Qorin parda xaltalari.
Jigarning o‘ng xaltasi – diafragma hamda jigarning o‘ng bo‘lagi orasida
joylashgan bo‘lib 5 ta devori bor: yuqorida – diafragmaning pay markazi, pastda
– jigar o‘ng bo‘lagining yuqori yuzasi; orqada – jigarning o‘ng tojli boylami;
ichkarida – o‘roqsimon boylam; tashqarida– diafragmaning muskul qismi. Bu
yerda ko‘pincha diafragma osti abssesslari joylashishi mumkin.
Jigarning chap xaltasi – jigarning chap bo‘lagi va diafragma orasida
bo‘lib, oldindan diafragmaning muskul qismi bilan ; orqadan – jigarning chap
toj boylami, ichki tomondan – o‘roqsimon boylam va tashqi tarafdan
uchburchak boylam bilan chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |