detonometr deb ataluvchi maxsus asbob yordamida qayd etiladi.
Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi moslama yordamida belgilab
olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga etalon yonilg‘i quyiladi. Buning
uchun izooktan va normal geptanning shunday aralashmasini tan-
lash kerakki, dvigatel u bilan ishlatilganida detonatsiyaning jadalli-
gi sinaladigan benzin bilan ishlaganidagidek bo‘lsin.
So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor
usulidan tashqari tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. Tadqiqot
usuli bilan aniqlangan oktan soni motor usuli bilan aniqlanganidan
7–10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning oktan soni tadqiqot
usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin markasida «И» indeksi yozi-
ladi, masalan, АИ–93.
Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining farqi ben
Do'stlaringiz bilan baham: |