42
chalanib, zanjirli reaksiyani to‘xtatadi. TEQ va TMQdan samarali
foydalanish uchun antidetonatorlar tarkibiga marganes birikmalari
kiritiladi.
Hozirgi kunda etillangan benzinlarni yuqori oktanli benzinlarga
almashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Chet elda shunday
yuqori oktanli benzinlardan trebutilmetilli efir (TBME) ishlatil-
di, u izobutenni metanol bilan ta’sir etish yo‘li bilan olingan. Efir
55°C da qaynaydi, uning oktan soni tadqiqot usuli bilan 115–135,
motor usuli bilan 98–100 ga teng. U zaharli emas, benzinda yaxshi
eriydi, suvda yomon eriydi. Benzinga 11 foizli TBME qo‘shilsa,
etillanmagan АИ–93 benzini olinadi va unga yana 15–20 foiz past
oktanli komponentlar qo‘shish mumkin. Bunda dvigatelning yur-
gizish harorati 8–12°С ga pasayadi va chiqarilgan gazning zaharli
ligi pasayadi. Efirning yonish issiqligining pastligiga (35200 kJ/kg)
qaramasdan, dvigatelning tejamkorligi pasaymaydi.
Agarda oktan soni 100 dan yuqori bo‘lsa, bu izooktanga yana
ma’lum miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin antidetonatori qo‘shib deto-
natsiyaga turg‘un ekvivalent aralashma hosil qilinganligini ko‘rsa-
tadi. Masalan, benzinning oktan soni 110 ga teng bo‘lsa, benzinning
detonatsiyaga chidamliligi izooktanga teng va unga qo‘shimcha
(hajmi bo‘yicha) 10 foiz tetraetilqo‘rg‘oshin aralashtirilganligini
bildiradi.
TEQ va TMQga nisbatan samarali bo‘lgan, tarkibiga marganes
birikmalari kiruvchi antidetonatorlardan ham foydalanilmoqda.
Bunday antidetonatorlar jumlasiga siklopentadiyeniltrikarbonil-
marganes C
5
H
5
Mn(CO)
3
ЦТМ va uning gamogeni metilsiklopenta-
diyeniltrikarbonilmarganes CH
3
C
5
H
4
Mn(CO)
3
МЦКМ kiradi. Ular
toza benzinlarning detonatsion chidamliligini oshirish bilan birga,
tarkibida TEQ bo‘lgan benzinlarning ham detonatsiyaga chidamli-
ligini oshiradi.
43
2. 8. Benzinning kimyoviy turg‘unligi
Benzin tarkibidagi komponentlarning kimyoviy ta’sirlashishi,
avvalambor, to‘yinmagan uglevodorodlarning oksidlanishi nati-
jasida, benzin o‘z xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Termik va
katalitik kreking usulida olingan benzinlarni tashish va saqlashda
benzin tarkibidagi olefinlar oksidlanadi va naften kislotalar hamda
smolalar hosil qiladi. Natijada ma’lum vaqt o‘tishi bilan benzin-
ning kislotaliligi ortadi va rangi dastlab sariq, keyinchalik esa och
jigarrang tusga kiradi. Shu bilan birga, benzin saqlanayotgan idish
devorlarida smolasimon moddalar qatlami hosil bo‘ladi.
Yonilg‘i tarkibidagi smolalar yonilg‘i baklariga va quruvlar
devorlariga o‘tiradi, karburatorli dvigatellar jiklorlarini berkitib
qo‘yadi. Smolali birikmalar karburatorli dvigatellar chiqarish
kollektorlarining issiq devorlarida, klapanlar va porshenlar tubida,
yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham
to‘planadi. Qurumlar ko‘p to‘planganda dvigatel detallarining ye-
yilishi ortadi, yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg‘i
sarfi ortadi, ba’zan dvigatel butunlay ishdan chiqadi.
Yonilg‘ining oksidlanish va smolalar hosil bo‘lishiga moyilligi
Do'stlaringiz bilan baham: