Parta ustining qiyaligi 15gradusga teng bo'lishi lozim, chunki bunday qiyalikda yozish
va o'qish juda qulay bo'lib, ko'z tez charchamaydi. Parta o'rindig'ining mustahkam turishi
to'g'ri o'tirishni ta'minlaydigan eng muhim omildir. Parta o'rindig'ining chuqurligi o'quvchining
tanasiga mos bo'lishi, qulayroq o'tirishi uchun orqa suyanchiqning balandligi o'quvchining
belidan yuqori bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Boshlang'ich sinflar uchun A. B. V.gruppa partalari ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. A.
gruppa partalarining bo'yi 130 smgacha bo'lgan bolalarga, B. gruppa partalari bo'yi 130- 140
smgacha bo'lgan bolalarga mo'ljallangan.
Suriladigan stulchalarni esa haddan tashqari oldinga yoki orqaga surib o'tirishga yo'l
qo'ymaslik kerak. Parta ustining pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofa, ya'ni ko'krak
qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa 4 sm bo'lishi kerak. Bu masofa distansiya deyiladi.
Agar partaning partaning distansiyasi kichik bo'lsa, o'quvchi juda siqilib ko'kragini partaning
chetiga tirab oladi, agar distansiya katta bo'lsa, qo'lni qo'yib o'tirishga noqulay bo'ladi. Shu
sababli ularning to'g'ri o'tirishlarini ta'minlash uchun partaning distansiyasi to'g'ri saqlanishi
lozim.
Partaning distansiyasi uch xil bo'lishi mumkin: musbat, nol, manfiy. Musbat
distansiyada parta ustining cheti bilan o'rindiqning orasidagi masofa keng bo'ladi. Bunday
holatda o'tirish o'quvchilar uchun noqulay bo'lib o'quvchi pastga egilib o'tirishga majbur
bo'ladi.
Nol distansiyada esa parta ustining cheti bilan o'rindiqning orasida hech qanday
masofa bo'lmaydi. Manfiy distansiyada esa parta ustining o'rindiqning ichiga 4 sm kirib turadi.
O'quvchilarda parta tanlashda yana bir muhim narsa parta "differensiya" sining to'g'ri
saqlanishidir. Parta differensiyasi deb parta qopqog'ining cheti bilan o'rindiqning orasidagi
masofaga aytiladi. Parta differensiyasining to'g'ri saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega,
chunki parta o'rindig'I past bo'lsa, o'quvchi parta qopqog'iga osilib o'tiradi, agar yuqori bo'lsa,
bukchayib o'tirish majbur bo'ladi. Parta o'rindig'ining balandligi o'quvchilarning oyoqlari
uzunligiga teng bo'lib o'tirganda tovonlari polga yoki partaning zinasiga tegib turishi kerak.
Sinfdagi bolalarning bo'ylarini o'lchash uchun maxsus taxtachadan foydalanish
kerak. Taxtacha poldan 110 sm yuqoriga qoqib qo'yiladi, hamda uni bo'yiga 2 qismga bo'lib,
birinchi qismida o'lchamlar sm hisobida, ikkinchi qismida esa shu o'lchamga mos parta
nomerlari ko'rsatiladi. O'quvchini shu taxtacha qoqilgan joyda turg'azib bo'yi aniqlanadi.
Buning uchun o'quvchilarni bo'ylari va yoshlariga qarab partalarga o'tkazishda kichik