II bob. Elektr ionizator tok manbasining ko’rsatkichlarini o’rganish.
2.1. Toj razryad maydonida havoni ionlashtirish.
Toj razryadi tinch va uchqun razryadlari orasida, keskin notekis elektr
maydonida, elektr maydon kuchlanganligi yetarli bo’lganida yuzaga keladi.
Keskin notekis elektr maydoni egrilik yuzasi turlicha bo’lgan elektrodlar orasida
hosil bo’ladi [22]. Egrilik radiusi kichik elektrodga kuchlanish beriladi. Ikkinchi
elektrod sirti ko’pincha tekislikdan iborat bo’ladi va u yerga ulanadi. Toj razryad
impuls xarakterli bo’lib, manba kuchlanishiga va qutbiga bog’liq bo’ladi. Eng
samarali toj razryadi unipolyar doimiy tok maydonida mavjud bo’ladi. Meva
saqlash omborlarida manfiy ionlar olish uchun manfiy qutubli toj razryadini
o’rganamiz.
Toj razryadi mahsuloti havo ionlari bo’lib, uning miqdori birlik hajmdagi
ionlar soni hisoblanadi. Toj razryadi maydonida va ionlashtirilayotgan havodagi
ionlar soni hisoblanishi va eksperimental aniqlanishi mumkin [^12].
Toj razryad nazariyasi bo’yicha unipolyar toj razryad maydoni murakkab
bog’lanishga ega bo’lib, 3-darajali differensial tenglama bilan ifodalanadi.
Hisoblarni soddalashtirish uchun bir necha cheklanishlar qabul qilinadi:[^13]
1. Elektr maydon kuch chiziqlariga havodagi ionlar maydonining ta’siri
hisobga olinmaydi, ya’ni elektr maydon elektrostatik deb qabul qilinadi.
2. Havo ionlarining tezligi bir xil deb qabul qilinadi.
3. Havo ionlari faqat bir xil zaryad miqdoriga ega deb hisoblanadi.
Elektrodlar konstruksiyasiga qarab elektrodlar oralig’i elektr maydoni turlicha
bo’ladi va turli hisoblash metodlari qo’llaniladi. Ignali toj razryadi elektrodlari
uchun hisoblar ekvivalent potensiallar metodida bajarilishi mumkin. Bunda
ignali elektrodlarning potensiali igna o’qi bo’ylab joylashgan nuqtaviy zaryadlar
(q
i
) maydonlari yig’indisi ko’rinishida yerga ulangan xalqalar potensiali esa
xalqa bo’ylab joylashgan chiziqli zaryadlar (r
i
) elektr maydonlari ko’rinishida
ifodalanadi. Elektrodlar orasidagi elektr maydon potensiali esa ikkala elektrodlar
potensiali yig’indisiga teng bo’ladi. Toj razryad maydoni potensialining tashkil
etuvchilari quydagi ifodalariga ega bo’ladi:
38
(
)
2
1
/
4
1
x
y
r
h
qi
E
i
n
i
o
q
+
−
+
=
∑
=
π
ϕ
(2.1)
c
r
E
+
=
1
ln
2
0
π
τ
ϕ
τ
(2.2)
Bu yerda: q
i
-igna o’qi bo’ylab joylashgan nuqtaviy zaryadlar;
τ
-xalqa bo’ylab joylashgan chiziqli zaryad;
r
i
-igna profiliga chizilgan doiralar radiusi; (xalqa radiusi).
h-xalqa tekisligidan igna uchigacha bo’lgan masofa; (2.1-rasm).
2.1-rasm. Igna-doira elektrodlar sistemasi.
Hisoblar natijasida toj razryad elektr maydonining har bir nuqtasi uchun
potensial miqdori (
ϕ
), elektr maydon kuchlanganligi (E), hajmiy zaryadlar
zichligi (
ρ
) va ionlar konsentratsiyasi (n) aniqlaniladi. Olingan natijalar
eksperimental izlanishlarda olingan natijalar bilan solishtirib, hisob natijalari
hatoliklari aniqlaniladi. Hisob natijalarida olingan xarakteristikalar laboratoriya
stendida tekshirib aniqlaniladi (2.1-rasm). Razryad oralig’ida 10
-6
ion/m
3
miqdorda hajmiy zaryad hosil bo’ladi, bunda ionlar konsentratsiyasi 10
14
ion/m
3
bo’ladi. Hisobiy kattaliklar nazariy olingan egri chiziqlardan 15% gacha
chetlanishdilar va elektr ionizator konstruksiyalarini va manba kuchlanishining
optimal qiymatlarini tavsiya qilishi uchun asos bo’ladi [^14].
L
D
1(e.y.Э)
h
2
1
ϕ
d
Р.э
39
Do'stlaringiz bilan baham: |