Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O ' n i n c h i   b o b  

SUVOSTI  KONLARI

Ertasi  kuni,  20-fevralda,  men  juda  kech 

uyg'ondim.  Tungi  sayrdan  shu  qadar  charchagan 

ekanmanki, soat o'n birgacha uxlabman.

Tezgina  kiyinib,  salonga  chiqdim:  «Nautilus»- 

ning  qaysi  tomonga  ketayotganini  bilishga  oshiqar 

edim.


Asboblar  u  soatiga  yigirma  milya  tezlikda  va

378


yuz  m etr  chuqurlikda  ilgarigiday  janubga  ketayot- 

ganini ko'rsatib turardi.

Salonga  Konsel  kirdi.  Men  unga  tungi  sayoha- 

tim izni  so'zlab  berdim.  Shu  payt  derazada- 

gi  to 'siq lar  surildi  va  uning  o'zi  suvga  cho'kkan 

q it’aning bir qism ini ko'ra oldi.

«Nautilus»  A tlantidaning  «yeri»dan  bor-yo'g'i 

o 'n   m etrlar  berida  suzib  borardi.  U  shamol  uchi- 

rayotgan  havo  shari  singari  tez  ilgarilardi,  sirasini 

aytganda, biz  olayotgan taassurotlarni tezyurar po- 

yezd  vagoni  oynasidan  tez-tez  alm ashib  turadigan 

m anzarani  tom osha  qilib  ketayotgan  yo'lovchi  ho- 

lati bilan qiyos qilsa to 'g 'riro q  b o 'lar edi.

Ko'z  oldim izdan  o'sim lik  olam idan  m ineral  ola- 

miga o'tg an  afsonaviy shakldagi qoyalar, o'rm onlar, 

butalar,  assidiy gilami bilan qoplangan binolarning 

vayronalari  va tosh  uyumlari,  anem onlar,  uzun  suv 

o'sim liklari,  nihoyat,  yerosti  olovi  faoliyatining til- 

siz  guvohi  bo'lgan  lavalarning  parchalari  lipillab 

p 'tib  turardi.

«Nautilus» projektorining nurlari zulm atni yorib, 

bu  ajoyib  m anzarani  ko'z  oldim izda  nam oyon  eta- 

yotganda  endilikda  mavjudligi  m en  uchun  so'zsiz 

jbo'lib  qolgan  atlan tlar va A tlantida haqida  Konsel- 

ga hikoya qilib borardim.

Biroq  nim adir  Konselning  diqqatini  jalb  etib,  u 

hikoyam ni  parishonxotirlik  bilan  eshitar  edi.  Zum 

o'tm ay  tarixning bu ulug'vor jum bog'iga uning shu 

qadar  befarq  qarayotganining  sababini  tushundim . 

D arhaqiqat,  yonim izdan  baliqlar  o 'tayotgan  edi. 

Baliqlarni  ko'rganda  esa  Konsel  ta sn if xayoliga bo- 

tadi  va  shu  payt  olam ni  suv  bossa  ham   to'p ig 'ig a 

chiqm aydi. A tlantida haqidagi hikoyam ni  to 'x tatib , 

unga  qo'shilib  baliqlar  bilan  m ashg'ul  bo'lishdan 

bo'lak choram  qolmadi.

379



Sirasini  aytganda,  A tlantik  okeanning  baliqlari 

boshqa okeanlarda ko‘rganlarim izdan unchalik farq 

qilmas  edi.  Bular  -   uzunligi  besh  m etr  va  suvdan 

sakrab chiqa oladigan darajada qudratli ulkan skat- 

lar;  akulalarning  turli  xillari,  shu  jum ladan  yashil 

va  ko'k  tusda  tovlanadigan,  uzunligi  o ‘n   besh  fu t­

li,  tishlari  o 'tk ir  uchburchak  shaklida  bo'lib,  rangi 

dengiz  suviga o'xshagani  uchun to'lqinlarda deyar­

li  ko'rinm aydigan  akulalar  edi.  Bu  yerda  yana  spar 

baliqlari  naslidan  bo'lgan  to 'q   jigarrang  sargalar, 

O 'rtayer  dengizida  ko'rganim izga  o'xshagan  os- 

yotralar,  uzun  naysim on  tum shug'i  och  kulrang va 

ko'ndalangiga to 'q  q o 'n g 'ir y o'l-yo'l qashqali nayza 

baliqlar ham  bor edi.  Bu  baliqlar suvda  ilon  singari 

to 'lg 'an ib  suzadi.

Qiltanoqli  baliqlar  orasida  Konsel  dengiz  ajda- 

holari  yoki  dengiz  chayonlari  deb  ataladigan  va 

zaharli  hisoblangan  baliqlarni  ham   ro'yxatga  olib 

qo'ydi.  Chindan  ham   ajdahoning  yelkasi  va  boshi- 

dagi  nayzalam ing ikkitadan  jo'yagi bor edi;  nayza- 

lar  o'lja  tanasiga  sanchilgach,  jarohatlangan  joy- 

ga  o 'sh a  jo'yaklar  orqali  zaharli  shilim shiq  m odda 

quyiladi.  Ajdaholar  kulrang-qizg'ish  rangda  bo'lib, 

yelkalari jigarrang, qom i esa oqish. A jdahoning b u ­

tu n  badani qoram tir g'alati dog'lar bilan qoplangan.

Konsel  yana  ko'kim tir  tovlanadigan  ajoyib 

sarg'ish  oltin  m akrellarni,  go'zal  skum briyalam i, 

doiraga  o'xshagan  va  hayratom iz  darajada  chiroy­

li  rangdagi,  yuqori  tom oni  ko'k,  yonlari  binafsha- 

rang, qorni pushtirang,  suzgichlari esa qip-qizil oy- 

baliqlarni ko'rdi.

Biroq dengiz hayvonot olam ining ana shu xilma- 

xil  nam unalarini  ko'zdan  kechirish,  ayni  vaqtda 

A tlantida  tekisliklarini  tom osha  qilishim ga  xalaqit 

berm as  edi.  Ba’zan  injiq  dengiz  tu bining  baland-

380



pastliklari «Nautilus»ni sekinlashga m ajbur e ta r edi. 

0 ‘shanda  u  suvosti  qayrilishlarida  chinakam   chaq- 

qon baliqday ustalik bilan suzib o'tardi.

Aylanma  tepaliklardan  o‘tish   qiyin  bo'lganda, 

kem a  aero stat  singari  suvning  yuqori  qatlam lariga 

chiqib,  to 'siq d an   oshib  o‘tib,  yana  bir  necha  m etr 

pastlikka tu sh ar va ilgarigiday tez suzaverar edi.

Bu  zayldagi  suzishim iz  ajoyib  sayr bo'lib,  kishi- 

ga  havo  sharida  yurganday  tuyulardi.  Ammo 

u n dan  farqi  shu  ediki,  bizning  «shar»  rul  bosh- 

qaruvchining h ar bir harakatiga ito at qilar edi.

Tushdan  keyin  soat  to 'rtlard a  shox-shabbalar 

aralash  balchiq  bilan  qoplangan  dengiz  tu b ining 

ko'rinishi  o'zgara  boshladi.  Endi  yer  asosan  to sh - 

loq,  konglom eratlar1,  vulqon  toshlari,  qotib  qolgan 

lava  quyilm alari  va  oltingugurtli  obsidianlar  bilan 

qoplangan  edi.  Bu  yerda  tekislik  tugab,  tog'lik  yer 

boshlansa  kerak,  deb  o'yladim .  D arhaqiqat,  ko'p 

o 'tm ay  m en  ufq  janub tom o n d an  baland  tog'  bilan 

to'silganini  ko'rdim .  Undan  o 'tib   bo'lm asa  kerak, 

chunki  tog'  cho'qqilari  okean  sathigacha  ko'tarilib, 

suvga  uchi  chiqib  turgan  bo'lishi  mumkin.  Bu  yo 

q it’a,  yo  Yashil  Bum n  yoki  Kanar  orollaridan  biri 

* bo'lsa ham  ajab emas.

Keyingi  kunlarda  astronom ik  kuzatuvlar  karta- 

ga  tushirilm ayotgani  uchun,  -   balki  atayin  sh u n ­

day  qilinayotgandir,  -   m en  qayerda  suzib  bora- 

yotganim izni  ko'z  oldimga  keltirolm as  edim.  Bu 

granit  devor,  m enim cha,  atlan tlar  q it’asining  tu - 

gaganini  k o'rsatsa  kerak,  am m o  biz  uning  bir  qis- 

m inigina ko'rdik.

Men  kuzatuvlarim ni  tu n d a  ham   to'xtatm adim .




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish