dvigatel detallari yemirilishiga ta’siri:
1 – klapan slerjeni; 2 – porshen bobishkasi; 3 – shatun bo‘yrn; 4 – kla-
pan vtulkasi.
2. 10. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar
va suvning miqdori
Davlat standartining texnik talablariga binoan, benzinlar va dizel
yonilg‘ilari tarkibida mexanik aralashmalar bo‘lmasligi lozim. Le-
kin saqlash, tashish, qabul qilib olish va tarqatish vaqtida yonilg‘i
chang hamda qum bilan ifloslanadi. Hatto tashqi ko‘rinishi toza
49
bo‘lgan yonilg‘ilarda ham ma’lum miqdorda aralashmalar bo‘ladi.
Bu begona aralashmalar smolali va koks hosil qiluvchi moddalar bi-
lan yuqori haroratli qurumlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan
tashqari, dvigatelga tushuvchi chang uning yeyilishini tezlashtira-
di. Qum, chang, zang va boshqa qattiq zarralar karburatorlarning
jiklorlarini, forsunkalarning to‘zitkichlari va ta’minlash tizimining
boshqa detallari ifloslanishiga olib keladi. Shuningdek, dvigatel
detallarini va yonilg‘i uzatuvchi apparatlar elementlarining yuqori
darajadagi abraziv yeyilishiga sabab bo‘ladi (2. 12- rasm).
2. 12- rasm. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |