Y i g i r т а i k k i n c h i b o b
KAPITAN NEMONING CHAQMOG‘1
Biz o'tirgan joyimizda o'rmonga qaradik. Qo‘-
limni og'zimga olib borishga ulgurmay qotib qol-
dim.
- Osmondan tosh yog'mas edi-yu, - dedi Kon
sel. - Bordi-yu, shunday bo'lsa, ular aerolit deyi-
ladi.
Mo‘ljalga aniqroq otilgan ikkinchi tosh Konsel-
ning aytganini tasdiqlaganday uning qo'lidan vya-
xirning mazaligina oyogini urib tushirdi.
0 ‘rnimizdan sapchib turdik, qurollarimizni yel-
kamizga tirab, uchalamiz ham hujumni daf etishga
shaylandik.
- Nahotki, maymunlar bo‘lsa? - xitob qildi Ned
Lend.
- Shunga yaqin, - deb javob berdi Konsel. - Bu
yowoyi odamlar.
- Qayiqqa! - deb buyurdim va dengiz tomon
yurdim.
Chindan ham chekinish kerak edi. Yuz qadam-
cha narida, ufqni bizdan to‘sib qoygan o'rmon eta-
gida, katta yoylar va sopqonlar bilan qurollangan
yigirma chog‘lik yowoyi odam ko'rindi.
Qayiq bizdan yigirma metrcha narida edi.
218
Yowoyi odamlar shoshilmay, ammo yovuz niyat
bilan biz tomon kelishayotgan edi. Tosh va kamon
o'qlari yomg'irday yogildi.
Ned Lend xavf ostida bo'lganimizga qaramay
g'amlab olingan oziq-ovqatlarni tashlab yuborishga
ko'nmadi, ovlangan to‘ng‘iz va kenguru go'shtlarini
qayiqqa ko'tarib bordi.
Biz oziq-ovqat va qurol-yaroglarni ikki mi-
nut ichida qayiqqa tashib olib, uni surib chiqardik,
eshkaklarni halqasiga o'rnatib suzishga o'tirdik.
Qirg'oqdan ikki kabelt uzoqlashmasimizdan, yuz-
lab yowoyi odamlar huhulab, hayqirib beligacha
dengizga tushib oldi. Men ularning hayqirigi «Nau
tilus» komandasi diqqatini jalb etadi, deb adash-
gan ekanman: suvosti kemasining palubasi bo‘m-
bo'shligicha qolaverdi.
Yigirma minutda «Nautilus»ga yetib keldik.
Lyuk ochiq edi. Qayiqni bortga bog'lab, kemaga
tushdik.
Men organ ovozi taralayotgan salonga kirdim.
Kapitan Nemo shu qadar berilib chalayotgan ediki,
mening kirganimni ham sezmadi.
- Kapitan, - dedim men. U eshitmadi.
- Kapitan, - deb qaytardim men qo'limni uning
yelkasiga tegizib. U cho'chib, shu zahoti o'girilib
qaradi.
- Ha, sizmidingiz, janob professor, - dedi u. -
Qalay, ov yaxshi o'tdimi? Qanaqa o'simliklarni to
pib keldingiz?
- A’lo darajada, kapitan, rahmat. Ammo yashi-
rib o'tirmayman, ortimizdan ikki oyoqlilar galasini
ergashtirib keldik, menimcha, ularning bu yerda tu
rishi bizni xavf-xatardan xoli qoldirmaydi...
- Ikki oyoqlilar?
- Yowoyi odamlar.
219
- Yowoyi odamlar? - mazax qilganday cho'zib
so'radi Nemo. - Sayyoramizdagi yerlardan biriga
qadam qo'yishingiz bilan yowoyi odamlarga duch
kelganingiz sizni taajjublantirdimi? Yowoyi odam
lar qayerda ham yo'q deysiz!.. Xo'sh, siz yowoyi
deb atayotgan bu odamlarning boshqalardan nima-
si yomon?
- Ammo, kapitan...
- Menga kelganda shuni aytib qo'ymoqchi-
manki, yowoyi odamlarni hamma yerda ham uch-
ratganman.
- Har holda, - deb javob berdim men, - siz bu
to'da «Nautilus»ga hujum qilmasin desangiz, ehti-
yot choralarni ko'rib qo'yishingizni maslahat berar-
dim.
- Tinchlaning, bundan tashvishlanmasangiz
ham bo'ladi.
- Biroq bu yowoyi odamlar juda ko'pchilik!
- Qancha?
- Yuzdan kam emas!
- Janob Aronaks, - dedi kapitan, yana barmoqla-
rini organ klavishlariga qo'yar ekan, - sohilga Yangi
Gvineyada yashovchi butun mahalliy aholi yig'ilgan
taqdirda ham «Nautilus» xavf-xatardan xoli qolave-
radi.
Kapitanning barmoqlari musiqa asbobi klavish-
lari ustida o'rmalay boshladi. U faqat qora kla-
vishlarni urayotgandi. Bu esa chalinayotgan kuyga
minor ohangini berar edi. Ko'p o'tmay u mening
shu yerdaligimni ham unutib, butun vujudi bilan
musiqaga berilib ketdi. Men uning diqqatini qayta
bo'lishga jur’at etolmay, sekin chiqib ketdim.
Palubaga chiqdim. Hamma yoqda tun hukmron
edi. Kenglikning bu yerlarida oqshom tushmay, kun
o'z o'rnini tunga beradi. Gveboroar oroli qorong'ida
220
arang ko'rinar edi. Biroq sohilda yoqilgan juda ko‘p
gulxanlardan ko'tarilayotgan alanga yowoyi odam
lar ketishni, hatto xayollariga ham keltirmayotgan-
liklaridan dalolat berar edi.
Men surunkasiga bir necha soat goh bu yerda-
gi odamlar haqida oylab, goh shu tropik tunining
go'zalligiga maftun bo'lib palubada yolg'iz turar
edim. Ammo endi hech nimadan xavfsiramasdim,
chunki kapitan Nemodagi ishonch menga ham yuq-
qan edi.
Ko'zim osmonning shimoliy qismidagi yulduz-
larga tushganda, xayollar meni Fransiyaga yetaklar
edi, chunki ular bir necha soatdan keyin mening
Vatanim bilan diydor ko'rishadilar.
Oy yulduzlar yog‘dusini o‘chirib, tik ko'tarila
boshladi. Yerning bu sodiq yo'ldoshi ikki kundan
keyin dengiz suvini ko'tarib, «Nautilus»ni marjon
o‘rindig‘idan qutqarish uchun xuddi shu yo‘l bilan
osmonda sayr etishi haqida oyladim.
Yarim kechaga yaqin qorayib turgan suv sathi
ham daraxtlar ostida orom olayotgan qirgoq sin
gari sokinligiga ishonch hosil etgach, kayutamga
qaytdim va xotirjam uxladim.
Tun osoyishta o‘tdi. Yowoyi odamlar suvda
yotgan bahaybat maxluqni ko‘rishning o'zidayoq
qo'rqib qolganga o‘xshardilar. Ochiq qoldirilgan
lyukdan ular bemalol «Nautilus» ichiga kirib ke-
lishlari mumkin edi.
8-yanvar ertalab soat oltida men yana palubaga
ko'tarildim. Tong tun ko'lankasini endigina quva-
yotgan edi.
/
Ko‘p o‘tmay parchalab tashlangan tuman orti-
dan orol ko'rindi: oldin qirg‘oq, so'ngra esa da-
raxtlarning uchlari ham ko‘zga tashlandi.
Mahalliy kishilar hamon sohilda, faqat ular
221
endi anchagina ko'payishib, besh-olti yuz kishiga
yetibdi. Ulardan ayrimlari suv pasayganidan foy-
dalanib, uchlari ko'rinib turgan qoyalar ustidan yu-
rib «Nautilus»ga ikki kabeltdan ortiq kelmaydigan
masofada yaqinlashib olishdi.
Men durbinsiz ham ularni aniq ko'rib turardim.
Bular boylari juda baland, qomatlari kelishgan,
peshanalari do‘ng, ammo burunlari puchuq emas,
tishlari oppoq papuaslar edi; jingalak sochlari qi-
zilga bo'yalganidan yaltiroq qora tanlaridan kes-
kin ajralib turardi. Quloqlarining zirak taqiladigan
yumshoq joyi ikkiga bo'linib, suyak baldoqning
og'irligi pastga tortib turar edi.
Ko'pchilik erkaklar qip-yalang‘och edilar. U yer
da turgan bir necha ayollaming o'tdan to'qilgan va
bellariga chirmovuq tasma bilan boglangan yub-
kalari tizzalariga tushib turar edi. Ayrimlarining,
yo'lboshchilari bo'lsa ajab emas, boymlariga yarim'
halqa yoki oq va qizil shisha marjonlar taqilgandi.
Yowoyi odamlarning hammasi o‘q-yoy va qal-
qonlar bilan qurollangan edilar. Ko'plarining orqa-
larida ichiga tosh solingan to ‘r xalta osig'liq bo'lib,
sopqon uchun mo'ljallangan bu toshlarni ular zo‘r
mahorat bilan otar edilar.
Yo'lboshchilaridan biri «Nautilus»ga yaqinroq
kelib, uni diqqat bilan ko'zdan kechira boshladi.
U mo'tabar zotlardan bo'lsa kerak, ustida banan
yaprog'idan qilingan yopinchig'i bor edi.
Menga juda yaqin turgan bu yowoyi odamni
osongina otib tashlashim mumkin edi, ammo, yax-
shisi, uning o‘zi yovuzlik niyatini oshkor etma-
guncha sabr qilaman, degan qarorga keldim.
Suv pasayayotgan paytda yowoyi odamlar «Na
utilus» atrofida daydib yurishdi. Ammo ularda biron
dushmanlik nishonasi ko'rinmadi.
222
Ularning «asse» degan so'zni tez-tez qaytara-
yotganlarini eshitdim va imo-ishoralariga qarab,
meni sohilga da’vat qilayotganlarini tushundim.
Lekin bu taklifni rad qilishni afzal ko'rdim.
0 ‘sha kuni qayiq, shubhasiz, «Nautilus» bor-
tidan nari ketmadi. Bu esa ko'proq oziq-ovqat
g'amlab olish niyatida bo'lgan Ned Lendni qattiq
g‘azablantirdi.
Vaqtni tezroq o'tkazish uchun hamma ishga
mohir kanadalik Gveboroar orolidan olib kelingan
go'sht va «non»dan konserva tayyorlashga kirishdi.
Ertalab soat o ‘n birlarga yaqin, suv to'lqinlari
qoya uchlarini ham ko‘ma boshlagach, yowoyi
odamlar sohilga qaytdilar.
Sohilda olomon ko'paya boshladi, aftidan «Nau-
tilus»ning kelgani haqidagi xabar yaqin atrofdagi
butun orollarga tarqalganga o'xshardi va binobarin
mahalliy aholi har tarafdan Gveboroar tomon oqib
kelayotgan edi. Ammo birorta qayiq ko'rinmas edi.
Shundoqqina ko'rinib turgan, ammo borish
mumkin bo'lmagan yer vaqti juda sekin o'tar va
binobarin o'zimni biror ish bilan mashg'ul etish
uchungina draga1 bilan dengiz tubini qira boshla
dim. Tiniq suvda juda ko'p chig'anoqlar, zoofitlar
va dengiz o'simliklari aniq ko'rinib turar edi. Bu
joylarning hayvonot va o'simlik dunyosi bilan ta-
nishuvda fursatni boy berib bo'lmas edi. Chunki
kapitan Nemo hisobdan adashmagan bo'lsa, Yangi
Gvineyadan ketishimizga ikki kun qolgan edi. Kon
sel menga yengil draga olib keldi.
-
Yowoyi odamlar o'zlarini qanday tutyapti-
lar? - so'radi Konsel. - Xo'jamning ruxsatlari bilan
aytmoqchimanki, ular nazarimda jahldor odamlarga
o'xshamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |