6. O’zlashtirma gap qatnashgan qatorni aniqlang.
A) Zamira o’z sinfdoshlari haqida to’lib-toshib gapirdi.
B) O’quvchilar gazeta va jurnallarga obuna bo’lmoqdalar.
C) Bolalar, ko’cha qoidalariga to’liq rioya qiling.
D) Nasiba oyoqlari sovuqdan zirqirab og’riyotganini aytdi.
7 “Mirzo Ulug’bek” (M. Shayxzoda) fojiasida “toj boshdagi fikrga
qafas” degan gap qaysi qahramonga qarata aytilgan?
A) Bobo Kayfiy
B) Hasan Ohangar
C) Eronlik talaba D) Mirzo Ulug’bek
8. Omonim qo’shimchalar qaysi qatorda mavjud?
A) -ar, -i, -k B) -la, -m, -ning
C) -im, -dor, -ni
D) -li, -mand, -ser
9 Otlashgan sifat bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi qaysi gap
tarkibida mavjud?
A) Har kimning qadrini davr ko’rsatadi.
B) Yaxshining ehsoniga baxilning boshi og’rir.
C) Kayfiyatsiz kishining ishi o’ngidan kelmaydi.
D) Ishlaganning yuzi yorug’.
Do'stlaringiz bilan baham: |