Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Shoir  lirikasida  inson  kamoloti  masalasi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Shoir  lirikasida  inson  kamoloti  masalasi.  Navoiy  ishqning  poklovchilik 
xususiyatiga  alohida  e’tibor  qaratadi.  Ishq    inson  qalbini    nafs  va  u  bilan  bog’liq 
bo’lgan  nopok illatlardan  tozalaydi,  inson  irodasini  mustahkamlab,  uni  chinakam 
kamolot darajasiga olib chiqadi.  
Shoir  lirikasida  odob-axloq  masalasining  talqini  bevosita  komil  inson 
tushunchasi bilan bog’lanadi.  
Noqis uldurkim, o’zin komil degay, 
Komil ulkim nuqsin isbot aylagay. 
O’z kamolidin demas ahli kamol 
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Ҳайитметов А. Навоийхонлик суҳбатлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993, 136 б.  
2
 Қаюмов А. Асарлар. 3-жилд. – Т.: MUMTOZ  SO’Z, 2009. 
3
 Муллахўжаева К. Алишер Навоий ғазалиётида тасаввуфий тимсол ва бадиий санъатлар уйғунлиги 
(“Бадоеъ ул-бидоя”девони асосида). Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим 
этилган диссертация автореферати. – Т.: 2005  


 
68 
Ahli nuqson ichradur bu qilu qol. 
Sen nuqson ichra komilsen, base, 
Olim aytib o’zni, johilsen base. 
Shoir  nuqson  ichra  komillik  deganda  nafsdan  xalos  bo’lmagan  o’zlikni 
nazarda  tutadi.  U komillikni nafs hukmronligidan ozod  bo’lgan  yangi bir  ruhoniy 
“men”ga asoslanadi, deydi. Insonning imoni va vijdoni anashu “men” tasarrufiga 
o’tsagina u komillikka yetib bora oladi.  
Navoiy  jamiyat  kishilarini  ruhan  pok,  ma’naviy  yetuk,  komil  va  fozil 
bo’lishlarini orzu qiladi. Bu jihatdan quyidagi qit’a alohida e’tiborga molikdir. 
                  Kamol et kasbkim, olam uyidin 
Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq. 
 
Jahondin notamom o’tmak biaynih, 
Erur hammomdin nopok chiqmoq. 
 
Qit’adagi  “kamol”  so’zi  komil  inson,  “et  kasbkim”-  shakllantirmoq,  hosil 
qilmoq,  “olam  uyi”-biz  yashab  turgan  moddiy  dunyo,  ikkinchi  misradagi  “farz” 
so’zi  islomga  ko’ra  bajarilishi  shart  va  zarur  bo’lgan  amallardir.  Bundan  har  bir 
inson  komillikni  o’zida  shakllantirishi,  ruhini  poklashi  farz,  degan  mazmun 
anglashiladi.Uchinchi  misradagi  “notamom”  so’zi    qit’adagi  “kamol  kasb  etmay” 
tushunchasiga  to’g’ri  keladi,  “biaynih”  esa  xuddi,  go’yoki  degan  ma’nolarni 
bildiradi. Demak, jahondan ruhiy poklanmay o’tish, xuddi hammomga kirib, nopok 
chiqishga  o’xshaydi.  Qit’adagi  “olam  uyi”,  “jahon”,  “hammom”    so’zlari 
mazmunan  bir-biriga  yaqin  tushunchani  ifodalab,  tanosub  san’atini  yuzaga 
keltirgan. Ya’ni olam uyi bo’lmish jahon bir hammom kabidirki, inson hayoti unga 
poklanish  uchun  berilgan  muddatdir.  “G’amnok”,  “nopok”  so’zlari  qofiyadosh 
bo’lib,  ular  qofiya  bo’lishi  bilan  birga  she’rning  asosiy  mazmunini  ifodalaydi. 
Ya’ni kimki dunyodan nopok o’tsa, u dunyodan chiqishda g’amnok bo’ladi.   
Manbalarda  “komil  inson”haqida  so’z  yuritilar  ekan,  u  to’rt  sifatga  ega 
bo’lishi lozimligi keltiriladi. Bular yaxshi so’z, ezgu faoliyat, go’zal axloq, ilmdir. 
Bu  sifatlarga  ega  bo’lgan  kishi  ko’ngil  tozaligi  va  osudaligiga  erishsagina 
komillikka erishadi.  
Kirgil fano yo’lig’a, Navoiyki, dahri dun, 


 
69 
Bu umri besabotu madorig’a arzimas. 
Shoir  talqinicha,  komillikka  eltuvchi  yo’l  bu  fanodir.  Тasavvufga  ko’ra  
komillikni  namoyon  qiladigan  sifatlardan  biri  faqr  maqomi  shartlarini  to’la-to’kis 
ado etishdir. Faqr bu tariqat yo’liga kirgan solikning to’rtinchi maqomidir. Faqirlik 
bu moddiy yetishmovchilik yoki tilanchilik qilish emas, balki orifning Alloh oldida 
o’zini ojiz, g’arib va faqir his qilishidir. Komil insonlar faqirlik bilan faxrlanganlar. 
Bu  maqomda  oriflar  botiniy  olamini  poklaganlar.  Ahmad  yassaviy  faqrning  olti 
odobi bo’lganligini keltirib o’tadi: 
1.  Yaxshi va yomon so’zga sukut qilmoq. 
2.  Pir oldida xomush bo’lmoq va uning ijozatisiz so’zlamaslik. 
3.  hech kim bilan yomon muomalada bo’lmaslik. 
4.  “Хosu omning xizmatini” ado etmoq. 
5.  Nafsni yengmoq. 
6.  Havou havasni tark etmoq
1
.  
Ko’rinadiki, faqirlik qanoat, himmat, tama’ qilmaslik kabi tushunchalar bilan 
uzviy  bog’liqdir.    Shuning  uchun  ham  Navoiy  dunyoning  o’tkinchiligi,  ma’naviy 
yetuklik haqidagi fikr-mulohazalarni faqr maqomi bilan bog’liq holda tasvirlaydi. 
Gar fano rasmin qilmoq tilar ersang mazbut, 
Nafs ila ruhni zinhorki qilma maxlut. 
Fano  shartlarini  bajarishning  o’ziyoq  inson  axloqini  go’zallashtiradi.  Shoir 
talqinicha, fano yo’lini tanlagan kishi nafs bilan ruhni qorishtirmasligi zarur.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish