Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich
7
bo‘ylab kesadilar. So‘ngra qorin parda devoridagi jarohat ilmoqchalar (jarohat
kengaytirgichlar) bilan kengaytiriladi va jarohatlangan o‘choqni tekshirishga
hamda operatsiyaning asosiy bosqichini bajarishga kirishiladi.
Operatsiya tamom bo‘lganidan so‘ng qorin bo‘shlig‘ini qunt bilan
quritish, sochiqchalar, asboblar qolib ketmaganiga ishonch hosil qilish uchun
uni tekshirish lozim.
Qorin devoridagi operatsiya jarohati (kesilgan o‘rni) qavatma-qavat
tikiladi. Avvalo qorin parda ketgut ip bilan uzluksiz choklar qo‘yib tikiladi,
so‘ngra muskul-aponevroz qavati, undan keyin esa teri ipak bilan tugunchali
chok qo‘yib tikiladi.
O‘rta laparotomiyada kesma pastga tomon qorinning oq chizig‘i bo‘ylab,
kindikni chapdan aylanib o‘tadi (kindikdan o‘ngroqda jigarning yumaloq
boylami joylashgan).
Pastki o‘rta laparotomiyada shuni ko‘zda tutish kerakki, qorinning oq
chizig‘i kesilgandan so‘ng operatsiya jarohatida ikkala to‘g‘ri muskullarning
ichki qirg‘oqlari ko‘rinadi, ana shularni sinchiklab topib, ularni chetga surib
qo‘yish lozim. Jarohatning pastki bo‘limidagi chuqur qavatlarni ehtiyotkorlik
bilan kesish shart, aks holda qovuq jarohatlanib qolishi mumkin.
O‘rta total laparotomiyada teri va teri osti kletchatkasi xanjarsimon o‘siq
va kindik orasidagi masofaning o‘rtasidan kesa boshlanadi, bunda u kindikni
chapdan chetlab o‘tib, kindikdan 10–12 sm pastda tugatiladi. Yuza qavatlar
kesilgandan so‘ng qorinning oq chizig‘i ochiladi, bu chiziq o‘zaro zich chatishib
ketgan aponevrotik tolalardan iborat mustahkam aponevroz ko‘rinishda bo‘lib, u
orqali tomirlar, nervlar o‘tadi. Assistent o‘tkir ilmoqchalar bilan jarohat
qirg‘oqlarini keng qilib ochadi. Ehtiyotkorlik bilan skalpel yordamida butun
jarohat bo‘ylamasiga, qorin pardani shikastlanishdan asrab, qorinning ok
chizig‘i kesiladi. Qorin parda qorin parda oldi kletchatkasi bilan birgalikda
pinset bilan ushlab olinadi va biroz kesiladi. Hosil bo‘lgan teshikka qaychi
kiritiladi va qorin parda kesilgani sari Mikulich qisqichlari bilan ushlab olina
boradi. Jarohatga jarohat kengaytirgich kiritiladi, uning yordamida jarohat
qirg‘oqlari keng ochiladi. Jarohatda katta charvi bilan qoplangan ingichka ichak
halqalari ko‘rinadi. Charvi yuqoriga ko‘tariladi va jarohatga ingichka ichak
halqalari olib chi qiladi.
O‘rta laparotomiyaning kamchiligi shundaki, operatsiyadan keyin
qoladigan jarohatning bitishi cho‘ziladi, shu tufayli ba’zan operatsiyadan so‘ng
churra hosil bo‘ladi. Shuningdek qon aylanishining yetarli miqdorda
bo‘lmaganligi oqibatida qorin oq chizig‘i chandig‘i yetarli darajada mustahkam
bo‘lmaydi, degan fikrlar ham bor. Bularning barchasi paramedial (pararektal) va
transrektal laparotomiyalarning ishlanib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |