilizatsiyasidagi 

bo‘hron, kapitalizm bo‘hroni Yevropa bo'ylab tarqalgan ijtimoiy inqilob- 

larda,  birinchi jahon  urushi  va  dunyoni  ikki  qutbga  bo‘linib  ketishi  o ‘z 

ifodasini topdi.  Bundan tashqari,  u  mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, 

Yangi davming qadriyatlari yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natija- 

si bo‘lib:  ssientizm,  akademizm,  gnoseologizm va “mutlaq tizimlar” tuzil- 

ishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir.

Falsafaning  muayyan-tarixiy tabiati  nafaqat  davr o'lchovida,  balki 

ma- 

kon-sivilizatsiya o'lchovida ham namoyon boiadi.  Falsafa o‘z davrininggina 

emas, balki muayyan sivilizatsiya,  muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning 

ham mahsulidir.  Masalan, biz G ‘arb va Sharqning falsafiy an’analari, islom, 

xristian va buddaviylik falsafasi, totalitar va demokratik jamiyatlar falsafalari 

to‘g‘risida gapirishimiz mumkin.

Falsafiy bilimlaming muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma’rifiy 

jihatdan bog‘liqligini Gegel,  K.Marks,  O.Shpengler,  B.Rasscl,  KYungkabi 

yevropalik mutafakkirlar, islomiy mutafakkirlar (M.Iqbol,  M.Sharif,  S.Nasr), 

hindistonlik faylasuflar (S.Vivekananda,  R.Tagor,  R.Raju,  S.Radxakrishnan), 

yaponiyalik  faylasuf  (D.Sudzuki),  Lotin  Amerikasidan  (L.Sea),  afrikalik 

faylasuflar (A. Kagame,  L.Sengor) va boshqalar ko'rsatib o'tgan edilar.

Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas.  U  mazkur davr mohiyati va 

asosiy yo'nalish (tendensiya)larini  nazariy,  umumlashgan shaklda ifodalaydi. 

Gegel falsafani  g‘oyalarda  tushunilgan  davr  deb  bejiz  ta’riflamagan.  Falsafa 

o'zining muammolari va tushunchalar apparatida insoniyat  to‘plagan amaliy 

hamda bilish tajribasini yig‘adi, tabiiy va bashariy borliqning turli tomonlarini 

anglash  bo'yicha  qidiruvlarni  uyg‘unlashtirib  birlashtiradi  va  tizimlashtiradi, 

zamonning  “keskin  tomir urishi”ni  qayd  etadi.  Boshqacha  aytganda,  falsafa 

o‘zining  muammoviy va  kategoriyaviy tuzilishida  u  yoki  bu  davr borlig‘i  va 

ongining ichki,  mohiyatiyjarayonlarini umumiy,  nazariy shaklda ifodalaydi. 

F alsafa 

Falsafa  “dunyo  — inson”  tizimini  tushunishga  in-

aksiologiya  s ifa tid a tilib’  unda 



Vй1  ЬегаУо18ап jarayon va  munosabatlami 

faqat gnoseologik jihatdan, “haqiqat” nuqtayi nazaridan 

qaramaydi.  Uning uchun bu jarayonlar va munosabatlami  qadriyatlar orqali, 

“Ezgulik”,  “M uruw at”,  “Yovuzlik”,  “Foyda",  “G o‘zallik”\a  hokazolar nu­

qtayi  nazaridan  baholash  ham  muhimdir.  Bu jihatdan  falsafa 



aksiologiyadir 

(qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limot,  grekcha 



axios — qadrli va  logos -  ta’Hmot 

so‘zlaridan).

Falsafaning qadriyat yo'nalishi uning dunyoqarashiga taalluqli tabiatidan 

kelib  chiqadi.  Biz  har  qanday  dunyoqarashni  insonning  dunyoga  bo'lgan 

munosabati deb qayd etgan edik. Va bu munosabatlami oddiy dalillar, jaray-

12


onlar,  hodisalar, hattoki ulami tushuntirish va tushunishni qayd qilish  deb 

bo‘lmaydi.  Faylasuf uchun  dunyo  — bu  beparvo  kuzatuvchi  tomonidan 

mikroskop  orqali  ko'riladigan  tor,  ajratilgan  bir  parcha  borliq  emas.  Bu 

dunyo hamisha inson, uning ehtiyojlari, ishonchlari va ideallarimng o‘zaro 

munosabati orqali “insoniylashtirilgan” va “ruhlantirilgan”.  Dunyoda ro‘y 

beradigan  barcha  narsalar  inson  uchun  o‘z  m e’yoricha 



ahamiyatga  ega. 

Falsafaning  dunyoni  faqat bilishi  emas,  balki uni 



baholashi ham  shundan 

kelib  chiqadi.  Bundan  tashqari,  har  qanday  falsafiy  tizim ning  o ‘zi 

qadriyatlaming muayyan tizimi sifatida naffioyon bo‘ladi. Masalan, biz g‘arbiy 

va sharqiy tafakkur turining  xristian va islom falsafasi qadriyatlari to‘g‘risida 

gapirishimiz mumkin va hakozo.

Falsafa  o'zining  aksiologik  (qadriy)  vazifasini  bajara  borib,  quyidagi 

savollami beradi:  “Mavjud dunyo mukammalmi?”,  “Bu dunyo qanday bo'lishi 

kerak?” Falsafa mavjudlik bilan vujudga keladigan narsa o‘rtasidagi ziddiyatni 

ochib beradi.  Falsafa vujudga  kelishi  kerak bo‘lgan  narsa  to‘g‘risida  savol 

berib.  bu  bilan  inson  ongida  ro‘y  berishi  kutilayotgan  g‘oyalar,  borliq 

uyg‘unligini qidirishni qo‘zg‘atadi.

Falsafa  tanqid 

Falsafa dunyoni ideallar (bo‘lishi kerak) nuqtayi nazaridan 

sifatida 

baholab, buni 

tanqid orqali amalga oshiradi.  Falsafa o'zining

birinchi qadamini 



shubhadan boshlagan. Falsafaning falsafa- 

gacha bo‘lgan  davrdagi dunyoqarashdan  (afsonaviy,  diniy)  asosiy farqlaridan 

bin mana shudir. Ilk davming Misr, Bobil va Hindistondagi falsafagacha bo‘lgan 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish