V
ATANDOSH
17
Nishona soni, 24-fevral, 2011-yil
www.vatandosh.com
MEHMONDO‘STLIK
Qadimda bir odamning mashhur oti
bo‘larkan. U ko‘pkarilarda ham, poygalarda ham,
hamisha marraga birinchi bo‘lib yetib kelar ekan.
Bu otning ishqibozlari tobora ko‘payib boribdi.
Kimdir falonchi miqdorda tilla beraman, otingni
menga sot desa, yana boshqasi, bir otar qo‘y
beraman, bir uyur yilqi hadya qilaman, otingni al-
mashtir, debdi, ammo u unamabdi. “Uyimni sot-
sam sotamanki, otimni so‘ramanglar, meni tinch
qo‘yinglar” debdi.
Xushxabarning qanoti bor, deydilar. Bu
xabar guzarma-guzar, qishloqma-qishloq, sha-
harma-shahar o‘tib, podshohlikka ham yetib
boribdi. Podshohning ham bu uchqur otga ishqi
tushibdi. To‘rt-besh navkar va mulozimlarini olib,
o‘sha qishloqqa ravona bo‘libdi. Uyini topib, dar-
vozani taqillatibdi.
Ot egasi darvozani ochib qarasa, ne ko‘z
bilan ko‘rsinki, eshigining oldida podshohi olam
turgan emish. Ularni darrov uyga chorlab, ot-
ulovlarini bog‘labdi. Mehmonlarning oldiga noz-
ne’matlarni to‘kib solibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |