Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


“Хazoyin  ul-  maoniy”ning  adabiyotimiz  tarixida  tutgan  o’rni



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

“Хazoyin  ul-  maoniy”ning  adabiyotimiz  tarixida  tutgan  o’rni.  Alisher 
Navoiyning  “Хazoyin  ul-maoniy»  (“Ma’nolar  xazinasi”)  devoni  uning  turkiy 
tildagi  3132  she’rini  o’z  ichiga  olgan.  Navoiyshunoslar  tomonidan  keltirilishicha, 
1492-1498  yillar  orasida  tuzilgan.  Adabiyotshunos  A.Abdug’afurov  ushbu 
majmuaning  tuzilish  sanasi  haqida  debochada  ham,  to’rt  devondan  o’rin  olgan 
she’rlarda  ham  biror  dalil  yo’qligini  aytadi.  Olimning  fikricha,  tadqiqotchilar, 
aftidan  “Хamsat  ul-mutahayyirin”,  “Munshaot”  kabi  asarlardagi  ma’lumotlarga, 
shuningdek, debochadagi sharh-izohlarga tayanib, devonni bu davrda tuzilgan deb 
ko’rsatadilar
1
  Ushbu  devon  “Chor  devon”  deb  ham  yuritilib,  unda  shoirning  16 
lirik janrga mansub bo’lgan turkiy she’rlari jamlangan.  
«Хazoyin  ul-maoniy»  devon  tuzishning  yuksak  va  mukammal  namunasi 
bo’lib,  u  mundarijasi,    tarkibiy  tuzilishi,    nomlanishi  jihatidan  ham  o’ziga  xos 
xususiyatlarga ega. 
Alisher  Navoiy  devondagi  she’rlarni  davrlashtirishda  va  ularni  tasnif  etishda 
do’sti va ustozi Abdurahmon Jomiy maslahatiga binoan ish ko’radi. Devonning har 
birini inson umrining muayyan davriga mos keladigan nom bilan ataydi.  
Birinchi  devonni  «G’aroyib  us-sig’ar»  (“Yoshlik  ajoyibotlari”)  deb  deb 
nomlab,  bunga tufliyat (yoshlik)- 8-20 yoshgacha bo’lgan she’rlarini kiritadi.   
20-35 yoshlar umrning shabob (yigitlik) ayyomi bo’lib, bu davr devonini shoir 
«Navodir ush-shabob» (“Yigitlik nodirliklari”) deb ataydi. 
 «Badoye’  ul-vasat»  (“O’rta  yosh  go’zalliklari”)  devoniga    35-45  yoshlarda 
yozilgan she’rlar jamlangan. 
45-60 yoshlar keksalik davri hisoblanib, shoir bu davrdagi she’rlarini «Favoid 
ul-kibar» (“Keksalik foydalari”) devoniga kiritilgan. 
                                                           
1
 Абдуғафуров А. Қалб қаъридаги қадриятлар. – Т.: Ўқитувчи, 1998. – Б. 60 


 
43 
«Хazoyin  ul-maoniy»  debocha,  2600  ta  g’azal  (har  bir  devonda  650  tadan), 
133 ta ruboiy, 10 ta muxammas, 4 ta mustazod, 5 ta musaddas, 4 ta tarje’band, 210 
ta  qit’a,  10  ta  lug’z,  52  ta  muammo,  13  ta  tuyuq,  86  ta  fard,  1  ta  masnaviy,  
shuningdek,  qasida,  musamman,  tarkiband,  soqiynoma  singari  lirik  janrlardan 
tarkib topgan. Devon debochasi har jihatdan puxta ilmiy risola bo’lib, Navoiy lirik 
ijodiyotining eng muhim jihatlarini to’g’ri mushohada qilishga imkon yaratadi. 
Navoiy  devonga  yozgan  debochada  har  bir  devonni  o’z  umrining  ayni 
bosqichlaridan  birining  mahsuli  deb  ta’kidlaydi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda 
devonlarga  maxsus  nomlar  qo’yadi,  ma’no  va  mazmun  jihatidan  bir-biridan 
farqlaydi,  qat’iy  xronologik  chegaralarini  belgilaydi.  Biroq  tadqiqotlar  shuni 
ko’rsatadiki,  “Хazoyin  ul-maoniy”  devonlari  xronologiyasi  nisbiy  xarakterga  ega 
bo’lib,  shoir  umrining  turli  davrlariga  oid  she’rlar  devonlarda  aralash  holda 
berilgan o’rinlar ham uchraydi.  
Ko’rinadiki, «Хazoyin ul-maoniy»da she’rlarning devonlarga taqsimlanishi va 
ularning nomlanishi shartli bo’lib, ramziy xarakterdadir. 
Alisher  Navoiyning  o’zbek  tilidagi  lirik  she’rlari,  asosan,  «Хazoyin  ul-
maoniy»da  mujassam  bo’lgan.  Ammo  devonga  1498  yilgacha  bo’lgan  she’rlar 
kirgan.  Demak,  Navoiy  hayotining  so’nggi  ikki  yili  davomida  yaratgan  lirik 
she’rlari  bu  majmuaga  kirmay  qolgan.  1498  yildan  keyin  yaratilgan  va  turli 
sabablarga  ko’ra  “Хazoyin  ul-maoniy”ga  kirmay  qolgan  she’rlar  adabiyotshunos 
H.Sulaymon  tomonidan  nashr  ettirilgan
1
.  Keyinchalik  bu  she’rlar  yangi 
topilganlari  bilan  to’ldirilib,    F.Sulaymonova  “Ayyomi  visol  o’ldi  yana” 
(Тoshkent, 1996) nomi bilan to’plam holida e’lon qilgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish