Me’yorlanadigan sifat ko‘rsatkichlari. Motor moylari dvi-
gatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko‘rsat-
kichlarini yo‘qotmasdan ishonchli va uzoq vaqt ishlashini ta’min-
lashi uchun ular standartlar va texnik shartlarda belgilangan
talablarga javob berishi lozim.
Kinematik qovushoqlik. Avtomobil dvigatellarining moylash
tizimlarida ishlatiladigan motor moylarining kinematik qovushoql-
igi 100°C haroratda 6–14 mm
2
/s ga teng. Harorat pasayishi bilan
bu ko‘rsatkich tez kattalashadi, minus 20°C haroratda 1000 mm
2
/s
ga yetishi va undan oshib ham ketishi mumkin. Kinematik qovu-
shoqlik 6–3 mm
2
/s bo‘lgan moy qishda, qovushoqligi 10–14 mm
2
/s
bo‘lganlari yozda ishlatiladi.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |