Suv ostida sakson ming kilometr


yer yuzining bir-biriga  tamoman  teskari  ikki  to­



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

  yer yuzining bir-biriga  tamoman  teskari  ikki  to­

monida yashaydiganlar.



Styuard -

 kema xizmatkori.

75


kishilar orasida ekanligimizga shubha yo'q edi, agar 

elektr chiroq bo'lmaganda,  Liverpuldagi Adelfi yoki 

Parijdagi  Grand  otel-mehmonxonasining  oshxona- 

sida o'tiribmiz, deb oylash mumkin edi.

Ha,  aytganday,  shuni  ta ’kidlash  kerakki,  non 

ham, vino ham, umuman yo'q edi.

Suv  juda  toza,  tiniq  edi.  Ammo  bu  quruq  suv 

bo'lgani uchun Ned biroz ranjidi.

Bizga  berilgan  ovqatlar  orasida  baliqdan  a’lo 

darajada  tayyorlangan  taom lar  ham  bor  edi.  Biroq 

boshqa taomlar xususida hatto ular tabiatning qay­

si dunyosi  -  o'simliklar dunyosigami yoki hayvonot 

dunyosiga taalluqli ekanini ham ajratolmas edim.

Ovqat  servizi  nafis  va  chiroyli  edi.  Har  bir  qo- 

shiq, vilka, taqsimcha,  sochiq va hokazolarda  quyi- 

dagi shior yozilgan edi:

«Harakatchan N harakatchanlikda»

Harakatchan  harakatchan  muhitda!  Bu  s h io r, 

suvosti kemasiga tamomila mos edi. «N» -  sirli suv­

osti kapitani ismining bosh harfi bo'lsa kerak.

Ned  Lend  bilan  Konsel  har  xil  o'ylar  bilan 

o'zlarini  qiynamas,  ochko'zlik  bilan  ovqat  yeyi- 

shardi, men ham shu zahoti ularga ergashdim.

Endi  m en  taqdirimizdan  xotirjam  edim.  Xo‘- 

jayinlar  ochlikdan  tinkamizni  quritmasligiga  imo- 

nim komil edi.

Ammo bu dunyoda hamma narsa, hatto o'n besh 

soat  davomida tamaddi  qilmagan kishilarning och- 

ligi  ham  o'tib  ketadi.  Qornimiz  to'ygach,  qattiq 

uyqu bosayotganini  seza boshladik.  Bu tunda  o'lim 

bilan uzoq olishuvdan so'nggi tabiiy hoi edi.

-   Rostini  aytsam,  men jon  deb  uxlab  olardim,  -  

dedi Konsel.

-   Men  hozirning  o'zidayoq  uxlayapman,  -   deb 

javob berdi Ned Lend.

Shunday  deb  har  ikkala  hamrohim  kayuta  poli-



76


ga  solingan  boyraga  cho'zilishdi  va  shu  zahotiyoq 

qattiq uyquga ketishdi.

Men  ular  singari  osongina  uxlay  olmas  edim. 

Miyam juda ko‘p fikrlar bilan to'lib-toshgan, hal qi- 

linmagan  juda  ko‘p  muammolar  meni  tashvishlan- 

tirar,  talay kishilar  ko‘z  oldimdan  nari  ketmas  edi. 

Binobarin, ko'zlarim anchagacha yumilmadi.

Qayerdamiz?  Bizni  qanday  ajib  kuch  tortib  ket- 

yapti?

Kema tubsiz chuqurlikka cho'kayotganini his  et- 



dim -  aniqrog'i, menga shunday tuyuldi.

Turli  dahshatlar  menga  tinchlik  bermas  edi.  Bu 

sirli  chuqurliklardagi  nimasi  bilandir  shu  suvosti 

kemasiga  o'xshab  ketadigan,  xuddi  shunday  kat­

ta,  xuddi  shunday  harakatchan,  o‘zi  singari  kuch­

li  nom a’lum  hayvonlar  to'dasi  ko‘z  oldimdan  nari 

ketmas edi.

Ammo ko‘p o'tm ay ular xiralashib, miya mudroq 

pardasiga o'raldi va men uxlab qoldim.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish