46
Albatta, 0,3kV/mm elektr maydon kuchlanganligi havoni teshib o’ta
olmaydi, lekin razryad elektrodi sirtining egrilik radiusi
yetarli darajada kichik
bo’lganligidan igna uchida ionlar otilib chiqish jarayoni 2,5-3 kV dayoq
boshlanadi va 10-12 kV kuchlanishda intensiv ionizatsiya jarayoni ketadi [15].
Razryad masofasining kichik bo’lishi ionlar oqimi yetarli intensivlikda
bo’lishini ta’minlaydi. Elektr ionizator samarali ishlab
turishi uchun uning ishchi
rejimlarida uchqun razryadi boshlanmasligi zarur. Ionizator ishlab turganida
elektr maydonning ionizatsiya zonasida ionlar konsentratsiyasi yuqori bo’ladi.
Razryad maydonining qisqaligi esa uchqun razryadiga o’tish ehtimolini oshiradi.
Bundan tashqari kuchli toj razryadi paytida ko’p miqdorda ozon paydo bo’ladi,
bu holat ham texnologik talablarni buzilishiga olib keladi. Shu sababli toj
razryad jarayonini nazorat qilish va havoda faqat
manfiy unipolyar ionlar
bo’lishini ta’minlash kerak bo’ladi.
Razryad elektrodlarining orasidagi masofa muhim omil hisoblanishini
aytib o’tdik. Ignalar tekislikda to’rtburchak uchlariga joylashishi eng an’anaviy
hisoblanadi. Bunda har bir elektrod qarshisida uni o’qi bo’ylab yerga ulangan
elektrodda doira kesib olingan. Ignalarning orasidagi masofaga ko’ra
yerga
ulangan elektrodda mos diametrli aylanalar hosil qilingan (2.7-rasm). 1
seksiyada elektrodlar orasidagi masofa ℓ=50mm, 2 seksiyada ℓ=40mm, 3
seksiyada ℓ=30mm. Yerga ulangan elektrodda ham shu o’lchamda doiralar kesib
olingan, mos ravishda d
1
=50mm, d
2
=40mm, d
3
=30mm.
Ignalar oddiy tikuv
ignalari, uzunligi L=20, 25, 30mm. Tok manbasining manfiy qutbi razryad
elektrodlariga ulanadi. Kuchlanish miqdori 0-15 kv atrofida o’zgartirildi.
Ionizatsiya jarayoni 3 kv da boshlandi va 10-12 kv kuchlanishda intensiv havo
ionlashuvi kuzatildi. Tajriba kamerasida ionlar
konsentratsiyasi tok orqali
nazorat qilindi. Hisoblab topilgan konsentratsiya ionizatordan 1 metr masofada
1,5-10
6
ino/m
3
bo’ldi. Ionizatorni toki razryad masofasi va elektrodlar orasidagi
masofaga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Dastlab elektrodlar orasidagi
masofa
qisqarganda samaraliroq ionizatsiya ketadi, lekin masofa qisqarib ketsa o’zaro
ekranlashuvi oqibatida ionlar konsentratsiyasi kamayadi.
47
2.8-rasm. Ionizatorning elektrodlarining turli o’lchamlarida xarakteristikasini
olish.
1-yerga ulangan elektrod (aluminiy list)
2-toj razryad elektrodi (po’lat igna).
Tajribada tok zichligining masofaga bog’liqligi o’rganildi.
2.9-rasm. Turli razryad orqali ionlar intensivligi.
1, 2, 3-ignali
elektrodlar;
4, 5, 6-simli elektrodlar;
1, 4-U=10 kV;
3, 6-U=8 kV;
Tajribalar natijalari shuni ko’rsatadiki, har bir konstruksiyali elktrodlar
sistemasi uchun optimal masofalar mavjud ekan. Razryad oralig’i
uzunligi
48
kuchlanish miqdorini belgilaydi, chunki intensiv ionizatsiya jarayoni bo’lishi
uchun yetarli elektr maydon kuchlanganligi bo’lishi kerak. Razryad elektrodlari
orasidagi masofa esa shu kuchlanish kattaligiga mos bo’lishi zarur [10].
Do'stlaringiz bilan baham: