K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Oltingugurtli birikmalar. Dvigatel  detallarining  korrozion 
yeyilishiga yuqorida aytib o‘tilgan omillardan tashqari, yonilg‘ida-
gi aktivmas oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdori ham 
ancha ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt birikmalari benzinning korro-
ziyaga moyilligini oshiradi. Shuning uchun ham benzinda oltingu-
gurt birikmalari bo‘lmasligi kerak. Bu birikmalarning aktivligi mis 
plastinkada sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun tozalangan 
va yaltiratilgan mis plastinka tekshirilayotgan yonilg‘i solingan 
probirkaga solinadi va suvli idishda 3 soat davomida 50°C haro-
ratda qizdiriladi. Keyin plastinka yuviladi. Agar plastinkada qora, 
to‘q jigarrang yoki sariq iz qolgan bo‘lsa, bu yonilg‘i tarkibida ak-
tiv oltingugurt birikmalari borligini ko‘rsatadi. Yonilg‘ida bu birik-
malarning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, korroziyalanish shuncha-
lik kuchli va uning ta’sirida dvigatel detallarining yeyilishi tezroq 
bo‘ladi (2. 11- rasm). 
Bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yeyilish 
tezligi ortishi va qurum hosil bo‘lishi jadallashib, dvigatelning quv-
vati va tejamkorligi keskin pasayadi. Jumladan, tarkibida 0,15 foiz 
oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ida dvigatel 150 soat ishlaganida quvva-
ti 10,5 foizga kamaygan bo‘lsa, 0,733 foizli oltingugurtli yonilg‘ida 
esa 28 foizga kamayadi. Bunda yonilg‘ining solishtirma sarfi mos 
ravishda 12,2 va 36 foizga oshadi. 
Avtomobil yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,10– 
0,12 foizdan ortmasligi lozim. Yonilg‘ida oltingugurt miqdori 
0,2 foizdan 0,5 foizgacha ko‘payganida yeyilish 25–30 foizgacha 
ortadi. Agar yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 1,0 foizga yet-
sa, yeyilish ikki barobar tezlashadi. 


48
Oltingugurt korrozion yeyilish sur’atini tezlashtirishi bilangina 
emas, balki dvigatelda ko‘p miqdorda qattiq qurum hosil qilishi bi-
lan ham zararli hisoblanadi. Bunday qurum zarralari moyga tushib 
detallarning mexanik yeyilishini oshiradi. Bundan tashqari, oltin-
gugurt motor moylarining eskirishini tezlatadi. 
2. 11- rasm. Benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori S ning

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish