108
– maxsus (turbina, kompressor va boshqa moylar);
– turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar.
Avtomobil agregatlarini moylashda, asosan, motor va transmis-
sion moylardan foydalaniladi.
Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ular-
dan eng asosiylari quyidagilardir: detallarning yeyilishini kamayti-
rish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish;
detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silin-
dri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy
tizimi bo‘yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo‘lsa-da sovitish;
ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo‘lgan
yemirilish mahsulotlarini
filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan
himoya qilish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni yoki ularning bir qismi ning
yetarli darajada uzoq muddat davomida ta’minlanishiga erishish
uchun moylar bir qator ekspluatatsion talablarga javob berishi
lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari quyidagilardir: moyning
qotish harorati imkon qadar past bo‘lishi va ishqalanuvchi de-
tallarning ishonch li ishlashini ta’minlovchi qovushoqlikka ega
bo‘lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish uchun
yaxshi moylash xossasiga ega bo‘lishi; fizikaviy va kimyoviy
turg‘unligi yetarli darajada bo‘lishi; metallarni korrozion yemi-
rilishdan saqlashi,
shuningdek, tarkibida mexanik aralashmalar va
suv bo‘lmasligi lozim.
Bundan tashqari, moyning qimmatbaholigi va o‘t olish xavfini
ham hisobga olish lozim.
Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir
necha ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkichlarning
qiy mati turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar uchun Davlat stan-
darti asosida me’yorlashtirilgan. Quyida moylarning asosiy sifat
ko‘rsatkichlarining mohiyatini va bu ko‘rsatkichlarning avtomobil
dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli
va uzoq muddat
ishlashiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
109
5. 1. 3. Moyning qotish harorati va uni pasaytirish usullari
Moylash materiallari ma’lum bir haroratda o‘zining oquvchanlik
xususiyatini yo‘qotadi. Moyning oquvchanlik xususiyatini yo‘qo-
tishi sovuq ta’sirida moy tarkibidagi uglevodorod kristallarining
ajralishi oqibatida kristall karkas hosil bo‘lishi yoki sovuq ta’sirida
moy qovushoqligining katta qiymatga ega bo‘lishi natijasida amal-
ga oshadi. Neftdan olinadigan ko‘pchilik moylar o‘z oquvchanligi-
ni bir paytda yuqoridagi sabablar tufayli yo‘qotadi. Barcha holatlar-
da moy oquvchanligining yo‘qolish harorati dizel yonilg‘ilaridagi
kabi aniqlanadi va moyning
qotish harorati deyiladi.
Tarkibidan qattiq fazalar ajralib chiqqan va oquvchanlik xususi-
yati yo‘qolgan moylardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Shuning
uchun har qanday moyga qotish haroratining yuqori qiymati cheg-
arasi bo‘yicha talablar qo‘yiladi.
Moylash materiallarini ishlab chiqarishda olinadigan mahsulot-
ning qotish haroratini pasaytirishga yo‘naltirilgan bir
qator cho-
ra-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan biri moy suyuqlanish
harorati nisbatan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan parafinsizlan-
tirish yo‘li bilan tozalanadi va tozalangan moy tarkibiga depressor
qo‘shilmalar (depressorlar) qo‘shilib, moyning qotish harorati se-
zilarli darajada pasaytiriladi.
Qotish haroratining ekspluatatsion qiymati haqida
aniq tasav-
vurga ega bo‘lish lozim. Unga ko‘ra, moylarni saqlashda bajariladi-
gan ishlar, moylash tizimini moyni qizdirmasdan moy bilan to‘ldi-
rish imkoniyatlarini baholash mumkin.
5. 1. 4. Moylarning qovushoqlik xossalari
Do'stlaringiz bilan baham: