Sulfat kislota bilan tozalash. Bu tozalash usuli sulfat kislota-
ning turli oltingugurtli birikmalar (merkaptanlar, sulfidlar, tiofanlar,
erkin oltingugurt) va kerakmas uglevodorodlar bilan jadal reaksiya-
ga kirishishiga asoslangan. Tozalash jarayonida hosil bo‘lgan ara-
lashma nordon gudron deyiladi. Bu usulda tozalashda sulfat kislota
yonilg‘i tarkibidagi parafinli, aromatik va naftenli uglevodorodlar
bilan reaksiyaga kirishmaydi. To‘yinmagan uglevodorodlar sulfat
kislotaga nisbatan sezgir bo‘lganligi tufayli tarkibida to‘yinmagan
uglevodorodlar miqdori ko‘p bo‘lgan, termik kreking usulida olin-
gan yonilg‘ilarni tozalashda xlorli metall bilan ishlov berish usuli-
dan foydalaniladi.
Sulfat kislota bilan tozalanganida tarkibida organik kislotalar,
nordon efirlar, sulfokislotalar va nordon gudron qoldiqlari hosil
bo‘lgan yonilg‘iga natriy gidroksid (NaOH) ishqorining suvdagi
eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunda hosil bo‘ladigan tuzlar ish-
qorning suvdagi eritmasida tindiriladi va quyib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |