QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA
YOG‘OCH MATERIALLAR
12. 1. Sintetik yelimlar
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke-
ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa
birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bi-
lan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum kon-
struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni
biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan
yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas-
sa, yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni biriktirish mumkin.
Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag‘ va mehnat sarfi
ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi,
birikmalardagi zo‘riqish kamayadi.
296
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov-
chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala-
nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va
germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz
kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh-
landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi nati-
jasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sez-
ilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi
yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Ho-
zirgi kunga kelib, yelim va germetiklarning assortimenti yana-da
kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga
o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi-
ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan
turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;
– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni
boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining
yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murak-
kab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish
imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning
bir necha elementlarini biriktirish mumkin;
– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir
qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mus-
tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taq sim-
lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;
– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli birikmalar-
dan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi.
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan
parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga
asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni
297
tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish
oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir-
gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.
Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan
kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Le-
kin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se-
mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida
bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mus-
tahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki par-
da bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning
xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi,
metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni
vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini
oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli
birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan
sohalar ko‘payadi.
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar
tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot
yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari
(kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlan-
gan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki
termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar
etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida
tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar-
da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol-
formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda
va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan
yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish
oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha
mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi,
Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil qilinadi-
gan birikmalarning xossalari 12. 1- jadvalda keltirilgan.
298
Do'stlaringiz bilan baham: |