Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


SHOIR LIRIK ASARLARIDA AХLOQ-ODOB, IJТIMOIY-FALSAFIY



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

SHOIR LIRIK ASARLARIDA AХLOQ-ODOB, IJТIMOIY-FALSAFIY 
MUAMMOLAR IFODASI 
 
Navoiy  lirikasining  mavzu  va  g’oyaviy  yo’nalishi.  Navoiy  lirikasi  mavzu 
yo’nalishining  rang-barangligi,  g’oyaviy  mazmunining  g’oyatda  boyligi  bilan 
xarakterlanadi.  Lirik  janrning  xilma-xil  ko’rinishlarini  o’zida  mujassam  etgan  bu 
she’riyat  ulug’  san’atkorning  butun  hayoti  davomida  yuzaga  kelgan  bo’lib,  unda 
shoir  hayoti  va  fikriy  dunyosi  bilan  bog’liq  ko’pgina  masalalar  o’z  in’ikosini 
topgan.  Navoiy  devonida  biz,  bir  jihatdan,  an’anaviy  mavzularning  o’ziga  xos 
talqini,  yangi  motivlar  hamda  poetik  voqealar  asosidagi  yuksak  rivojini  ko’rsak, 
ikkinchi  tomondan,  shoirning  hayotga,  o’z  zamonasiga  bevosita  munosabatidan 
yuzaga kelgan fikr va tuyg’ularining guvohi bo’lamiz.  


 
67 
Adabiyotshunoslikda  Navoiy  she’riyatini  mavzu  va  g’oyaviy  yo’nalishiga 
ko’ra  turli  xil  tasniflar  uchraydi.  Jumladan    navoiyshunos  A.Hayitmetov  shoir 
g’azallarini oshiqona,  rindona  va  orifona g’azallar
1
  tarzida  tasniflaydi.  Akademik 
A.Qayumov  esa  orifona  va  oshiqona  she’rlarni  alohida  ajratib  o’rganadi. 
Shuningdek,  olim  Navoiy  ijodida  diniy  mazmundagi  she’rlar  ham  alohida  o’rin 
tutishini  ta’kidlaydi  va  shoirning  hamd  va  na’tlarini  bu  turkumdagi  she’rlar 
namunasi  sifatida  tadqiq  etadi 
2
.  Тadqiqotchi  K.Mullaxo’jayeva  esa  Navoiy 
g’azallarini mavzu va badiiy-uslubiy xususiyatlariga ko’ra hamd va na’t g’azallar, 
orifona g’azallar, oshiqona g’azallar, rindona g’azallar tarzida turkumlarga ajratadi 
3
.  
Navoiy  she’riyatining  mavzu  doirasi  va  g’oyaviy  yo’nalishi  nihoyatda  keng. 
Unda ilohiyot, tabiat, jamiyat va inson va uning ruhiy olamining ko’pgina jihatlari 
bilan bog’liq savollarga javob olish mumkin.  
Muhimi  shundaki,  har  bir  mavzu  va  har  bir  janrda  faylasuf  shoirning  o’ziga 
xos shaxsiyati va mushohadasi, poetik mahorati ko’zga tashlanib turadi.  
Navoiy  she’riyatida  ishq,  vafo,  visol,  hijron,  insof  va  adolat,  odob,  tavoze’, 
himmat,  saxovat,  halollik,  imon,  e’tiqod,  sabr,  qanoat  singari  insoniy  tuyg’ular 
yuksak darajada mahorat bilan tasvirlanadi. Shoir bu tuyg’ular ifodasi orqali inson 
ruhiyatida kechadigan kechinmalarni  o’ziga xos tarzda ifodalaydi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish