Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan,
siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal-
gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada
qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish-
latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan
yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130–200°C haroratda va
0,5–1,2 MPa (5–12 kgk/sm
2
) bosim ostida 1–4 soat mobaynida
qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni-
da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi
tufayli kam ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |