Qorin parda cho‘ntaklari.
Qorin bo‘shlig‘ining pastki qavatida qo‘yidagi cho‘ntak va bo‘rtmalar
joylashgan: 1) S-simon ichak oraliq bo‘rtmasi – S-simon ichak sirtmog‘idagi
chuqurcha ko‘rinishida bo‘ladi; 2) o‘n ikki barmoq-och ichak cho‘ntagi – qorin
pardaning 2 burmasi orasida joylashgan bo‘lib, ichki qorin parda orqasi
churralari yoki treyts churralarining hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega; 3)
yuqorigi va 4) pastki yonbosh-ko‘richak cho‘ntagi; 5) ko‘richak orqasida yoki
retrotsekal cho‘ntak, yo‘g‘on ichak boshlanish qismining orqasida bo‘lib,
oldindan qorin pardaning vistseral varag‘i bilan, orqadan uning pariyetal varag‘i
bilan chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |